09.01.2025 | 14:32
518
JAHOLAT DARDLARIDAN
Ismimizni bilmaymiz! Nima uchun? Bizg‘a o‘rgatmabdurlar. Masalan, ismimiz Abdulsamad ekan, “Absamat”, hatto, qishloqlarda “Apsat” derlar. (Afu buyurulsun, adabdan xorij bo‘lsa-da, adabg‘a da’vat etar.) Oti Yodgor ekan – “Jodigor”, Lutfullo ekan – “Nutfullo” ataladur. (Astag‘furullo!) G‘alat atamoq sababi ila avom kotiblar tarafidan qozixona, valasnoyxona hujjatlarinda va hukumat mahkamalarinda ham shul tariqa g‘alat va masxaralik holatinda yozilur.

Hatto, shaharlarda, do‘kon va korxonalarni tepasinda ruscha va musulmoniy xat ilan “Obdukodir”, “Patxulla”, “Sanatullo” (“San’atullo”), “Obduraxmon” va mundan ham g‘alatroq yozilib osilgan lavhalar bordur. Bu g‘alatlar bonka va xazina va notario‘s-maqovolot muharrirligi doiralarig‘acha borar. Bir zamon bu g‘alat ismlarni to‘g‘ri yozib mahkamag‘a berilsa, mahkamadan to‘g‘rini g‘alat deb qaytararlarki, alarni qaytarishi to‘g‘ridur. Bu g‘alatlarni tuzatmog‘i va yo durustlarni g‘alat qilmog‘i uchun ish egasig‘a, ya’ni ismni sohibig‘a haftalar va oylar ila yugurmoq lozim kelur. Muni-da qo‘yduk.
Shunday g‘alat keta bersa, yigirma-o‘ttuz sana so‘ngra xalq yanadan avomroq bo‘lub, musulmon ismlari yana ziyodaroq buzilur. Do‘kon va korxonalar tepasindagi unvonlar mundan ziyodaroq g‘alat ismlarni shomil bo‘lur. Endi munga iloj, ism qo‘yganda, ismni ma’nosini bayon qilinmoq va kayfiyati talaffuzni ota-onag‘a bildurmoq kerak. Va alar bolani o‘zig‘a ham bildursunlar va ismlarni yozganda va chaqirganda durust atamoq kerak. Va ham “Jo‘raqul”, “Norqul”, “Toshmurod”, “Boltaqul”dek ma’nosiz ismlar ila bolani atalmasun. Balki arabiy, turkiy, forsiy ma’nolik ismlar ila atalsun… Ajabi shulki, idorada g‘alat yozilib kelgan ismlarni to‘g‘ri yozib yuborilsa, egalari rozi bo‘lmaydur. Ismlari arabiy ekan, arab qoidasi bo‘yincha “alif” – “lom” ila yozsang, shikoyat etarlar. Ore, ul bechoralarg‘a ayb yo‘q. Ayb jaholatg‘a va maktabsizlikg‘a va ruhoniylarni(ng) musohalalarinda, diniy va milliy ishlarg‘a diqqat etmaganlarindadur. Ism to‘g‘risinda totor birodarlarimizni ham ba’zi hollari ajoyibdur. Masalan, “Aynullo”, “Nabiyullo”, “Ruhullo” degan ismlarg‘a uchraladurki, bu ham bir nav’ diqqatsizlikdur.
Mahmudxo‘ja BEHBUDIY
“Oyina” jurnali, 1914-yil, 18-son, 318–319-betlar.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
606
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
604



