Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.11.2024 | 11:14

img2270

TURKISTON MUXTORIYATI MADHIYASI

1917-yil 26–29-noyabrda Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Umummusulmonlar qurultoyi Turkiston Muxtoriyati hukumatining tashkil topganini eʼlon qilgan. Uzoq tarixiy davrlar mobaynida ijtimoiy tarqoqlik va mustamlakachilik sharoitida yashagan, shu tufayli xonavayron boʻlgan oʻlkada Muxtoriyat hukumatining barpo etilishi taraqqiyparvar kishilar tomonidan katta quvonch va shodlik bilan kutib olingan. Turkiston xalqlarining taqdiri bilan kuyingan Choʻlpon birinchi boʻlib Muxtoriyatni olqishlovchi “Ozod turk bayrami” sheʼrini yozgan. Muxtoriyatning eʼlon qilinishiga bagʻishlangan namoyishda esa otashin nutq soʻzlab, nutqi orasida badiha yoʻli bilan “Ollohu akbar” sheʼrini aytgan va bu sheʼrning har bir satridan keyin namoyish ahli “Ollohu akbar!” soʻzlari bilan shoirga joʻrlik qilgan.

“Ozod turk bayrami” sheʼri varaqa shaklida tarqatilib, Muxtoriyatning madhiyasi sifatida xalq orasida ijro etilgan. Mazkur varaqalardan biri qoʻqonlik taniqli adabiyotshunos Ahmadjon Madaminov tomonidan topilgan va u bu sheʼrni ilk bor eʼlon qilish huquqini kaminaga lutfan bergan. Sheʼr “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining 1991-yil 20-sentyabr sonida tegishli izoh bilan eʼlon qilingan.

Naim Karimov, “XX asr adabiyoti manzaralari” kitobidan

CHOʻLPON

OZOD TURK BAYRAMI

Koʻz oching, boqing har yon!
Qardoshlar, qanday zamon!
Shodlikka toʻldi jahon!
Fido bu kunlarga jon!

Naqarot:
Turkistonlik — shonimiz, Turonlik — unvonimiz,
Vatan — bizning jonimiz, fido oʻlsun qonimiz!

Bizlar temir jonlimiz!
Shavkatlimiz, shonlimiz!
Nomusli, vijdonlimiz!
Qaynagan turk qonlimiz!

Naqarot

Boʻldi kenglik, zoʻrlik yoʻq,
Berildi bizga huquq!
Taraqqiyga yoʻl ochuq!
Jaholatga yoʻl yopuq!

Naqarot

Muxtoriyat olindi,
Ishlar yoʻlga solindi,
Milliy marshlar cholindi,
Dushman oʻrtansun endi!

Naqarot

Shodlik, xursandlik chogʻlar,
Ketsun yurakdan dogʻlar,
Vatan bogʻindan zogʻlar!
Selkullasun bayrogʻlar!

Naqarot

Hurriyat — bayrogʻimiz,
Adolat — oʻrtogʻimiz,
Xursand boʻlgan chogʻimiz
Mevalansun bogʻimiz!

Naqarot

Turk beshigi — Turkiston!
Yeri oltun, togʻlari kon!
Bolalarn qahramon!
Vatan uchun berur jon.

Naqarot

Turkistonlik — shonimiz, turonlik — unvonimiz,
Vatan — bizning jonimiz, fido oʻlsun qonimiz!


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img100

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329