15.10.2024 | 17:12
212
NOSHIRLIKDAGI NOQISLIK
Bugun noshirni qiynayotgan muammolardan biri bu – bozordagi plagiat asarlardir. Deylik noshir biror kitobni chop etish huquqiga ega bo‘ldi va uni nashr etdi. Bu asarga talab yaxshi ekanligini bilgan ayrim uddaburon noshirlar ham xuddi shu kitobni noqonuniy tarzda nashr etib sotuvga chiqaradi.
Albatta, u nashr etish huquqini olmagani uchun, kitobni chop etish unga moddiy jihatdan ancha arzonga tushadi va tabiiyki u mahsulotga ancha arzon narx qo‘yadi. Xaridor esa tabiiyki sifatsiz bo‘lsa ham kitobning ana shu plagiat nusxasini xarid qiladi. Qarabsizki, qonuniy ishlayotgan noshirning sarflagan mablag‘i ham, ko‘rishi kerak bo‘lgan foydasi ham deyarli tushga aylanadi. Eng yomoni oldinda, u holatga chora ko‘rilishini so‘rab murojaat etolmaydi, chunki uning bunga haqqi yo‘q. Yaxshi asarni chop etib topgani moddiy ziyon bo‘ladi. Xullas, nashriyotlarda bu masalada tovon puli undirish bo‘yicha huquq yo‘q. Kontrafakt mahsulotlarni chiqarganlarga esa jinoiy javobgarlik yo‘q. Zo‘r-a?!

Nigora HASANOVA,
Facebook
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605