06.01.2025 | 16:13
530
“Jadid” gazetasiga tabriklar

Muhammad AHMEDOV,
O‘zbekiston Qahramoni
“DEHQONKI, DONA SOCHAR…”
Asli, bolaligimdan yer bilan tillashib kelyapman, umrim tuproq kechib o‘tmoqda. Bitta bug‘doy, bitta chigit uchun yer tishlab, loy changallagan davrlarimiz bo‘ldi. Lekin bugun noroziligim yo‘q. Mehnatimdan rizq keldi, elga tanildim. Shu kunlari bolalikda o‘qiganim hazrat Navoiyning so‘zlari tez-tez yodimga tushadigan bo‘lib qolgan: “Dehqonki, dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo‘lin ochar…” Shukrki, o‘zigagina emas, butun elga rizq ulashuvchi asl dehqonlar qadr topgan zamonlarga yetishdik.
Og‘zini to‘ldirib, bozorlarimiz to‘kin, deydiganlarning aksariyati bu to‘kinlik ortida dehqon-u fermerlarning mashaqqatli mehnati yotganini ba’zan o‘ylamaydi. Lekin dehqonning o‘zi mehnatining mashaqqatidan ko‘ra, yaratilgan imkon-u sharoitdan foydalanib qolishni ko‘zlayapti. Chunki yildan yilga daromadi ortib, yetishtirgan mahsuloti ichki bozorlardan toshib, xorij mamlakatlariga eksport bo‘lmoqda. Eng muhimi, u mehnati munosib qadr topganidan xursand.
Bugun shunchaki dehqon bo‘lishning o‘zi kamlik qiladi, fermer bo‘lish tadbirkor bo‘lish ham demakdir. Biz 2024-yilda fermer xo‘jaligimizda dehqonchilikka yangi agrar texnologiyalarni joriy qilib, yoqilg‘i, mineral o‘g‘it sarfini tejab, texnika va ish kuchini kamaytirishga erishdik. Natijada olayotgan foydamiz keskin ortdi. Yuz gektar yerdan tejalgan 362 million so‘m mablag‘ yonimizga qoldi. Bu mablag‘ ishchilarimizning oilasiga to‘kinlik, mahallamizga farovonlik boisi bo‘lmoqda.
“Jadid” gazetasini yurtimizda yuz berayotgan shunday olamshumul ishlarni xolis va haqqoniy yoritgani uchun ham muntazam o‘qib boraman. Yangi yilda gazeta xodimlariga ham, ayniqsa, uning o‘quvchilariga uzoq umr, farovon turmush, ish va ijodiga baraka tilayman.

Vali Savash YELOK,
Anqara Hoji Bayram Vali universiteti professori:
Assalomu alaykum, muhtaram “Jadid” gazetasi jamoasi va qadrli gazetxonlar, barchangizni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etaman.
To‘g‘risi, “Jadid” men uchun ehtiromga munosib bir minbarga aylandi. O‘tgan 2024-yilda Toshkentga ikki marta xalqaro ilmiy anjumanga bordim. O‘shanda hamsafar professor yo‘ldoshlarim bilan birga “Jadid” gazetasi tahririyatida mehmon bo‘ldik. Bosh muharrir Iqbol Mirzo, tahririyat xodimlari bilan fikr almashib suhbatlashdik.
“Jadid”da o‘zbek shoiri Botu haqida maqolam bosildi. Bundan xursand bo‘ldim. Darvoqe, gazetada bizning Hoji Bayram Vali universiteti professori, jadidshunos olim Zaynobiddin Abdirashidovning bir necha jiddiy maqolasi yoyinlandi. Shu zaylda, demoqchimanki, bizning ilmiy-pedagogik jamoa bilan siz “Jadid”lar orasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
Bu adabiy-ilmiy hamkorlik – robitalar bu yilda yana ham mustahkam bo‘lishiga ishonaman.
Yangi yilingiz qutlug‘ bo‘lsin, azizlar!

Baxtiyor HASANOV,
tarix fanlari doktori, professor,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori
Aziz vatandoshlar, fan, san’at, adabiyot va milliy tariximizning jonkuyar ixlosmandlari!
Mana, yana bir yangi yilni ezgu niyatlar bilan qarshilab turibmiz. Ortda qolgan 2024-yil yurtimiz tarixida zarhal harflar bilan yozishga arzigulik voqealarga boy bo‘ldi.
Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 19-iyundagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarorning qabul qilinishi hamda vatan ozodligi va hurriyati yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan mingdan ziyod shahid bobolarimiz pok nomlarining oqlanishi, shubhasiz, yurtimiz tarixidagi misli ko‘rilmagan voqealardan hisoblanadi. Bu ezgu ishlar 2025-yilda ham jadallik bilan davom etajak.
Muhtaram yurtdoshlar, aziz gazetxonlar! Boshlangan yangi yilning ilk kunlaridan turib sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizda yaxshi kunlar bo‘lishini, 2025-yilda ham sizlarga quvonch va shodlik hamrohlik qilishini chin dildan tilab qolaman!

O‘tkir ROZIQOV,
matematika fanlari doktori, akademik, TWAS a’zosi:
Aziz vatandoshlar, hurmatli gazetxonlar! Sizlarni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman! 2025-yil har bir oila, har bir yurtdoshimiz uchun quvonch va baxtga to‘la, orzular ijobat bo‘ladigan va ulkan yutuqlar yili bo‘lsin!
Bugungi kunda O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan islohotlar millatimiz istiqbolini yuksak marralarga olib chiqishga qaratilgan. Bu islohotlar har bir soha va har bir fuqaro hayotida yangilik va taraqqiyot ruhi bilan aks etmoqda. Kelajakka qadam tashlayotgan ushbu yilda ham mehnatimiz va birdamligimiz bilan yurtimiz ravnaqini yanada mustahkamlashda hammaga kuch-g‘ayrat va sog‘lik tilayman.
“Jadid” gazetasining muhtaram o‘quvchilari, yangi yilda barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin! Oilalarimiz farovon, Vatanimiz tinch va obod bo‘lsin!
“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
107
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331
