Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.10.2024 | 14:42

img433

ZIYOSI BIR O‘ZBEK BILAN TURKMANNING

O‘zbek-turkman do‘stligi ildizi asrlar qa’riga borib tuta­shadi. Azaldan yelkadosh bo‘lib yashab kelgan bu ikki millatning to‘y va bayramlari, ma’raka-marosimlari ham mushtarak edi. Markaziy Osiyoda ezgu ishlar bunyodkorligida ham, tashvishli kunlarda ham o‘zbeklar va turkmanlar bir-biriga madadkor bo‘lib kelganlar.

Tarix zarvaraqlaridan bunga istagancha misollar keltirish mumkin. Balki bu azaliy do‘stlik “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar har ikkala millat baxshilari tomonidan sevib kuylana boshlagan pallada yanada chambarchas tutasha boshlagandir. Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk” asarini insho qilgan chog‘larda yanada mushtaraklashgandir balki. O‘zbek-turkman birodarligi Abulg‘ozi Bahodirxon “Shajarayi tarokima” asarini bitgan chog‘da avj nuqtasiga yetgandir ehtimol.

E’tiborli jihati shundaki, hayotning har qanday sinovli kunlarida ham ushbu mustahkam do‘stlik va birodarlikka hech kim raxna sololmagan. Bu ona zamini­mizga g‘araz niyatli g‘animlar ko‘z tikkan paytda o‘zbek va turkman xalqi bir tan, bir jon bo‘lib, birgalikda ozodlik va mustaqillik uchun kurashganini faxr bilan e’tirof ­qilish mumkin.

Muqaddas dini, urf-odat va an’analari uyg‘un ikki xalqning adabiyoti, ma’rifat va ma’naviyati ham bir-biriga tutashib ketganligi har doim qalbimizga g‘urur bag‘ishlaydi.

O‘zbek xalqining buyuk dahosi hazrat Alisher Navoiy o‘zining “Xazoyin ul-mao­niy” devonida turkmanlarni ulug‘lab g‘azallar bitgani qalbimizda cheksiz faxr-iftixor uyg‘o­tadi. O‘z navbatida, biz ulug‘ turkman shoiri va mutafakkiri Max­tumquli Firog‘iyning hazrat Alisher Navoiy­ni o‘ziga ustoz deb bilganidan ham g‘ururlanamiz. Shuningdek, Maxtumquli Firog‘iy o‘zbek zaminidan yetishib chiqqan Bahouddin Naqshbandiy, Zangiota, Said Mirkulol, Sulaymon Boqirg‘oniy kabi ulug‘ tasavvuf namoyandalarini o‘zining ma’naviy rahnamolari deb hisoblagani ham turkman-o‘zbek do‘stligi naqadar chuqur ildiz otganidan darak beradi.

Bu do‘stlik, birodarlik bizning davrimiz­da yanada yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilayotganini ko‘rishimiz mumkin. Hozir ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy aloqalar yangi bosqichlarda rivojlanib bor­yapti. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi “Buyuk turkman  shoiri Maxtumquli Firog‘iy taval­ludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori har ikkala davlat xalqlarini to‘lqinlantirib yubordi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qator tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Joylarda maxtumqulixonlik kechalari zo‘r tantanalar bilan davom etmoqda.

Maxtumquli o‘zbek xalqining ham sevimli, ardoqli shoiri sanaladi. Azaldan har bir xonadonda shoirning ­kitoblari e’zozlanib, she’rlari yoddan o‘qilishi fikri­mizning yorqin dalilidir.

Tarixdan ma’lumki, Maxtumquli dahosiga muhabbat o‘zbek xalqining har bir to‘y va marosimlarida namoyon bo‘lib kelgan. Qo‘liga tor olgan san’atkor bo‘lsin, u Maxtumquli she’rlarini ham qo‘shiq qilib kuylash orqali xalqimiz e’tiborini qozonadi. Maxtumqulixonlik kechalari o‘tkazish an’anasi esa, hozir ham izchil davom etib kelayotgani ana shu muhabbatning yuksak namunasidir.

Yurtimizning ma’rifatparvar insonlari Maxtumquli ijodini o‘rganish, tadqiq qilishni o‘zlarining ma’naviy vazifasi qilib belgilagan. Ana shu vazifalar zalvorida adabiyot sohasida maxtumqulishunoslik izchil taraqqiy etib kelmoqda. Bu esa, shoir ilgari surgan ezgu g‘oyalarni ochib berish, yosh avlodga tushuntirib, ularni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etmoqda.

Yaqinda “Xorazm yoshlari” nashriyot-­matbaa uyi tomonidan Maxtumquli taval­ludining 300 yillik to‘yi munosabati bilan uchta tuhfa hozirlangani ham ana shunday xayrli ishlarning davomi sifatida ahamiyatlidir. Vohalik ijodkor-tarjimon Vohid Sulton nashrga tayyorlagan Maxtumquli saylanmasining I jildi 25 bosma taboqda chop etilgan. E’tiborli jihati shuki, ushbu saylanma turkman va o‘zbek tillarida kitobxonlarga tuhfa qilindi. Shuningdek, to‘rtko‘llik maxtumqulishunos, shoir va tarjimon ­Islom Bobojonovning “Maxtumquliga ehtirom” nomli kitobi ham o‘zbek va turkman tillarida nashr etildi. Maxtumquli saylanmasining II jildi esa, ana shu sharafli ishlarning davomi sanaladi. Maxtumquli saylanmalarida shoirning asliyatdagi she’rlari va ularning o‘zbekcha tarijimasi bilan ta­ni­shish mumkin.

“Maxtumquliga ehtirom” kitobida esa shoir­ning hayot yo‘li atroflicha yoritilib, ­uning hikmatlari tahlil qilinadi. Ul zotning tasav­vuf namoyandasi – ulug‘ so‘fiy, ­avliyo ekanligi mazkur tadqiqotlar orqali ochib beril­gan.

Ushbu salmoqli adabiy majmualar Turk­maniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. Zero, dunyo­da do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilikdan ulug‘ ne’mat yo‘qdir.

Bir daryodan hovuchlab suv ichgan el,
Daryosi bir o‘zbek bilan turkmanning.
Oy-u quyosh nurlari teng tushgan el,
Ziyosi bir o‘zbek bilan turkmanning.

Erpo‘lat BAXT

“Jadid” gazetasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 42-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328