01.11.2024 | 13:12
315
SO‘Z MUSAVVIRI
Taniqli yozuvchi Sobir Oʻnarning “Tanlangan asarlar” kitobi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr etildi. Unga adibning qissa va hikoyalari kiritilgan boʻlib, saylanmada oʻziga xos jozibali tilda bitilgan hikoyalar ustuvorlik qiladi.

Kitobda yana bir jihat oʻquvchi e’tiborini tortishi aniq, ya’ni asarlarda ijtimoiylik bilan bir qatorda ma’naviy, oilaviy, axloqiy va sevgi-muhabbat kabi muhim va eskirmas mavzularga ham keng urgʻu berilgan.
“Kunsuluvning sirli xatlari”, “Intizor”, “Farishta”, “Yigitlarning biri”, “Bibisora” kabi qissa va hikoyalarni yuqoridagi fikrlarimiz tasdigʻi sifatida koʻrish mumkin.
Adibning mahorati, soʻz tanlashdagi sinchkovligi har bir bitikda namoyon boʻlib turadi. Qahramonlarining oʻziga xos xarakterini kitobxon koʻz oʻngida yaqqol koʻrsata olgan yozuvchi, asar kompozitsiyasini ham mahorat bilan chiza bilgan. Sobir Oʻnar ijodida samimiy, tanti va sodda qishloq odamlari qalamga olinib, ularning yuksak insoniy fazilatlari ulugʻlanadi. Goʻyo hikoya va qissa qahramonlari yon-atrofingizda yashayotgan odamlardek tuyuladi. Adib asarlarining hayotiyligi ham ayni shu jihatlarda oʻz aksini topgan.
Yozuvchi uslubining boshqalardan farqlanib turadigan yana bir xususiyati shuki, u har bir asarda oʻquvchi kutmagan yechimlarni taqdim etadi. Yaxshilik bilan tugaydi, deb oʻylagan asaringiz yakunida qahramonning fojiaviy taqdiri intihosiga guvoh boʻlishingiz mumkin.
Kitobni mutolaa qilgan oʻquvchining dunyoqarashi, roʻy berayotgan voqea-hodisalarga munosabati oʻzgara boradi. Chunki adib har bir qahramoni qismati misolida oʻquvchi hayotiga, uning koʻngil kechinmalariga koʻzgu tutadi.
Jahongir SOIBJONOV,
OʻzMU talabasi
“Jadid” gazetasining 2024-yil 1-noyabrdagi 45-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



