Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.04.2024 | 21:38

img354

JADID BO‘LGIL

“Jadid” gazetasi chiqishi munosabati bilan

JADID BO‘LGIL

Bu ochunga nechun kelding? Magar ochun uchun kelding?

Quyosh har kun jadid bo‘lgay, El-u yurtga hayit bo‘lgay.

Saharlar yangragan bongday – Tug‘ilgin yangi har tongday.

O‘tar har damni o‘zgartir, Keyin olamni o‘zgartir.

Dil-u joning badal qilgil, Jadal qilgil, jadal qilgil.  

Nadir moling bilan holing? Shumi bor orzu-a’moling?

Zavolingga sabab shuldir. Kamolingga talab shuldir.

Adab – yot bo‘lgan olamda, Jaholat to‘lgan olamda.

Nechunki buncha mudroqsan? Qachon bo‘lgaysan uyg‘oq san?

Jahonda dushman-u do‘st bor, Hali qancha kam-u ko‘st bor.

Umrni bitta fursat bil, El-u yurtingni yuksaltir.

Masal bordirki: hechdan kech, O‘zingdan kech, o‘zingdan kech.

Dalang, lolang uchun o‘rtan, Qizu bolang uchun o‘rtan.

Kelib elparvar insonlar, Yaralmish yangi davronlar.

Zamonday yorqin ohanglig‘, “Jadid” nomli gazit yanglig‘.

Daho, zukkolaring qaytmish, Ulug‘ siymolaring qaytmish.

Sen ham bedor bo‘l, ey o‘g‘lon, Bo‘lak yo‘l yo‘qdir, ey o‘g‘lon. 

Eling to topgay oroyish – Na orom bil, na osoyish.  

Vatan, millat davomiydir, Jadid bobong Navoiydir,

Turonsan, mulki Turonsan, Bugun chin O‘zbekistonsan.

Sirojiddin Sayyid, bilgil, O‘tar yuz yil, yana yuz yil,

Bu kunlarni g‘azal qilgil, Jadid bo‘lgil, jadid bo‘lgil.

Sirojiddin SAYYID, O‘zbekiston xalq shoiri.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599