17.12.2024 | 17:13
507
POPURRI
Popurri cholg‘u musiqasining bir turi hisoblanadi. U mashhur opera, operetta, balet kuylari, biror bastakorning asarlari, xalq qo‘shiqlari, kino yoki estrada kompozitsiyalaridan olingan parchalardan tuziladi. Bundan tashqari, bu so‘z parfyumeriyada ham qo‘llaniladi – masalan, uy uchun turli xil xushbo‘y hidlar aralashmasi shunday nom bilan ataladi.

Dastlab, bu so‘z pazandalik atamasi sifatida paydo bo‘lgan. Fransuz oshpazlari maxsus tanlanmagan turli xil mahsulotlardan «pot-pourri» (so‘zma-so‘z tarjimasi – «aralash taom») tayyorlashgan. Keyinchalik ushbu termin musiqada qo‘llanila boshlangan.
Musiqada bu tushuncha XVIII asrdan beri ma’lum. Uni birinchi bor fransuz musiqa noshiri Kristof Ballard tilga olgan. U 1711-yilda shu nomli kompozitsiyani o‘z ichiga olgan asarlar to‘plamini nashr etgan. Bu kompozitsiya qishloq qo‘shiqlaridan olingan parchalardan tashkil topgan edi.
Popurri shakli XIX asrda ommalashib, bunday asarlarga opera va baletlardan parchalar kiritila boshlandi. Ayniqsa, u Germaniyada katta muvaffaqiyatga erishdi.
Popurridagi parchalar deyarli bir-biriga bog‘lanmagan va shakllantirilmagan holatda bo‘ladi. Bu jihatdan u boshqa turdagi musiqiy asarlardan farq qiladi, chunki ularda muallif o‘zlashtirilgan motivni mustaqil ravishda yangi shaklga o‘zgartiradi. Popurrining turli qismlari orasiga kichik bog‘lovchi elementlar kiritiladi.
Musiqashunoslarning ta’kidlashicha, popurri musiqiy fantaziyalarga yaqin turadi. Simfonik asarlarning bu turi XIX asrda paydo bo‘lgan. Bastakorlar xalq og‘zaki ijodi, boshqa mualliflar yoki o‘z asarlaridan motivlarni olib, ular asosida yangi asarlar yaratgan.
Hozirgi kunda popurrining turli ko‘rinishlari ko‘pincha estrada va puflama cholg‘u ansambllari tomonidan ijro etiladi. Zamonaviy ommabop musiqada popurriga o‘xshash shakllardan meshap va miks turlari mavjud, ya’ni boshqa ijrochilarning qo‘shiqlaridan olingan parchalardan tashkil topgan ashula shunday nomlanadi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
607
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
605



