10.01.2025 | 11:40
888
KIRPI VA KIPRIK
Qishloqda yoz mahali kechki ovqatni oilamiz bilan hovlida, so‘ri ustida tanovul qilardik. Hovlimizning ikki tomonidan oqib o‘tadigan ariq atrofida turli o‘tlar o‘sib yotardi. Deyarli har kuni shu o‘tlar orasidan biz o‘tirgan so‘ri tomon tipratikan pildirab kelayotganini ko‘rardik. Qo‘rqmasdi, xuddi it-mushuklardek biror nima berarmikan, degan ilinjda qarab turaverardi. Bizda – Buxoro tomonlarda tipratikanni “kirpi” deyishardi. Nega shunday, deb so‘rardik. Bilmadim, bizning shevada shunaqa bo‘lsa kerak, deb javob berardi kattalar. Kitoblarda, radio va televideniyeda esa bu jonzotni tipratikan deb atashardi.

…Universitetning birinchi bosqichida tahsil olib yurgan paytlarimiz. Adabiyot tarixi fanidan “Devonu lug‘otit turk”ni o‘qish vazifa qilib berildi. Toshkentning Beshyog‘och dahasida joylashgan respublika Xalq ta’limi markazining yaxshigina kutubxonasi bor. “Devonu lug‘atit turk”ni izlab shu kutubxonaga bordim. Kutubxonachi ayol yarim soatcha qidirib, uchta katta kitobni olib chiqdi. O‘qish tugul, anchadan beri changlardan tozalanmagan lug‘atni asta varaqladim. Varaqlayotib, “kirpi” so‘zini uchratib qoldim. Qarasam, “tipratikan” deb izoh berilgan ekan. Demak, sof turkiy so‘zni biz o‘z shevamizda ishlatar ekanmiz, deb quvonib ketdim.
Lug‘atda “kirpi” so‘ziga “ko‘p tikan” degan izoh berilgan. Demak, sanchiladigan tikani bo‘lgani uchun ushbu jonzot tipratikan deb atalgan ekan. Hozir “kiprik” deydigan so‘zimiz ham aslan shu so‘z – “kirpi” bilan o‘zakdosh.
Hazrat Navoiy bir o‘rinda shunday deydi:
Vahki, har kirpigi bir nishtar erur zahrolud,
Garchi bor ul iki nargisda shakarxob to‘la.
Vaqt o‘tishi natijasida so‘zda metateza hodisasi (tovushlarning o‘rin almashishi) yuz bergan: “kirpik” – “kiprik”. Qozoq qardoshlarimiz hozir ham “kirpik” deyishadi. Demak, “kiprik”larimiz ham “tikan”ga o‘xshagani uchun shunday atalgan bo‘lishi haqiqatga yaqin.
Husan MAQSUD
“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



