Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.10.2024 | 14:51

img912

GLOBALLASHUV JARAYONIDA ISLOM: MO‘TADILLIK VA BAG‘RIKENGLIK

Joriy yilning 15-oktyabr kuni poytaxtimizda “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman boshlandi. Tadbirda Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Ummon, Rossiya, AQSh, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmanis­ton, Hindiston va Pokis­ton kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamo­lar ishtirok etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil 19-sentyabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida O‘zbekis­tonda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazish tashabbusi doirasida tashkil etildi.

Tadbir avvalida Prezident maslahatchisi Xayriddin ­Sultonov­ davlatimiz rahbarining xalqaro anjuman ishtirokchilariga tabrigini o‘qib eshittirdi. Unda xalqaro konferensiya qatnashchilari qutlanib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi­dagi tashabbus qo‘llab-quvvatlangani, so‘nggi ­­7 yilda yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada ulkan islohotlar olib borilgani, xalqaro ilmiy markazlar tashkil qilingani, ko‘p­lab allomalarimizning kitoblari nashr etilgani qayd etilgan.

Anjumanda so‘zga chiqqan xorijiy mehmonlar muqaddas Islom dinining insonparvarlik mohiya­tini ochib berishga qaratilgan ilmiy ma’ruzalar qilishdi. Misr Arab Respublikasi Muftiysi, Butun dunyo fatvo kengashlari va idoralari bosh kotibiyat rahbari, doktor Nazir Muhammad Ayyadning anjumanda bildirgan fikrlari ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan…

Alloh taologa hamd-u sanolar bo‘lsin, ustozimiz, Rasululloh, u zotga, uning ­oilasi va sahobalariga salovat va salomlar bo‘lsin.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

So‘zimning avvalida O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ushbu anjumanga taklif qilgani uchun chin dildan samimiy minnatdorlik va tashakkurlarimni bildiraman.

Aziz mehmonlar!

Bugun biz islomning tinchlik va ezgulik tushunchalari haqida fikr yuritish maqsadida yig‘ildik. Islom Qur’on va sunnat orqali ­nazariy jihatdan va payg‘ambarning muborak siyrati orqali amaliy jihatdan tinchlik va yaxshilikka chaqiradi.

Men ushbu konferensiyada “Globallashuv jarayonida Islom: moʻtadillik va bag‘rikenglik” mavzusida fikr bildirmoqchiman. Global­lashuvning ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rib, islomning to‘g‘ri yondashuvini aniqlash zarur. Globallashuv jarayoni bugungi kunda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda o‘zi­ning achchiq mevalarini bermoqda.

 Shubhasiz, “globallashuv”ning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud, lekin ta’kid­lashimiz kerakki, uning ijobiy tomonlaridan salbiy jihatlari ko‘proqdir. Diniy muassasalarning bu jarayondagi ijobiy va salbiy tomonlarni bayon etib borishdagi faolligi muhim ahami­yatga ega. Globallashuv, aslida, g‘arbiy va yevropalik kuchlarning o‘z siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ideologiyalarini majburiy ravishda o‘rnatadigan yangi global tizim yaratishi­ni ang­latadi, bu kuchlar aloqa va bilim sohasidagi inqiloblar bilan kuchaygan.

Bugun men “globallashuv” tushunchasi va uning xavfli oqibatlarini muhokama qilmoq­chi emasman. Istardimki, doimiy yig‘ilish­larimiz musulmon jamiyatlarini haqiqiy taraqqiyot va uyg‘onishga yo‘naltirish uchun samarali boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qilsa. Bu, mening fikrimcha, faqat to‘liq mustaqil, insonparvar bilimlarni egallash orqali amalga oshiriladi. Ularning tuzilishi islomning asosiy prinsip­lariga to‘g‘ri kelishi sharti bilan tarix va madaniyatni o‘z ichiga olishi lozim. Diniy muassasalarning burchi bugun musulmon jamiyatlarini rag‘batlan­ti­rish va mazkur yo‘nalishda yangilanishga erishishdir. Ular haqiqiy uyg‘onishga hissa qo‘shadigan, to‘g‘ri diniy nutqni yangilash­ga intilishlari darkor. Bu yangilanish to‘liq va birlashgan bo‘lishi shart hamda islohot yo‘nalishidagi global, insoniy, ilmiy va ijtimoiy maqsadga yo‘nalmog‘i zarur.

