13.04.2024 | 05:40
701
Halima XUDOYBERDIYEVA

IZLAYMAN
Ishonarkan ortdagi-yu yondoshga,
Ishonarkan begona-yu qondoshga,
Boshim bilan urilarkan, voh, toshga,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Yashnab-yashnamasdan, so‘lib-so‘lmasdan,
Ketib borarkanman, o‘lib-o‘lmasdan,
Men o‘zimning kimligimni bilmasdan,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Dunyoning sir-sinoati ming turlik,
Birda xo‘rlik o‘ldiradi, bir ko‘rlik,
Navoiyni tug‘may, nechun, men sho‘rlik,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
O‘tarkanman dog‘i bilan dog‘lanib,
Xokistarin tanib qoldim, oh, tayanib,
Devonig‘a suyanarkan poklanib,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Ayting, ko‘p qoldimi yo oz ul kunga,
Qachon yetgum ul o‘g‘ilga, pok unga,
Yuzim bilan yiqilarkan oldinga,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Yursam, yurgum shu niyat har dam yoqib,
Ketsam ham umrim – shu yorug‘ g‘am yoqib,
Qabrimda ham tunlar turib, sham yoqib,
Orangizdan Navoiyni izlayman.
Halima XUDOYBERDIYEVA, O’zbekiston xalq shoiri.
2024-yil 9-fevral 7-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599


