20.11.2024 | 16:45
565
RIZQ ESHIGINING KALITI
Ko‘pni ko‘rgan, ma’rifatli insonlarning fikricha, barcha ne’matlar kaliti, eng avvalo, shukronalikdadir. Shukurda nechog‘lik katta, moʻjizaviy kuch borligini inson hamisha ham his qilavermaydi. Darhaqiqat, bizga berilgan va berilayotgan barcha ne’matlarga shukur qilib yashashga odatlansak, hayotimiz farovon va sermazmun kechadi. Shukronalik bu – sog‘-salomat, o‘z uyingizda, oilangiz bag‘rida, tinch va osuda makonda Yaratganning berganiga qanoat qilib yashash demak.

Mustamlaka davrida millatimizning naqadar ezilganini, erkidan, haq-huquqidan judo bo‘lib, nochorlikda kun kechirganini ko‘pchilik yaxshi biladi. Ajabki, o‘sha kezlarda ham xalqimizning dilida shukronalik tuyg‘usi ustuvor bo‘lgan. Balki uni zamonlar silsilasidan eson-omon olib o‘tgan qudratli kuch ham shudir?
Bugun istiqlol tufayli hamma narsamiz bor, xohlasak o‘qib, xohlasak ishlab, xohlasak chet ellarda malaka oshirib qaytishimiz mumkin. Ba’zan men dilimning tub-tubida nomsiz og‘riqlar sezaman. Bu iztiroblar zamonning jadallashuvidanmi, farzandlarimizning, hatto o‘zimizning ham internet va virtual olamga qul bo‘lib borayotganimizdanmikan? Bu oqimni kim to‘xtata oladi? Xo‘sh, biz farzandlarimizga namuna bo‘la olamizmi? Ularga shukronalikni o‘rgata olamizmi? Shunday paytlar bo‘ladiki, tinch va osuda hayotga shukrona keltirmay, hayotidan nolib yashayotgan ayrim toifadagi olomonga qo‘shilib oqib borayotganimdan og‘rinaman.
Bugun dunyoning allaqaysi burchida davom etayotgan urushlarni, ayrim xalqlarning och-nochor ahvolda yurishlarini, qaysidir mintaqalarda tabiiy ofatlar avj olayotganini ko‘rib, yurtimizdagi farovonlik borasida mushohada qilishimiz joiz emasmikan?!
Xo‘sh, nega biz shuncha imkoniyatlarga qaramasdan yana nolishimiz kerak? Qarang, O‘zbekistonimizning har bir go‘shasi kundan-kunga chiroy ochmoqda. Qad rostlayotgan zamonaviy binolar, obod etilayotgan obidalar diyorimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.
Bir paytlari o‘tgan allomalarning mangu qo‘nimgohlari qayerda joylashganini ham bilmasdik. Bugungi kunga kelib, har bir allomaning yashab o‘tgan manzillari va dafn qilingan joyi ziyoratgohga aylantirilmoqda. Kelajak avlodga ibrat bo‘lishi uchun ularning qoldirgan merosi chuqur o‘rganilmoqda, uy-muzeylari tashkil qilinib, sayohatlar uyushtirilmoqda. Bularning barchasi o‘sib kelayotgan avlodga bobokalonlarimizning naqadar buyukligini anglatish bilan bir qatorda, ularning munosib davomchisi bo‘lishlari lozimligini uqtirish uchun qilinayotir. Ajdodlarining ma’naviy merosini chuqur o‘rganish navqiron avlodning kelajakda komil inson bo‘lib yetishmog‘ida dasturilamal bo‘lib xizmat qilishiga hech shubha yo‘q.
Ayrim kishilar bilan suhbatda ularning noshukurlik qilib, “pulim yo‘q”, “mashinamiz yo‘q”, “oyligim kam” qabilida noliyotganliklariga guvoh bo‘lamiz. To‘rt muchasi sog‘ odam-ku u! Mashinasi yo‘qligi yoki maoshi kamligidan nolishi o‘rinlimi?
Hayotni ko‘p kuzataman. Insonlarni ham. Shunday oilalar borki, juda badavlat, ammo baxti yo‘q! Chunki ro‘zg‘orida halovat, topganida baraka kam. Shunday oilalar borki, biroz kamxarjroq hayot kechirsa-da, ularning xonadonida hamisha kulgi jaranglab, shodlik ufurib turadi. Chunki ularning dillarida shukrona bor!
Dilobar JO‘RAYEVA,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Olot tumani bo‘linmasi bosh mutaxassisi
“Jadid” gazetasining 2024-yil 15-noyabrdagi 47-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
602
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600