Shuningdek, diniy muassasalar oldida tamaddunlararo muloqot bilan shug‘ullanuv­chi tadqiqotchilar va madaniyat arboblarini qo‘llab-quvvatlash vazifasi ham turibdi. Ular sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro tushunishni osonlashtirishda eng muhim bog‘lanishlardan biridir. Ushbu tadqiqotchilarning asosiy maqsadi, jamiyatlarni umu­miy g‘oyalar va prinsiplar bo‘yicha kelishuvga tayyorlash uchun nazariyalarni mustahkamlash kerak, bu esa turli madaniyatlarga ega jamiyatni to‘liq nizosiz va to‘qnashuvlarsiz yaratishga yordam beradi.

Aziz mehmonlar!

Shaxsiyatni saqlab qolish “globallashuv”­ning eng katta muammolaridan biridir. Chun­ki globallashuv diniy, etnik yoki tilga oid jamiyatlarning kimligini hisobga olmaydi va o‘zining turli ideologiyalarini majburiy ra­vish­da o‘rnatishga harakat qiladi. Ko‘plab g‘arbiy olimlarning katta xatosi shundaki, ular “tamaddunlar to‘qnashuvi” ideologiyasi­ni ishlab chiqib, uni millatlar va xalqlar ustidan globallashuv­ni o‘rnatish zaruriyati sifatida ko‘rishdi. Shunday qilib, globallashuv tushunchasini nazariyadan amaliy hayotga o‘tkazishga intildilar, bu orqali g‘arb ko‘plab xalqlar va millatlar ustidan o‘z madaniyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu o‘rinda ta’kidlaymizki, shaxsiyatlarni saqlash urushlar yoki ideologik to‘qnashuv­larni chaqirmaydi. Bir-biridan farqli shaxsiyatlar, madaniyatlar tinch va xavfsiz bir jami­yatda yashashi mumkin. Qur’oni Karimda: “Biz sizlarni xalqlar va qabilalar qilib yaratdik, bir-biringizni tanib olishingiz uchun” [Hujurat: 13] deyiladi. Bu oyatga ko‘ra, Islom farqlilik va xilma-xillikni to‘qnashuv va mojaro sababi sifatida ko‘rmaydi. Menimcha, bu oyat zamirida tanishuv so‘zining ­oddiy ma’nosi emas, balki haqiqiy hamkorlik, totuv­lik, hamjihatlik va bilim, madaniyat va tajribalarni almashish maqsad qilingan. Bularning barchasi yer yuzini rivojlantirish va insoniyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish uchun zarurdir. Bizning asosiy maqsadimiz, g‘arbiy olimlar nazardan qochirgan eng katta xatoni ko‘rsatishdan iborat:

Birinchidan, dinlarning madaniyatlararo totuvligini kuchaytirishga bo‘lgan to‘g‘ri munosabatni, zamonaviy ilmiy hamda texnologik yutuqlardan tinchlik va yaxshilik tarqa­tishda foydalanishni rag‘batlantirish zarur.

Ikkinchidan, Islom ummati boshqa xalqlar va millatlar bilan ikkilanishsiz, qo‘r­quv­siz madaniy tanishuvga, tushunishga o‘tishi zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birgalikda ma’rifiy va madaniy qobiqdan chiqib, dunyoda o‘z markaziy rolini jang va urushlarsiz qayta tiklashni istaydi. Biz o‘zimizga savol beramiz: qachongacha zamonaviy ilmiy kashfiyotlarni qo‘rquv bilan kutamiz va so‘ngra ularni tahlil qilish uchun yig‘ilamiz? Biz ushbu holatdan o‘tib, innovatsiya va ­ilmiy haqiqatlarni kashf etishda faol va bevosita hamkorlik qilish zarurligini tushunishimiz ­ke­rak.

Aziz mehmonlar!

Bugungi kunda dunyo tajribaviy va tabiiy ilm-fan taraqqiyotida bizning rolimiz qayerda? Qachon ilmni faqat yuzaki o‘rganishdan chuqur falsafiy tadqiqotlarga o‘tamiz? Zero, bugungi kunda ilm falsafasi zarur va muhimdir.

