Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.12.2024 | 15:26

img1499

YOSUMAN

Hozirda ko‘pgina o‘zbek oilalarida yangicha arabcha yoki boshqa tillardagi ismlarni qo‘yish udum bo‘lgan. Ko‘pincha ota-onalar bunday ismlarning ma’nosi yoki qaysi tildan ekanligiga e’tibor qilishmaydi, muhimi, yaxshi jaranglasa, quloqqa yaxshi eshitilsa, ular uchun bu buyuk topilma.

Shunday otlardan biri – Yasmina, Yasmin yoki Jasmin, “ismlar.com” degan bir saytda bu ismni – “jannat guli” deb izohlashibdi, bilmadim, bu gapni qayerdan olishgan. Mazkur saytda yozishlaricha, hozirda bu ismning O‘zbekistonda: “Yasmina, Yasminaxon, Yasminabonu, Yasminaoy, Jasmin” kabi shakllari bor ekan yoki sayt egalari o‘zbeklarga shunday ismlarni qo‘yishni tavsiya etishyapti. Afsuski, o‘zbek ismlari bilan shug‘ullanishday mas’uliyatli ishni zimmalariga olgan bu shaxslar yasmin “jannat guli” emas, mintaqamizning hamma joyida o‘sadigan yosuman guli ekanligi haqida o‘ylab ham ko‘rishmagan. Hech bo‘lmasa, Furqatning “Fasli navbahor o‘ldi” g‘azalini, mayli, o‘qishni qo‘ying, qo‘shig‘ini diqqat bilan tinglaganlarida, balki o‘zbek tilida bu gulning nomi “yasmin” yoki “jasmin” emas, “yosuman” bo‘lishini anglashgan bo‘larmidi:

“Nastaran yuvib yuzni,
yosuman tuzib o‘zni,
Nargiz ochibon ko‘zni
intizori yoronlar”.

Yoki lug‘atga murojaat etishlari ham mumkin edi, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da: “yosuman (f-t) – xushbo‘y, oq to‘p gulli dekorativ buta”, deb izohlangan. Bu gul nomini Bobur ham “Boburnoma”da tilga oladi: “Yana yosuman bo‘ladur oq, muni champa deydurlar. Bizning yer yosumanlaridin ulug‘roq va idi tundroq bo‘ladur”, ya’ni Boburning dalolat berishicha, yosuman guli Hind yerlarida ham o‘sar ekan, hindlar uni champa deb atasharkan, lekin bizdagi yosumanlardan balandroq, hidi o‘tkirroq ekan. Navoiy asarlarida ham bu gulning nomi “yosuman” va “yosmin” shakllarida uchraydi va Navoiy lug‘atida: “xush isli oq va sarig‘ tusli gul” deb izohlangan. Ammo adabiyotda hiylagar, makkor ayol ma’nosida Yosuman kampir obrazi ham bor.

“Yosuman”ning asli forscha bo‘lib, keyinchalik arab tiliga “yasmin” shaklida o‘zlashgan, arab tilidan esa ovro‘po tillariga “jasmin” bo‘lib o‘tgan.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img64

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img587

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img584