Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 18:30

img240

BADNOM BO‘LISHGA BO‘LDIK…

(Hajviya) 

Xotinim qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarishga usta. Agar shu orqali daromad qilish mumkin bo‘lganida, bizning oilaga yetadigani bo‘lmasdi-ya!..

 Afsuski, hozircha bu hunari ortidan quruq dilxiraliklar kelgani-kelgan. Yana desangiz, bun­dan faqat yaqinlar aziyat chekishadi. Begona­larga qilganidayam mayliydi. Buning sababi shuki, u haddan ziyod insonparvar. Qiyna­layotgan erkaklarning, ayniqsa, mast-alast­larning yonidan beparvo o‘tib ketolmaydi. Yotgan joyidan turishiga yordam beradi, yonida puli bo‘lmasa, yo‘lkirasini to‘lavoradi. Ammo g‘irt mast odamni kim ham mashinasiga mindirardi.

Bir kuni to‘y bahona restoran oldida yig‘ilishib tursak, xotin telefon qilib qoldi:

– Dadasi, Turdiqulga telefon qiling, kelib pochchasini olib ketsin. Bozordagi moshinpitakda mast holda yotipti.

Xotinimning qarindoshi bo‘lmish Turdiqul tele­videniyeda, Toshkentda ishlasa, mast poch­chasi uchun Bekobodga kelmaydi-yu!

– Yanglishmayapsanmi? Turdiqulning poch­cha­sini taniysanmi o‘zi?

– Xudoga shukr, ko‘zdan qolganim yo‘q. Puliyam yo‘q ekan, o‘zim to‘lavorardim-u, birorta haydovchi mindirishga ko‘nmayapti.

 – Turdiqul ishda-yu, Toshkentda.

– Bo‘lmasa, xotiniga telefon qiling, qayn­opa­sinikiga xabar qilsin, bolalari kelib olib ketishadi. Men bir chekkaga o‘tqazib qo‘ydim, o‘zini bilmaydi.

Turdiqulning xotiniga qo‘ng‘iroq qilib, poch­chalari mastligi, bolalari kelib olib ketishlarini tayinladim.

Savob ishga hissa qo‘shganimdan ko‘nglim to‘lib, endi to‘yxonaga kirayotgandim yana qo‘ng‘iroq bo‘ldi.

– Ish hal bo‘ldi, dadasi, bitta insofli shopirga o‘n ming so‘m to‘lavordim, bir o‘zini olib ketdi. Turdiquldan undirarsiz. Anovilarni tinchlantirib qo‘ying, tag‘in kelib ovora bo‘lib yotishmasin.

Oradan ikki-uch kun o‘tib, ko‘chada o‘sha pochcha bilan yuzma-yuz kelib qoldik. Mendan besh yoshlar kichik pochchani xijolatga solmaslik uchun o‘zimni ko‘rmaganga olib o‘tib ketmoqchi edimu, o‘zi to‘g‘ri ustimga bostirib kelaverdi. Chamasi, xotinim ko‘rsatgan yordami uchun rahmat aytib, to‘langan yo‘lkirani qaytarmoqchi bo‘lsa kerak.

– Akajon, kechirasiz-u, xotiningiz meni taniy­dimi o‘zi?! – dedi pochcha qo‘limni mahkam siqib ko‘risharkan.

– Men qaydan bilay? Qarindosh-urug‘ bo‘lsanglar, oralaringda bitta begona o‘zim.

– Akajon, men ichishni tashlavorganimgayam o‘n besh yil bo‘ldi. Besh vaqt namoz o‘qiyman, masjidga qatnayman. Kennoyim meni mast holimda mashinaga mindirvorganmish?

– Ie, o‘sha sizmasmidingiz?

– Albatta, menmas-da! O‘sha paytda zavodda smenada bo‘lganman.

– Ie, unda kimni mashinaga solvorgan?

– Men qaydan bilay? Xotinim o‘g‘limni dadangni borib olib kel deb, chiqarvorgandan keyin, bir shopir g‘irt bir mast odam uyimizga olib kelibdi. Xotinim: bu mening xo‘jayinimmas, erimni nima kildinglar, deb qo‘rqib ketibdi. Buni qayerdan topgan bo‘lsangiz o‘shaqqa oborib tashang, depti xotinim. “Pulini kim to‘laydi, – depti shopir. – Mana shetga tashlab ketaman, o‘zimniyam jonimga tegib ketdi”, depti. Oxiri, xotinim pul berib, jo‘natvoribdi. Kennoyimga ayting, bunaqa tuhmat qilmasin. Xotinim bilan qancha aytishdik.

Uyga kelgach, xotindan surishtirdim:

– Xotin, sen anovi pochchani yaxshi taniy­sanmi o‘zi?!

– Tanimay nima. Qarindosh bo‘lsa…

– O‘zi necha marta ko‘rgansan uni?

– Bunaqa mijinglashingizni bilganimda sanab yurardim. Tinchlikmi?

– O‘sha kuni boshqa odamni uylariga jo‘nat­vorgan ekansan posilka qilib.

– Hecham-da! O‘ppa-o‘zi edi Endi tan olmayaptimi? Or qilayotgandir-da. Ichishni bil­gan, tan olishniyam bilishi kerak-da. O‘zi bu­lar­ga yaxshilik qilgan men ahmoq! Pulni so‘ra­dingizmi?

– Qanday so‘rayman. Qaytaga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun bizni sudga bermaganiga xursand bo‘laver.

– Nima-a? Shu pulni bermaslik uchun er-xotin gapni bir joyga qo‘ygan. O‘zi odamlarga yaxshilik yoqmaydi…

Shu bilan xotinim odamlarga yana nimalar yoqmasligi haqida nutq irod qildi va har doimgi xulosasini takrorladi: erkaklarning bari bir go‘r.

Shu payt Turdiqul: “Ustozjon, sizni bir ko‘rib o‘tay deb, besh minutga kirdim”, deya bosh suqdi va xotinim uning pochchasi hamda opasining asl basharalarini ochib tashladi. Sho‘rlik Turdiqul qarindoshining chakagini o‘chirish uchun yo‘lkirani ikki barobar to‘lagancha quyonning rasmini chizdi…

… O‘sha pochcha bilan ko‘cha-ko‘yda uchra­shib qolsak qarindoshi – xotinimni so‘rab qo‘yadi. Men ham hazillashaman:

– Sizam uncha-muncha olib turibsizmi?

– Nachora?… Badnom bo‘lishga bo‘ldik-ku, akajon. Xa-xa-xaaaa…

Olloyor BEGALIEV

2024-yil 2 -fevraldagi 6-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img97

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img610

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img607