Men ko‘plab zamonaviy islomiy tadqiqotlarga va ilmiy bo‘limlarimizga achinish va g‘amgin nigoh ila qarayman. Chunki ular hali ham an’anaviy va takroriy fikrlarni o‘rganmoq­da. Haqiqatdan ajralgan va ilmiy metodologiyadan mahrum ko‘p­lab tadqiqotchilar o‘z ilm va bilimini ahamiyati yo‘q g‘oyalarni o‘rga­nishga sarflamoqda. O‘z navbatida boshqa mamlakatlar bunday masalalarni yengib o‘tib, innovatsiya va kashfiyotda yetakchiga aylandi. Haqiqat shuni ko‘rsatadiki, kuch irodasi bilim irodasiga bog‘liqdir.

Aziz yig‘ilish a’zolari!

Madaniyatlararo aloqalar aslida Islom­ning chaqiruvidir va bu “globallashuv” tushun­chasi bilan cheklanmaydi. Lekin ular o‘rtasidagi farq shundaki, “globalizatsiya” noma’lum g‘arbiy kuchlar tomonidan majburan o‘rnatiladi va jamiyatlar hamda madaniyatlarning shaxsiyligini buzadi. Shuningdek, oddiy instinktlarga qarshi keluvchi g‘oya va amallarni qabul qiladi. Islomda esa aksincha. Qur’onda “Dinda hech bir majburlik yo‘q” [Baqara surasi: 256] deyilgani buning dalilidir. Islom boshqa xalqlarning madaniyatlarini yo‘q qilish yoki ularni chetga surish maqsadida emas, balki xilma-xillik va birgalikda tinch yashash sharoitida huquqlarni saqlab, majburiyatlarni hisobga olgan holda ularni himoya qilish uchun mavjuddir. Tarixiy haqiqat ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ibn Battuta, al-Istaxri va Ibn Havqal kabi sayohatchilar qoldirgan manbalarni o‘rganish bu jihatlarni aniq ko‘rsatadi.

Agar bu aniq bo‘lsa, “globallashuv” – madaniyat va fikrning umum­insoniy tamad­dun­da yangi narsa emasligini anglaymiz. U kommunikatsiya inqilobi yoki kapitalning kengayishi bilan yuzaga kelmagan. Balki ­tarixiy jarayon sifatida mavjuddir. Madaniyat­lar o‘rtasida aloqalar, yangi madaniyat­lar­ning kashf etilishi yoki bir madaniyatning boshqa bir mamlakatga ko‘chishi va o‘zini joylashtirish harakatlari bu jarayonning asosiy ko‘rinishlaridir. Madaniyat turli tarkibiy qismlardan iborat: din, san’at, ilm-fan, texnologiya, urf-odatlar, g‘oyalar almashinuvi va tajribalarni baham ko‘rish. Shuning uchun “globallashuv” to‘g‘risida to‘xtalish nafaqat hozir yoki kelajak, balki o‘tgan vaqt haqida gapirish hamdir.

Hurmatli janoblar!

Radikal guruhlar bugungi musulmon olamida jiddiy va xatarli rol o‘ynadi. Ular ummatning katta vaqtini o‘g‘irlab, uning madaniy va iqtisodiy taraqqiyotini to‘xtatishga urinishdi. Shuningdek, jamiyatlar tinchligini buzishga va ummatning mehnat bilan qurilgan inshootlarini yo‘q qilishga harakat qildi. Buning oldini olish uchun bizdan ularga qarshi kurashish va ularning asossiz da’volarini oshkor qilish yo‘lida katta sa’y-harakatlar talab qilinadi.

“Misr ijtimoiy ustozlik markazi” sifatida biz davlat tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanib, tinchlik va yaxshilik yo‘lida faol hamkorlik qi­lish­ga intilmoqdamiz. Biz muloqot va hamkor­lik masalalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz va ushbu muhim konferensiyadan kelib chiqadigan har qanday tashabbusni tasdiqlaymiz.

E’tiboringiz uchun rahmat.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Nazir MUHAMMAD AYYAD,
Misr Arab Respublikasi Muftiysi,
Butun dunyo fatvo kengashlari va idoralari bosh kotibiyat rahbari

“Jadid” gazetasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 43-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img103

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331