Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.12.2024 | 15:12

img282

PIROG va CHEBUREK

Yanglishmasam, 2008-yil edi. Shoir Usmon Azim bilan Qrimga, Xalqaro turkiy she’riyat festivaliga borganmiz. Qrimtatarlar o‘zbeklarni ko‘p yaxshi ko‘rar ekan, Stalin tomonidan qatag‘on qilingan qayg‘uli kunlarida o‘zbeklar ularga non-tuz, boshpana berganligi uchun o‘zlarini qarzdor his etar ekanlar. Pul yig‘ishib, o‘zbek xalqi hurmatiga Qrimda kattagina yodgorlik ham o‘rnatishgan ekan. “O‘zbekistonda bizning qabrlarimiz qolgan”, deya qayg‘uli gapirganlari hamon esimda.

Shungami, ular bizni ko‘p siylashdi, o‘zbek shoirlari kelibdi deyishib, navbatma-navbat mehmonga chaqirishdi. Qarangki, qaysi uyga qo‘noqqa bormaylik, uy bekalari o‘choq boshida cheburek pishirib kuymalanayotganini ko‘rganmiz. Men shunda cheburek qrimtatarlarning birinchi raqamli qadimiy taomi ekanini bilganman. Demak, o‘zining eng suyukli taomiga nomni bu xalq birovdan qarzga olib o‘tirmaydi, o‘z tilidan topadi.

Shu o‘rinda asli turkiy bo‘lgan cheburek so‘zi haqida ham ikki og‘iz so‘z. Qirimtatar tilidan dunyoga keng tarqalgan bu so‘zning tarkibida ham pirogdagi kabi burek – börek so‘zi bor. Manbalarda çig – maydalangan go‘sht ma’nosini va börek pirog ma’nosini anglatishi haqida aytib o‘tilgan.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599