13.09.2024 | 16:10
358
O‘ZBEK OTA
Ko‘p yillar burun, ajoyib kunlarning birida O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov bilan gurunglashib qolgandim. Obid aka “Parvona” spektaklidagi O‘tkuriy rolini nechog‘li qiyomiga yetkazib o‘ynaganini yosh-u qari yaxshi biladi. Shu bois bu odam ko‘p yillar davomida teatrda ham, ko‘cha-ko‘yda ham, yig‘in-ma’rakalarda ham “O‘tkuriy” bo‘lib yurdi.

Shu gurungda Obid akaning otasi Yunus Rajabiy haqida gap ketdi. Buyuk san’atkor Yunus Rajabiy 16 nafar farzandli oilada tug‘ilib o‘sgan va o‘zi ham 12 nafar farzandni tarbiyalagan. Ularning orasida mamlakatga mashhur ulug‘ insonlar bor.
Suhbat orasida Obid akaning bir hikoyasi menga qattiq ta’sir qilgan. Bu hikoya ushmundoq:
“Parvona” spektaklining premyerasi bo‘ladigan bo‘ldi. Men otamni taklif qildim. Otam premyeraga bordi. Spektakl qizg‘in olqishlar ostida yakunlandi. Tomoshabinlar tarqab, odam siyraklashib, o‘zimiznikilar qolgach, fikrini bilay deb otamning qoshiga bordim. Otam zalda stulga cho‘kib, g‘amgin o‘tirardi. Shunday kulgili tomoshadan so‘ng u kishining g‘amgin o‘tirgani meni ajablantirdi. Men so‘z aytishga botinolmay jim turganimda otam: “Rejissyorni chaqiringlar”, dedi.
Ko‘p o‘tmay rejissyor bir necha ijodkorlar hamrohligida zalga kirib keldi. Otam unga qattiq tikilib: “Spektaklning bir joyida bittasi Obidga qarab “Haromi!” deb baqiradi. Shu so‘zni olib tashlanglar”, dedi. Rejissyor hovliqib tushuntira ketdi: “Yunus ota, axir bu spektakl, badiiy asar-ku. Bu so‘z sizning o‘g‘lingizga emas, bir firibgarga, ya’ni, O‘tkuriyga qaratib aytilyapti”. Otam birdan ovozini ko‘tarib gap qaytardi: “Men buning spektakl ekanini bilmaymanmi? Nima bo‘lganda ham, Obidga qarab bu so‘zni aytishmasin. Agar shu so‘zni olib tashlamasanglar, Obid bu rolda boshqa o‘ynamaydi!”
Oxirgi gapni aytayotganida Obid Yunusovning ovozi titrab ketdi.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 37-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



