Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.10.2024 | 11:58

img1079

15-oktyabr kuni tavallud topgan adiblar

Mirzakalon Ismoiliy
Mirzakalon Ismoiliy 1908-yil Qirg‘izistonning O‘sh shahrida dunyoga keldi. 1928–1930 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi.
Adib 1950-yil qatag‘onga uchrab, hibsga olingan. 1955-yil gunohsiz topilib, ozodlikka chiqarilgan.
Mirzakalon Ismoiliy ozodlikdan mahrum chog‘ida ham tushkunlikka tushmay, qo‘liga qalam olib xalqi uchun mehnat qildi. Jumladan, “Farg‘ona tong otguncha” romanini yozdi va ozodlikka chiqqach, romanga sayqal berib, nashrga tayyorladi. Romanda Oktabr to‘ntarishi arafasidagi o‘zbek mehnatkashlarining hayoti va ma’rifat sari intilishini tasvirlagan. Shuningdek, u yoshlar hayotini aks ettiruvchi “Bizning roman”, ma’naviyat yog‘dularini sharaflovchi “Odamiylik qissasi” kabi puxta, go‘zal nasriy asarlari bilan kitobxonlar e’tiborini qozondi.
Mirzakalon Ismoiliy Lev Tolstoyning “Tirilish” romanini, keyinchalik shu yozuvchining “Anna Karenina” romanini o‘zbekchaga o‘girdi. Yozuvchi jahon adabiyotining 200 dan ortiq namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Hakim Nazir
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir 1915-yil Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent kechki pedagog instituti va Moskvada Oliy adabiyot kursini tugatgan.
Ilk hikoyalar toʻplami — “Qishloqdagi jiyanlarim”da qishloq bolalarining hayoti va mehnati tasvirlangan. Shundan soʻng, ketma-ket adibning “Pionerlar bogʻi”, “Besh baho”, “Choʻl havosi”, “Meni taniysizmi?”, “Bolajonlarim” singari hikoyalar toʻplamlari yaratildi. Shuningdek, u A.Gaydar, P.Pavlenko, L.Kassil, V.Katayev va boshqalarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Ibrohim Rahim
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Ibrohim Rahim 1916-yil Farg‘ona viloyati, Quva tumanida tug‘ilgan.
Yozuvchilik faoliyatini 1938-yil boshlagan. Ibrohim Rahimning birinchi yirik asari — “Bahodir” dostoni hisoblanadi.
Yozuvchining “Shovqin shahar” nomli romani 1966-yilgi Toshkentdagi yer qimirlashi va uning mardonavor barham topishi mazusida.
Uning “Taqdir” nomli romani yangi shahar qurilishiga bag‘ishlangan. “Hilola” qissasida ayollarning jamiyatdagi o‘rni kabi o‘z davrining dolzarb muammolari badiiy e’tiborni tortadi.

Fridrix Nitsshe
Nemis faylasufi Fridrix Nitsshe 1844-yil Prussiyaning Ryokken muzofotidagi protestant ruhoniysi oilasida dunyoga keldi.
U 22 yoshida Markaziy adabiy gazetada xizmat qilgan. 25 yoshida Bazel universitetining professori bo‘lgan.
1880-yil Nitsshe Yevgeniy Dyuring qalamiga mansub “Falsafa kursi” asarini o‘qib chiqadi. Bu asar uning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Nitsshega, ayniqsa, faylasufning koinotdagi barcha jarayonlarning davriy xususiyatga ega ekanligi, ularning doimo takrorlanib turishi to‘g‘risidagi fikrlari ma’qul keladi.
Nitsshening “Zardoʻsht tavallosi: hamma uchun va hech kimga atalmagan kitob” asari mashhur hisoblanadi. Oʻzining bu asarini “insoniyat qoʻlidagi kitoblar ichida eng terani”, deb hisoblagan. Nitsshe oʻzini insoniyat imkoniyatlari chegarasidan tashqariga chiqqan ongni oʻzida mujassamlashtirgan Zardusht bilan tenglashtirgan.

Mixail Lermontov
Mixail Lermontov 1814-yil Rossiyada dunyoga keldi.
Lermontov bolaligidan fransuz va nemis tillarida bemalol gaplasha olar, keyinchalik ingliz va lotin tillarini ham oʻrgangan edi. Chet tillarini oʻrganishdan tashqari, u tasviriy sanʼat bilan shugʻullanar, skripka va royalni ajoyib tarzda chalar va qoyilmaqom qilib sheʼr oʻqirdi.
1828–1829-yillarda Lermontov bir nechta “bayroncha poema” yaratadi: “Korsar” (Qaroqchi), “Jinoyatchi”, “Oleg”, “Ikki aka-uka” shular jumlasidandir. 1829-yilda u “Iblis” poemasi haqida oʻylay boshlaydi va butun umr shu asar ustida ishlaydi.
40-yillarda uning “Shoh Ivan Vasilyevich, yosh yasovul va azamat savdogar Kalashnikov haqida qissa” si, “Iblis”, “Mtsiri” poemalari va “Zamonamiz qahramoni” romani nashr qilinadi.
Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” romani zamonni qoralaydi, uning boʻshligi va hech nimaga arzimasligini koʻrsatib beradi.
1841-yil 15-iyulda Lermontov duelda otib oʻldiriladi. Shoir qisqa umr koʻradi, uning ijodiy faoliyati bor-yoʻgʻi 13 yil davom etgan edi. Shu vaqt ichida u rus adabiyotida mustahkam oʻrin egalladi, rus romantik poemasi shakllanishini yakunlab beradi va rus realistik romani poydevorini qoʻyib ketadi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img113

ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143