04.01.2025 | 13:33
386
BEHUDA BAHS NE KERAK?
Har safar dekabr oyi oxirlayversa, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bo‘lgan yurtdoshlarimiz ikki guruhga bo‘linib, ko‘hna bir bahsga kirisha ketadi: Yangi yil bayramini nishonlash joizmi yoki yo‘q?
Tarmoqda o‘zidan “fatvo beruvchi” yasab olgan, lekin real hayotda tahorat olishni ham bilmaydigan “internet shayx”larining hukmnamo chiqishlari bayram mushaklaridek potirlab ketadi.

Haqiqiy ilm ahlidan bu borada so‘ralganda, ular bu bayramning dinga aloqasi yo‘qligini, bu dunyoviy bir urf-odat ekanini, bayram qilish-qilmaslik har kimning ko‘ngil ko‘chasiga bog‘liqligini ta’kidlashadi.
Shaxsan men bu bayramni turli orzu-maqsadlar bilan boshlangan yilning sarhisob davri, kelgusi rejalar, niyatlar ibtidosi, deb tushunaman. Shunga monand boshlanajak yangi kalendar yilni xursandlik bilan kutib olish, qolaversa, ertaklar olamida yashovchi beg‘ubor bolalarimning shodligini chandon oshirish uchun uyni bayramona bezatish, turli shirinliklar ulashib, ularni quvontirishni afzal bilaman.
Mayli, o‘sha “internet shayx”lari juda istayotgan bo‘lsa, yangi yilni bayram sifatida nishonlamasin. Bayram kunlari tansiq taom pishirmasin, chiroqlarini yoqmasin, bolalarini bayramona bezatilgan ko‘chalar bo‘ylab sayrga olib chiqmasin. Lekin shuni unutmasinki, bu bayram ular talqin qilayotganidek diniy aqidalarga zid, g‘ayridinlarninggina bayrami emas. Bugun butun dunyo musulmonlari yangi yil arafasida bir-biriga ezgu tilaklarni yo‘llab, boshlanajak yil barokatli kelishini so‘rab niyat qilishadi. Ezgu niyat qilishning esa biror dinda taqiqlanganini shaxsan men bilmayman. Iso alayhissalomning tug‘ilgan kuni degan iddaoga javoban, u zoti sharif ham Xudoning payg‘ambarlaridan biri, u kishining mavlud ayyomlarini nishonlash ham unchalik munkar bo‘lmasa kerak.
Shuning uchun ko‘ngilni keng qilib, boshlanajak yilni yaxshi kayfiyatda kutib olaylik. Bolalarga she’rlar ayttirib, ular bilan birga bola bo‘lib o‘ynab-kulaylik. Eng tansiq taomlar bilan qarindosh-u qo‘shnilarni mehmon qilaylik. Shu o‘rinda men ham mast qiluvchi ichimliklardan tiyilish tarafdori ekanimni aytib qo‘yay. Asosiysi, bayram bir-birimizni yo‘qlash, oqibat ko‘rsatish, silayi rahm ayyomiga aylansin. Yangi yil muborak bo‘lsin, aziz hamyurtim!
Bekmurod BO‘RIBOYEV,
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



