27.12.2024 | 13:16
407
«Qorga burkangan shahar». O‘rxun Pamuk kundaligidan
Ushbu kitob markazida kundalikka yozish va rasm chizishni boshlashimdan oldin ko‘rgan tushim yotadi. Tushning ba’zi qismlarini tushunishga muvaffaq bo‘ldim, lekin boshqalarini hali-hanuz anglolmayapman.

Xuddi derazamdan tashqaridagi manzarani kuzatayotgandek, tushning qanday kechayotganini kuzatib turgandim, to‘satdan qo‘rqib uyg‘onib ketdim… Bu tush manzarasini tushunishimga yordam berish uchun ushbu kitobning rasmli sahifalarini xronologik tartibda emas, balki hissiy ketma-ketlikda joylashtirdim.
Tong: shahar qorga burkangan. Qor yopishib qolyapti. Hatto balkonimizda ham uning qalinligi o‘ttiz-qirq santimetrga yetgan. Asli qo‘shni xonada uxlamoqda. Men romanim dunyosiga sho‘ng‘iganman. So‘nggi paytlarda Usmonli telegraf idoralari haqida ko‘p ma’lumot o‘qidim. Yaqinda shunchalik ko‘p kitob xarid qildimki! Uy va shahar uzra qorli sukunat hukmronlik qilmoqda. Qor hamon yog‘moqda, shu sababli ko‘z ilg‘ash qiyin. Tan olishim kerak: men juda baxtliman. Uy haqida, qor haqida, ichkarida uxlayotgan Asli haqida va hokazo. Umid qilamanki, boshqa muammolarga duch kelmayman, Istanbulda yashay olaman va hamma narsa xuddi shu qor kabi ajoyib bo‘ladi. «La Repubblica» gazetasiga bergan suhbatim «Terrorizm demokratiyani zaiflashtirishga bahona bo‘lmasligi kerak» sarlavhasi ostida chop etildi. Marko uni menga yubordi.

Qor va sovuq rostdan ham ajoyib. O‘sha ko‘kimtir tusli qor… Dengiz rangida. Qor mayda zarrachalar bo‘lib yog‘moqda. Asosiy qahramonim, Mayor, endi telegraf idorasiga yetib keldi… Hozir telegraf xizmati tarixi haqida yozyapman. Bu juda qiziqarli, lekin sekin kechmoqda. Asli bu yer bilan 16-xonadon orasida borib kelishda davom etmoqda: qorda shahar sukutga cho‘mgan. Qor tufayli, biz duch kelayotgan dahshatli siyosiy vaziyatdan bir kunga bo‘lsa ham chetlashishga erishdim. Kechqurun Nuri ortimizdan ergashib, muzlagan qorli ko‘chalarda sayr qilamiz… Kechqurun Nuri bilan izma-iz muzli qorli ko‘chalarda sayr qilamiz… Biz Taksim maydonidagi muzlagan ko‘lmaklardan kechib o‘tishga majbur bo‘ldik. Aslining oyoqlari sovuqdan qotib qoldi. Ko‘chalar sovuq, atrofda sayyohlar ham, boshqa hech kim ham ko‘rinmaydi. Faqat biz, Istanbul aholisi bormiz. Metro ham unchalik gavjum emas. Etiler bekatida tushdik. Shavkat, Yasim, Zaynab – u Harvardda doktorlik dissertatsiyasini tugatish arafasida ish qidiryapti… Shavkat ham siyosat haqida gapirmoqda. Hech birimiz bunday shiddatli, og‘zidan ko‘pik sachratib gapirish uslubini, avtoritarizmning bu dahshatli Oruellcha muhitini kutmagandik! Bularning bunchalik tez sodir bo‘lishini tasavvur ham qilmagandik…

Ertalab yana qor yog‘a boshladi. Ulkan qor parchalari yerga qo‘nmoqda. Asli uyquda, tong endi yorishayotgan paytda, men yozuv stolim oldida o‘tirib, telegraf to‘ntarishi haqida batafsil tavsif yozayapman. O‘zimni mutlaqo baxtli his qilyapman. Aslini olganda, tan olishim mumkin: qor yog‘ishi yuzaga kelgan ichki hissiyot – o‘ziga xos tasalli. Istanbulda biz qorning go‘zalligidan taskin topamiz.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



