19.12.2024 | 12:58
303
FITNA URUGʻI
Shu kunlarda “Jadid”da chiqqan kitobxonlik to‘g‘risidagi bir maqola muhokamalarga sabab bo‘layotgani haqida siz ham eshitgandirsiz.
Mutolaaga targ‘ib juda yaxshi ish. Axir, kitob o‘qigan odamdan yomonlik chiqmaydi, degan eskilar. Bu gapda jon bor. Biroq ahli donishlarning kitobni saralab o‘qish joizligi to‘g‘risida aytgan yana ko‘plab fikrlari borki, uni ham o‘rni kelganda eslab o‘tmasak bo‘lmas.

Chindan ham kitobni saralab o‘qimoq zarurligi, vaqt isrofiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi hikmat-u maqollar bugungi kitobxonni kitobxo‘rdan ajratib turguvchi asosiy farqqa aylanib borayotir.
Taassufki, ana shu farqni yo‘qotishga urinayotgan ayrim tashqi ta’sirlar ham yo‘q emas. Birgina misol, bugun ko‘pchilikning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilayotgan elektron do‘konlarni bir oralasangiz, unda xalqimiz mentalitetiga to‘g‘ri kelmaydigan ayrim noinsoniy munosabatlarni targ‘ib qiluvchi chet el adabiyotlari ham hech bir andishasiz sotilayotganini ko‘rasiz.
Tez fursatda katta auditoriyaga ega bo‘lgan mashhur onlayn do‘konlardan birida ana shunday “asar”larning omma iste’moliga tiqishtirilayotgani shaxsan menga millat qadriyatlari ildiziga urilgan boltadek xavfli ko‘rindi. Qo‘rqamanki, bu kitobni onlayn sotuvga qo‘ygan o‘zimizning qorako‘zlarning birgina ishi kelgusi avlodlari taqdirida misli ko‘rilmagan burilishlarga sabab bo‘lishini xayoliga ham keltirmagan…
Qip-qizil pioner galstugini taqib olgan ikki o‘rtoq qayiqda sayr qila turib, bir-biriga yozgan maxfiy xatini maxsus idishga yashirib, ko‘mib qo‘yishadi. Uzoq yillardan keyin kelib xatni ochib o‘qishga kelishishadi. Biroq xo‘shlashgach, o‘smirlardan biri ahdlashuv shartini buzib, o‘rtog‘ining ko‘milgan xatini ochib o‘qiydi.
Bir qarashda beozorday ko‘ringan mazkur asar syujeti tagzamirida o‘zbekona tutumlarga qarshi xatarli uchqunlar yotganini hamma ham payqayvermasligi mumkin. Biroq kitobxon ong ostiga tashlab qo‘yilgan ana o‘sha uchqun vaqt o‘tishi bilan alangalanib, uning ruhiyatida talofatlarga boy yong‘inlar keltirib chiqarish ehtimoli ham yo‘q emas.
Qisqasi, o‘sha xatda yigitcha o‘z do‘stiga “mehr”ini izhor etib, undan o‘zgaga ko‘ngil qo‘yolmasligini ochiq bayon etadi. Boshqacha qilib aytganda, bir jinsli nikohni aslo qabul qilmaydigan iymonli aholi orasiga fitna urug‘lari ustakorlik bilan sepiladi. Xulosa o‘zingizdan…
Mohirbek QO‘CHQOROV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-dekabrdagi 51-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
97
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
610
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
607
