13.04.2024 | 05:19
230
HIROT TONGLARI
HIROT TONGLARI
Hirot tongotarin tasavvur qilib,
Yigitlik umringning kamolin ko‘rdim:
Qarigan chog‘laring qaro shomida,
Xuroson o‘lkasin zavolin ko‘rdim.
Zavolni bilmagan porloq ijoding,
Ma’rifat mulkida bitmas xazina!
Insoniy kamolot katta yo‘lida,
Bir poya yuksakroq oltindan zina.
O‘tmishdan besh yuz yil tarixchi uchun,
Sinchiklab qarasa – kuni kechadek.
Yashovchan kishiga endigi ming yil,
Ertaga qo‘liga kirgan o‘ljadek.
Besh yuz yil hurmating saqlagan o‘zbek,
Kecha tug‘ilding, deb qiladi faraz,
Yetuk kishilarni yana ming yillar
Xalq farzand ataydi, jondan – beg‘araz.
O‘zbek deb atalgan ozod ulusning,
Otaxon shoiri, qadrli ustod.
Oshiqlar g‘azaling kuyga solganda,
Ma’shuqlar dilining xonasi obod.
Biror shohbaytingni yoddosh tutmagan,
Kattadir, kichikdir, bizda kishi yo‘q.
Oltin baldoqdagi nifrit ko‘z kabi
Asaring biz uchun bo‘ldi qorachiq.
Ulug‘vor xalqimiz tarixda mashhur,
Guvohlik berolur bunga Gerodot.
O‘zbekni, tojikni qabila atab,
Biror lord qilolmas o‘tmishni unut.
Sharqimiz chumoli uya emasdir,
Birin birovidan tanib bo‘lmasa,
Sho‘rlik boyvachchalar, toleingiz sho‘r,
Afsuski, tarixdan tonib bo‘lmasa!
Ne-ne tarixlarni boshdan o‘tkazib,
Talay jafolarni tortgan eski Sharq –
Ne-ne daholarni tarbiyat qilib,
Oftobday jahonni nurga qildi g‘arq.
Alisher Mushtariy yulduzi kabi
O‘zbek osmonida balqigan chog‘i,
Yana bir muhtaram o‘g‘il ko‘rganday,
Kattaroq ochildi olam quchog‘i.
Elektr barchaning uyin yoritur,
Va tuz totimida milliy farq yo‘q.
Ma’rifat insonning sherik xislati,
Vatani fazodir bo‘shalarkan o‘q.
Tirik Farhodlarni tanimak bo‘lib,
Oliy yurtimizga qilsangiz safar,
Bu yerda har bitta taroshlangan tosh,
Yuksak umidlardan beradi xabar.
G‘afur G‘ULOM, O‘zbekiston xalq shoiri.
“Jadid” gazetasining 2024-yil 9-fevral 7-soni
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600
