10.04.2024 | 23:01
473
HAM QOG‘OZ, HAM VAQT TEJALDI

Gabriel Markesning “Atirgulning tikoni” hikoyasida ikki yoshning samimiy muhabbati fonida jamiyat va uning rasmiyatga qorishgan dunyosiga ko‘zgu tutiladi. Atirgul tikoni sanchilgan barmoqdan qon ketishi oqibatida kelinchak foniy dunyo bilan xayrlashadi. Ammo asardagi “dard” bir jumla bilan xulosalaganimizdek kichik emas. Billi Sanches mahbubasini kasalxonaga joylashtirganidan keyingi atigi uch kunda sodir bo‘lgan voqealar kishini hayron qoldiradi. Ularning barchasi rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik singari atay o‘ylab topilgan azoblar ekani fosh bo‘ladi. “Insoniyatning qo‘lidagi kishan idora qog‘ozidan yasalgan”, deganda Frans Kafka nechog‘li haq edi. To‘rachilik, sun’iy ravishdagi byurokratga to‘siqlar millat ravnaqiga to‘siq bo‘ladi. Ortga nazar tashlaganda, bir parcha qog‘ozga muhr bostirish uchun daladan beri kelmaydigan mahalla raislarini izlab yurganlarim yodimga tushadi. Rasmiyatchilik, byurokratik to‘siqlar oqibatida qanchadan qancha bo‘lajak tadbirkorlar turli davlatlarga borib, arzon ishchi kuchiga aylangan kunlarni ko‘rdik. Ular rejalarini, orzu-umidlarini qog‘ozbozlik girdobiga dafn qilishdi. Yaqin o‘tmishda investor degani mamlakatimizga qadam bosmasdi. Chunki ularning sun’iy to‘siqlar va qog‘ozbozlikka toqati yo‘q. Ruxsat berish bilan bog‘liq ishlar boshqaruv organlari qo‘lida edi. Ish qilmoqchi bo‘lsang, hokimiyatga bor, falonchiyevga uchrash, u kishi majlisda, ertaga kelasan, degan va’j-korsonlar aytilardi. Bu boradagi ishlar mamlakatimizda tartibga solinganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Davlat xizmatlari tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgani – obro‘li tanishi bo‘lmagani uchun ishi tezda bitavermaydigan odamlarga juda ma’qul keldi. Axir, kim bo‘lmasin navbati bilan o‘ziga kerakli hujjatni vaqtida olsa bo‘lar ekan-ku! Ba’zi muammolar yuzaga kelganda, ijtimoiy tarmoq orqali rahbarlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilaman. Darhol natija ko‘rinadi. Yaratganga shukrki, “Boshliq yo‘q, ertaga keling”, deydigan zamonlar o‘tdi. Birgina misol. Elektron gazeta ochish uchun tahririyat nizomini bir soatda tuzib, Davlat xizmatlari tashkilotiga bordim. O‘n daqiqada elektron ariza berildi. Oradan ko‘p o‘tmay, telefonimga ish bitgani haqida SMS keldi. Qisqasi, o‘n kun ichida gazetaning nishona sonini ham tayyorladik. Keyin bilsam, shu amalni qo‘l telefonim orqali ham qilsam bo‘lar ekan. Muhimi, ancha qog‘oz va vaqt tejaldi. Hayotda muvozanat, zanjirsimon bir bog‘liqlik bor. Ko‘p voqealar boshqalari bilan bevosita yoki bilvosita uyg‘unlashib ketadi. Masalan, qog‘ozbozlikning yo‘qolishi ekologiyaga ham ijobiy ta’sir qiladi, albatta. Chunki qog‘oz tayyorlash uchun ishlatiladigan sellyuloza, asosan, yog‘ochdan olinadi. Biz idora qog‘ozlari hajmini kamaytirish orqali kislorod bilan to‘yintiradigan daraxtlarga ko‘proq hayot baxsh etishimiz mumkin.
Obid QO‘LDOSH
2024-yil 26-yanvar 5-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
97
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
610
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
607



