18.11.2024 | 16:13
252
ZAMAXSHARIYNING “YORDAMI”
Abdurashidning aytganlari
Misrda o‘qib yurgan kezlarim edi. Bir kuni uchoqqa chipta olish uchun boshi-oxiri ko‘rinmaydigan uzun navbatga turdim. Ko‘p kutdim. Saf imillaydi; vaqtim nihoyatda ziq. Chiptadan ham muhimroq ishim – bir saboqdoshimga va’da-qarzim bor. Borishim shart. Qolaversa, chiptaxona darichasining tagiga yetib-yetmay quruq ortga qaytish ham kishiga alam qiladi.

Mahalliy xalq tilini yaxshi bilaman. Oldimda turgan o‘n-o‘n besh chog‘li kishiga holimni tushuntirib, iltimos qildim, birov “Kimsan?” demaydi. To‘ng‘illaydi, xolos. Shu payt bir tadbir xayolimga keldi. Musofir ekanimni ayta turib: “Hoy azizlar, men Zamaxshariyning yurtidan kelganman, talabaman, yordam beringlar”, dedim. Saf birdan sergak tortdi. Bir-biriga ma’noli qaragan odamlar o‘zaro pichirlasha boshlagan ham ediki, chiptaxona darichasidan: “Hoy yigit, Zamaxshariyning yurtdoshi, beri kel”, degan ovoz eshitildi. Yugurib oldinga o‘tdim. Chiptachi: “Yo Alloh! Yo Alloh! Kecha kechqurun allomaning “Maqomot”ini bir varaqlagan edim-a. Bugun seni ko‘rib turibman!” dedi xush tabassum va taajjub bilan. Darrov chipta haqini to‘lab, rahmat aytdim-da, va’daga shoshildim.
Sohiba KARIMOVA
“Jadid” gazetasining 2024-yil 15-noyabrdagi 47-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
602
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600
