Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.11.2024 | 14:09

img568

O‘QTOMIR

Ayni kunlarda muhtaram Prezidentimizning yangi shakllangan parlamentimiz palatalarining ilk yig‘ilishlarida hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida so‘zlagan nutqlarini barchamiz katta hayajon va diqqat-e’tibor bilan tingladik.

Chunki davlatimiz rahbari ushbu dasturiy ma’ruzalarda Yangi O‘zbekistonning bugungi kundagi ichki va tashqi siyosati hamda kelajakdagi yuksak maqsadlarini yana bir bor yaqqol ta’riflab berdilar, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shubhasiz, oxirgi sakkiz yil davomida O‘zbekistonda ulkan tarixiy islohotlar amalga oshirildiki, bu o‘zgarishlar yurtdoshlarimizning ong-u tafakkuridan tortib, kundalik turmush tarzida ham o‘z ifodasini topmoqda. Jahonda ham O‘zbekistonga nisbatan qarash va munosabatlar tubdan ijobiy tomonga o‘zgardi. Demak, yurtimizda kechayotgan islohotlar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyodagi millionlab insonlar tafakkurida ham aks sado bermoqda.

Prezidentimiz nutqida tilga olingan har bir fakt va dalillar – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning guvohi, ayrim o‘rinlarda esa uning ishtirokchisi sifatida qalbimizni g‘urur va iftixorga to‘ldirgan bo‘lsa, belgilab berilgan maqsad va rejalar har birimizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

Xususan, Yurtboshimizning 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi xalqimizga murojaat o‘laroq yangragan nutqida farzandlarimizni zamonaviy bilim va dunyoqarash, daromadli kasb egalari etib tarbiyalash, ularni ilm-fan, axborot texnologiyalari, ma’naviyat, san’at, adabiyot va sport bilan oshno etish uchun barcha kuch va imkoniyatlar safarbar etilishi ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari: “Bizning ikkita o‘q tomirimiz, ikkita tayanch ustunimiz bor: biri – iqtisodiyot, biri – ma’naviyatdir. Ma’naviy buyuk xalq – iqtisodiy tomondan ham buyuk bo‘ladi”, deb ta’kidlagani bejiz emas. Bugun dunyo shiddat bilan rivojlanmoqda. Taraqqiyot o‘lchovlari ham mutlaqo o‘zgardi. Endilikda global taraqqiyot indekslari avvalgidek faqatgina sanoat ishlab chiqarishiga bog‘liq emas.

Ayni paytda axborot texnologiyalari sohasi bashariyat rivojining asosiy o‘lchov mezonlaridan biriga aylangan.

Shu ma’noda, texnologiyalar jadal ravnaq topib borayotgan bir davrda yashayotgan yoshlar – zamonaviy til bilan aytganda, “Z avlod” vakillari (raqamli dunyo bolalari) o‘ziga xos xususiyatlar ruhiga ega bo‘lib ulg‘aymoqda. Ularning dunyoqarashi, qiziqishlari, ma’lumot olish usullari oldingi avlodlarnikidan tubdan farq qiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan ularni tarbiyalashda yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. San’at va madaniyat sohalari esa ushbu jarayonda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, ushbu avlodning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda san’at muhim vosita hisoblanadi. Rassomlik, musiqa, teatr, kino san’ati va adabiyot bolalar hamda o‘smirlarning tasavvuri, ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirib, turli muammolarga oqilona yechim topish qobiliyatini tarbiyalaydi. Ularning o‘z ko‘nglidagi his-tuyg‘ularini ifoda etish, o‘zligini anglash va dunyoni chuqurroq tushunishiga ko‘maklashadi.

Madaniy qadriyatlar farzandlarimizning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtirishida beminnat ko‘makchi vazifasini o‘tashiga shubha yo‘q. Yoshlarda milliy g‘urur, Vatanga muhabbat, insoniylik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishda tarix, adabiyot, musiqa va raqs san’atining ahamiyatini hech bir mezon bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Ana shu nuqtayi nazardan ayni paytda muhtaram Yurtboshimiz tomonidan san’at, madaniyat va umuman, ma’rifatga ulkan e’tibor qaratilayotgani zamirida nechog‘li ulug‘ maqsadlar mujassam ekanligi ayon bo‘ladi.

Ma’lumki, 2023-yilda birgina madaniyat va san’at sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi 2017-yilga nisbatan 5 karra ko‘paydi. Sohaga oid 4 ta qonun, Prezidentimizning farmon va 35 ta qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 98 ta qaror va farmoyishlari qabul qilindi.

Quvonarli jihati, keyingi vaqtlarda xorijiy mamlakatlarga safarlarimiz chog‘ida chet ellik hamkorlarimiz bizning yurtimizda san’at va madaniyat sohasiga bu qadar yuksak e’tibor qaratilayotganini o‘zgacha havas va mamnuniyat bilan e’tirof etishlariga ko‘p bor guvoh bo‘lyapmiz. Bu ham bejiz emas. Chunki madaniyat va ma’rifatga bunchalik ulkan e’tibor qaratilishi tarixda ham, jahon tajribasida ham kam uchraydigan noyob hodisa hisoblanadi.

Albatta, bunday g‘amxo‘rlik san’at sohasi vakillariga katta g‘urur bag‘ishlash bilan birga, juda katta mas’uliyat va javobgarlik ham yuklaydi. Eng avvalo, yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda san’at va madaniyatning mislsiz ta’sir kuchidan unumli foydalanishimiz zarur.

