Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.04.2024 | 23:07

img368

SHAMOL QAYERDAN ESYAPTI?

Xalqimizda “Shamol bo‘lmasa terakning uchi qimirlamaydi”, degan gap bor. Har issiq, har sovuqning ham o‘ziga yarasha sababi bo‘ladi. Keyingi paytlarda tarix axlatxonasidan joy olib bo‘lgan sovet imperiyasini qayta tiklash, bugun xalqaro maydonda katta nufuz va hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lib, dunyoga o‘z so‘zini ayta boshlagan, madaniy-ma’naviy jabhada ko‘plarga namuna bo‘layotgan milliy respublikalarni orqaga qaytarish, mash’um ittifoqni tiklash maqsadida turli oshkora-pinhona bayonotlar berilmoqda.

Bunday mas’uliyatsiz chiqishlarni o‘tmish tarixdan butunlay bexabar, savodsiz, o‘qish-­yozishni bilmaydigan odamlar emas, davlatning rasmiy tashqi siyosatini belgilash ishiga hissa qo‘shish darajasidagi mas’ullar aytayotgani va bunga o‘z joyida jiddiy, ta’sirchan munosabat bildirilmayotgani g‘oyat taassufli. “Bu – bizning rasmiy siyosatimiz emas, shunchaki bir-ikki kishining shaxsiy fikri”, deyish va shu bilan qanoatlanish ma’lum maqsad yo‘lida urchitilayotgan xavfli illatning ildiziga suv quyishdan boshqa hech narsa emas.

“O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir”, degan gap bor. Gapirish kerak bo‘lsa, faqat bir tomon emas, boshqa tomonlarda ham gap bor. Ammo uzoq o‘tmishdan boshlab qat’iy amal qilib kelinayotgan milliy odob-axloq qoidalarimiz borki, ko‘p tarixiy haqiqatlarni yuzlari­ga solib, insof-diyonatli kishilarni izza qilish niyatimiz yo‘q. Shu bois ham, biz, masalan: “Ulug‘ ajdodlarimiz falakiyot ilmida olis yulduzlargacha yetib borganlarida, donish­mand Sharq Ovrupo muallimlariga aylanganlarida ba’zi xalqlar o‘rmonda ayiq terisini yopi­nib, yarim yalang‘och yurishgan”, deyishdan tiyila­miz.

Dunyo asta-sekin keng ko‘lamli harbiy mojaroga yaqinlashib borayotgan, harbiy “musht”ni ko‘rsatib do‘q qilish oddiy odat tusiga aylanayotgan, zamonaviy frontda bir emas, bir necha yo‘nalishlarda chinakam jang ketayotgan, har kuni yuzlab oilalar otasiz, boquvchisiz qola­yotgan, uylar yonayotgan, unumdor dalalar portlovchi vositalar bilan to‘yintirilayotgan bir paytda tinchlik, millatlararo do‘stlik, manfaatli hamkorlik ishiga ziyon-zahmat yetkazuvchi, ma’lum ma’noda puxta o‘ylangan, qaysi bir joyning sukuti, demakki, norasmiy roziligi bilan yuzalantirilayotgan bunday qabih bayonotlardan ko‘zlangan maqsad nima? Maqsad – qo‘msash.

Yaqinda sobiq markazdan kelgan bir taniqli targ‘ibotchi televideniyeda chiqish qilib, “Biz o‘zaro madaniy aloqalarni keskin kuchaytirishimiz kerak, masalan, Toshkentni do‘stlik va tinchlik shahriga aylantirish mumkin”, dedi saxovatpeshalik qilib. Bu taklifni bundan uch oy avval Bishkek shahrida o‘tkazilgan madaniyat xodimlari forumida boshqa bir targ‘ibotchi ham o‘ta ko‘tarinki pafosda o‘rtaga tashladi.  

Men unga javob qilib: “Muhtaram janob, Toshkent azaldan do‘stlik, tinchlik shahri, uning bu maqomini butun dunyo tan olgan, velosipedni qayta ixtiro qilishga mutlaqo hojat yo‘q. Ikkinchidan, bunday savob ishga kirishmoqchi bo‘lgan kishi, avvalo, o‘z uyida tinchlik-xotirjamlik o‘rnatishi zarur. Bunday qilmay turib, qo‘shnining uyiga borgan kishi kulgiga qoladi. Yaxshisi, men sizga tinchligini yo‘qotgan, yarim vayronaga aylangan boshqa shaharlarni nomzod sifatida taklif qilishim mumkin”, dedim.

O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshlarida ittifoqchi respublikalar mustaqillikka erishgach, Moskva jamoatchiligi vakillari matbuotda, radio-televideniyeda g‘aroyib bir shikoyat bilan chiqishlar qilishgan, “Nima bo‘lyapti o‘zi? Magazinlarda olma, o‘rik, behi, yong‘oq, O‘rta Osiyodan keladigan anor, ertangi karam, pista-bodom qani? Bolalarimizni nima bilan boqamiz? Milliy respublikalar rahbariyati qayoqqa qarayapti o‘zi? Bu qanday mas’uliyatsizlik? Internatsionalizmga hurmat shumi? Ularning tanobini tortib qo‘yish kerak. Shunday qilinmasa, peshtaxtalarimiz huvillagancha yotaveradi. Bunga aslo toqat qilib bo‘lmaydi…”, degan gapni takror-takror aytishgan. O‘sha yillari Ivanovodagi to‘qimachilik korxonalarida ishlayotgan xodimlar nomidan sobiq ittifoqning katta minbariga chiqqan bir deputat ayol: “O‘zbeklar bizga paxta yetkazib berishni kechiktirishlari, xomashyo bahosini oshirishlariga yo‘l qo‘ymaymiz, o‘zboshimchalarga chora ko‘rilishini talab qilamiz”, deb shovqin solgan edi. Bugun o‘tmishda qolib ketgan mana shu tekintomoqlik turlicha ko‘rinishlarda qo‘msalmoq­da va bu qo‘msash mantiqqa mutlaqo zid, hatto kulgili orzu-xayolga aylanayotir. Odamzot nimalarni orzu qilmaydi, deysiz. Yoshing bir joyga borganda yoshligingni, bebosh bo‘ydoqlik yillarini qo‘msaysan, ammo bu davr tushingga kirsa kiradiki, o‘sha holating hech qachon qaytib kelmaydi. Shu bois, bo‘ladigan gapni gapirish kerak. Bir donishmand bobomiz: “Bir maqsad yo‘lida oldinga tomon ildamlab borayotgan odam yo‘lida uchragan har bir kuchukchaga e’tibor beraversa, ko‘p vaqt yo‘qotadi”, degan. O‘zimizning bobomiz shunday degan. Bu ulug‘ nasihatni aslo unutmaymiz. Ammo… shamol­ning yo‘nalishiga ham qarab turamiz.

Ahmadjon MELIBOYEV

2024-yil 26-yanvar 5-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599