10.04.2024 | 16:44
1246
VERGUL

Kichkinagina “vergul” nafaqat yozuvni to‘g‘ri o‘qishda, balki yaqin tariximizni to‘g‘ri tahlil etishimizda ham bizga yordam berishi mumkin. Xo‘sh, qanday qilib?Hozirda aksariyat tillar grammatikasi asosida qadimgi lotin grammatikasi yotadi. Shu bois tilshunoslikka oid atamalar, asosan, lotincha yoki yunoncha. Zamonaviy o‘zbek grammatikasi ham ana shu ulkan daraxtning bir shoxobchasi, deyish mumkin. Aytaylik, unda ilgari mavjud bo‘lgan arab sarfu nahvi asosidagi til qoidalari nisbatan kuchsiz aks etgan. Lotin grammatikasiga xos qoidalardan biri – tinish belgilari. Darvoqe, ba’zi atamalar tilimizga muvaffaqiyatli o‘girilgan, masalan: tinish belgilari, qo‘shimcha, kelishik, to‘ldiruvchi… ba’zi atamalar esa Koshg‘ariy zamonida ham mavjud edi: fe’l, ot (ism), sifat… O‘tgan asr boshlarida lotin grammatikasi asosidagi rus grammatikasi biz uchun ham ulgi bo‘lib xizmat qilgani sir emas. Aytaylik, kelishik (padej), to‘ldiruvchi (dopolneniye), aniqlovchi (opredelitelnye) kabi atamalar aynan ruschadan nusxa ko‘chirish orqali yasalgan. Ammo “vergul” negadir ruscha (“zapyataya”) emas, fransuzcha (“vergule”).Aksariyat ovro‘po tillarida “vergul” o‘rnida hozirda asli yunoncha – “comma” (“comma”, “komma”, “koma”) qo‘llanadi, lotincha (“virgula”) “vergul” esa faqat fransuz va boshqa ovro‘po tillarida saqlangan. Xo‘sh, qanday qilib tilimizga olis fransuzchadan “vergul” o‘tib qoldi? Hozirda turk, o‘zbek, ozarbayjon, turkman, fors va tojik tillarida “vergul” ishlatiladi. Bu ham bejiz emas, o‘tmishda mazkur tillar qo‘llanadigan hududda ikki tilli yagona madaniy muhit mavjud edi desak, xato bo‘lmaydi. Ammo “vergul” bu hududga to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, usmonli turkchasi orqali kirib kelgan.Turkiyalik olim Ali Chichek Usmonli davlatida G‘arb madaniyati, xususan, fransuz tili va madaniyati bilan dastlabki aloqalar katoliklarning dominikalar va fransiskanlar diniy sektalari vositasida boshlangan, deb yozadi. Mazkur sektalar fransuz tili va madaniyatini butun dunyoga yoyish bilan shug‘ullangan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida turk ziyolilari o‘rtasidagi Ovro‘po, jumladan, fransuz madaniyati va adabiyotiga qiziqish, fransuz tilli maktablarning ochilishi, turk tilini arabiy va forsiy so‘zlardan tozalash harakatlari natijasida turk tiliga ko‘plab fransuzcha so‘zlar kirib kela boshlagan. Ali Chichek turk tiliga ovro‘po tillaridan eng ko‘p o‘zlashgan so‘zlar – bu fransuzcha so‘zlar ekanligini yozadi.XIX asr oxiri – XX asr boshida nafaqat usmonlilar, balki turkiy xalqlarning boshqa madaniy o‘choqlari, shu jumladan, Turkistonda ham ma’rifatchilik, G‘arb madaniyatiga intilish kayfiyati paydo bo‘la boshladi. Shuning mahsuli o‘laroq XX asr boshida jadidlar harakati Istanbul bilan ham qizg‘in munosabatda edi. Qadimchilarga muxolif bo‘lgan jadidlar ko‘pgina inqilobiy o‘zgarishlar, shu jumladan, alifbo, tilni ham isloh etish tarafdori edilar. Fransuzcha “vergul” ham tilimizga o‘sha davrda jadidlar, ularning nashrlari orqali kirib keldi. Bu esa til qoidalari, grammatikaga oid islohotlar ham jadidlar tomonidan boshlangani, ammo tugallanmaganligi, ya’ni bu ishga “nuqta” emas, “vergul” – (,) qo‘yilganligi va sovet davrida davom ettirilganligidan darak beradi.
Abduvohid HAYIT
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599


