Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.12.2024 | 10:15

img621

Qaysi mamlakat aholisi ijtimoiy tarmoqlarga ko‘proq vaqt sarflaydi?

2024-yilda insoniyat jami 500 million yilga teng vaqtni ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazdi.

Ushbu grafikda 2024-yil yanvar holatiga ko‘ra 16-64 yosh oralig‘idagi foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazgan o‘rtacha vaqti bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega mamlakatlar ro‘yxati keltirilgan. Ma’lumotlar «We Are Social» kompaniyasi tomonidan jamlangan.

Bugungi kunda dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoqlarning 5 milliarddan ortiq faol foydalanuvchisi mavjud.

«Odatiy» internet foydalanuvchisi har kuni taxminan 2,5 soat vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi, bu ularning umumiy onlayn vaqtining uchdan bir qismidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Ayollar ijtimoiy tarmoqlarda kuniga erkaklarga nisbatan o‘rtacha 16 daqiqa ko‘proq vaqt sarflaydilar.

TikTok har bir foydalanuvchi uchun eng ko‘p vaqt sarflanadigan ilova hisoblanadi, YouTube esa jami ijtimoiy tarmoq vaqtining eng katta ulushini egallaydi.

Kuniga o‘rtacha 3 soat 43 daqiqa ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazish bilan Keniya bu ko‘rsatkich bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egallaydi. Afrika qit’asida esa Janubiy Afrika, Nigeriya va Gana ham ijtimoiy tarmoqlarda yuqori faollik ko‘rsatmoqda.

Janubiy Amerikada Braziliya yuqori o‘rinda turadi, u yerda odamlar kuniga o‘rtacha 3 soat 34 daqiqalarini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadilar.

Yaponiyada esa foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda eng kam vaqt sarflashadi — kuniga atigi 1 soat 53 daqiqa.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img61

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img321