Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.09.2024 | 11:23

img183

O‘ZBEKISTON HAMKORLIKKA MUNOSIB MAMLAKATDIR

– O‘zbekiston bilan ko‘p yillardan buyon ishonchli va do‘stona hamkorlik olib borayot­ganimizdan juda mamnunman. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatingizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz.

Shaxsan o‘zim Saksoniya-Anhalt fede­ral o‘lkasi rahbari va hozirda “Germa­niya-­O‘z­be­kiston forumi” prezidenti sifatida ­ishonch bilan ayta olamanki, so‘nggi yillarda ko‘p­lab sohalarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ­erishdik. O‘zbekiston bugun xalqaro miqyosda Germaniya va Saksoniya-Anhalt federal o‘lkasi uchun hamkorlikka munosib mamlakatdir. 

Davlatlarimiz o‘rtasida ko‘plab umumiy jihatlar mavjud. O‘zbekistonda kechayotgan barcha o‘zgarishlar Germaniya tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda. Hozirda yoshlar bilan ishlash, ta’lim, malakali mutaxassislar va ishchilar almashinuvi sohalarida samarali natijalarga erishmoqdamiz. So‘nggi paytlarda aloqalarimiz yanada tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Hamkorligimiz tufayli oramizdagi do‘stlik rishtalari, birodarlik aloqa­lari mustahkamlandi. Bu shaxsan meni juda quvontiradi.

Men mustaqil davlat sifatida oyoqqa turish qanchalik murakkab ekanligini yaxshi bilaman. Shuning uchun bu yo‘lda sizlar bilan yakdil va hamqadamligimizdan juda xursandman.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkor­lik va almashinuv barcha sohalarda yanada kengayishi, aloqalarimiz iqtisodiyot, tibbiyot, ta’lim sohasida tobora mustahkamlanishi tarafdoriman. Ayni paytda O‘zbekistondan kelgan nemis tili o‘qituvchilarining katta ­guruhi Saksoniya-Anhalt federal o‘lkasida o‘zlari­ning bilim va malakasini oshirmoqda.

Bunday hamkorligimiz uzoq yillar davom etishi va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yanada rivoj topishiga ishonaman.

Gunnar SHELLENBERGER,
Germaniyaning Saksoniya-Anhalt federal 
o‘lkasi prezidenti


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604