23.09.2024 | 16:28
187
“MOYKA” MUAMMOSI
Mashina yuvish uchun “avto moyka”lar juda urf bo‘ldi.
Ularda, odatda, faol kimyoviy vositalar ishlatiladi. Ushbu vositalar tarkibida, umumiy olinsa, anionli va kationli sirt faol moddalar (SFM), ETDA tuzlari, natriy ishqori va turli bo‘yoqlar mavjud. Asosiy moddalari anionli SMF hisoblanadi. Ayrim manbalarga ko‘ra 15 foizgacha shunday birikmalar qo‘shiladi.
Anionli SFM kimyoviy jihatdan o‘ta faol hisoblanadi. Qiyin eruvchan yog‘larni ham eritadi.

“Moyka”ga boradiganlar sezgan, lekin e’tibor bermagan bir narsa: faol kimyoviy vosita sepayotganingizda nafas olishingiz qiyinlashadi. Bu anionli SFMning ta’siridir. Bu moddalar gipoksiya – nafas olishni qiyinlashtiradi. Tez-tez mashina yuvadiganlar bora-bora to‘liq nafas olishga qiynaladi.
Yuqoridagi vositalar allergiya chaqiradi. Buyrak va jigar kabi muhim a’zolarga ta’sir etadi.
“Moyka”dan chiqqan suv qayoqqa ketadi? Uning nazorati bormi? Bu savolga men javob bera olmayman.
Hozir “moyka”lar nafaqat shaharlarda, balki tuman va qishloqlarda ham ko‘paymoqda. Bu joylarda oqar suvlar “moyka”larning “faol kimyo”sidan himoyalangan emas. Har kuni tonna-tonna zaharli oqava oqiziladi, qayoqqa oqayotgani, tabiiy manbalar – ekotizimga ta’siri ilmiy tahlil etilgan emas.
“Moyka”lardagi kimyoviy vositalarga qanday asosda ruxsat berilgan, bilmayman.
“Tuproqlarimiz zaharlangan” deb sobiq Ittifoqni qoralaymiz, yomonlaymiz, lekin hozirgi bu ishimizga qanday baho beramiz?
Men “moyka”larga qarshi emasman, lekin kimyoviy vositalarni cheklash kerak! Bu vositalardan hech kim himoyalangan emas. Sababini yuqorida keltirdim: uning oqavasi baribir aylanib-aylanib ichimlik suviga qo‘shiladi! Oqava suv bug‘lanib havoga singib ketishi mumkin, lekin uning tarkibidagi hamma modda tuproqda qoladi. Boshqa suv manbasi baribir uni “topib” oladi.
Balki bizda hali maishiy kimyoviy vositalar haqida qonunchilik yo‘qdir. Agar bo‘lmasa, qonunchiligini ishlab chiqish vaqti yetgan.
Onkologik kasalliklar ko‘payib ketganini ko‘p gapiramiz. Unutmaslik kerakki, bu kasallikning eng asosiy manbasi – maishiy kimyoviy vositalar! “Moyka”ning moddalari, oshxonangizdagi idish yuvish vositalari!
Umid qilamanki, fikrim mutasaddilarga yetib boradi va masala ijobiy yechim topadi.
Baxtiyor ABDUGʻAFUR,
Feysbuk
“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 38-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605