Ayni paytda dunyoda bolalar va yoshlarning ong-u tafakkurini egallashga bo‘lgan intilishlar bir zum ham tinim bilmayapti. Milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimizga yot bo‘lgan bunday g‘oya-maqsadlarni turli xil mobil vositalar, xususan, kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoshlar ongiga singdirishga zo‘r berilmoqda. Afsuski, bugungi tezkor va shiddatli zamonda internet makonidagi behisob ma’lumot va manbalarga xolis baho berib, ularning saragini sarakka, puchagini puchakka chiqarish ham oson kechmayapti. 

Bunday sinovli jarayonda biz, san’at va madaniyat sohasi vakillari Yangi O‘zbekistonda kechayotgan xalqchil islohotlar ruhi bilan to‘yingan, milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettiradigan raqobatbardosh ijod namunalari, ya’ni milliy kontentlarni ko‘proq yaratib, ularni barcha vositalar orqali yoshlarga yetkazishimiz lozim. Barchamiz shu orqali farzandlarimiz qalbining ishonchli himoyachisi va tafakkurining tarbiyachisiga, pirovardida muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan tarixiy islohotlarning chinakam ishtirokchisiga aylanishimiz mumkin. 

Yurtimizda har bir yilga ma’lum bir nom berish, shunga uyg‘un tarzda davlat dasturini qabul qilish va uni amalga oshirish ezgu an’anaga aylangan. Jumladan, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash”  yilida ham mazkur yo‘nalishda ulkan o‘zgarishlarga qo‘l urildi. Prezidentimiz kelgusi 2025-yilni O‘zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif etdilar va buning ahamiyati haqida to‘xtalib, “Biz mo‘tabar ona zotini qanday yuksak hurmat-ehtirom qilsak, o‘zimizni qurshab turgan tabiatga ham shunday munosabatda bo‘lishimiz zarur” deya ta’kidladilar.

Darhaqiqat, keyingi vaqtlarda nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda atrof-muhitga munosabat – kelajakka, ona sayyoramiz taqdiriga munosabat masalasiga aylandi. Ayniqsa, bizning mintaqamiz qay darajada ulkan ekologik muammolar bilan yuzma-yuz kelayotganini inobatga olsak, bu masala biz uchun qay darajada ahamiyatli ekanini chuqurroq anglaymiz.

Bugun “yashil energiya”ni rivojlantirish – dunyoda ekologik vaziyatni yaxshilashning eng samarali vositasi ekanligi ham tobora oydinlashib bormoqda. Prezidentimiz yaqinda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan BMTning Butunjahon iqlim sammitida (COP29) so‘zlagan ma’ruzasida qayta tiklanuvchi energiya – iqtisodiy maqsad emas, balki kelajakka qo‘shilayotgan hissa, kelgusi avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg‘usining natijasi ekanligini alohida ta’kidlaganlari ham bejiz emas.

Shunday ekan, kelgusi yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili deb e’lon qilinishi nafaqat O‘zbekiston, balki jahon hamjamiyati uchun ham muhim amahiyatga molik masalalardan biridir. Mana shu dalilning o‘zi ham O‘zbekistonning global muammolarga e’tibori va tashabbuskorligi ortib borayotganiga yana bir misoldir.

Ayni paytda atrof-muhitni asrash faqatgina soha xodimlarining vazifasi, degan qarash loqaydlikka berilish, kaltabinlik va eng katta mas’uliyatsizlik hisoblanadi. Shu bois ushbu mavzuda yuqori saviyali, ta’sirchan asarlar yaratish orqali xalqimizga masalaning ahamiyatini kengroq yetkazish juda zarur.

Ana shularni nazarda tutib, biz O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ham bir qancha vazifalarni belgilab oldik. Jumladan, ayni paytda institutning o‘quv teatrida talaba va o‘qituvchilar ishtirokida atrof-muhitni asrash va ekologik muammolarning hayotimizga ta’siriga bag‘ishlangan yangi spektakl yaratish loyihasi ustida ish boshlandi. Institut talabalari o‘rtasida ushbu mavzuda videoroliklar tanlovini e’lon qilish ham rejalashtirilmoqda. Shuningdek, mashg‘ulot va mahorat saboqlarida yurtimiz tabiatini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, borliq bilan uyg‘un yashashning ahamiyatini talabalar ongiga chuqur singdirishga yanada ko‘proq e’tibor qaratiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan ma’ruzalari barchamiz uchun kelgusi faoliyatimizni tashkil qilishda muhim dasturilamal vazifasini o‘tashi shubhasiz. Chunki ularda Yangi O‘zbekistonning buguni va ertasi qanday bo‘lishi lozimligi, oldimizda qanday ulkan maqsadlar turganligi aniq-ravshan bayon etib berildi. Muhtaram Yurtboshimizning: “Siz, hurmatli deputatlar va Hukumatimiz a’zolari, katta-yu kichik barcha rahbarlar mana shu Murojaatnomada belgilab berilgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda fidoyilik va namuna ko‘rsatib mehnat qilasizlar, deb ishonaman”, degan so‘zlari har birimizga katta ruh va kuch bag‘ishlaydi.

Nodirbek SAYFULLAYEV,
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor

“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600