Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.02.2025 | 19:06

img652

QODIRIYNI YIG‘LATGAN KUMUSH

Bobom vafotidan so‘ng edi. Shahar hovlida yashar edik. Bir kun uyimizda shunday voqea ro‘y berdi: oyim, odatimizcha ertalabki choyni bibimning uyiga hozirladilar-da, erta turib yozayotgan dadamni choyga chaqirgani kirib ketdilar. Biz dasturxon tevaragida dadamning chiqishini kutamiz… Bir vaqt oyim negadir indamay chiqdilar-da, o‘tirib bizga choy quyib bera boshladilar.

– Abdullani chaqirdingmi, Rahbar? – dadam chiqavermagach, oyimdan so‘radilar bibim.
– Yo‘q.
– Nega?
– O‘g‘lingiz yig‘lab o‘tiribdilar, – dedilar oyim.

Bibim bechora sakrab o‘rnilaridan turib, dadamnin uyiga yo‘l oldilar. Kap-katta kishining yig‘lashidan hayratga kelib men ham bibim ortidan ergashdim. Kirsak, Darhaqiqat, u kishi yum-yum yig‘lar, kursiga tirsaklanib olib to‘xtovsiz yozar edilar. Bibim dadamning bu holiga bir oz qarab turdilar-da, bir narsani tushundilar shekilli, indamay meni boshlab orqaga qaytdilar va o‘tirib choy icha boshladilar. Men bibimdan so‘radim:

– Ona, dadam nega yig‘layaptilar?..
– Dadang jinni bo‘lib qolibdi… – javob qildilar bibim va boshqa so‘z aytmadilar.

Keyinchalik anglasam, o‘shanda dadam o‘z sevikli qahramoni Kumushning o‘limi paytini tasvirlab, iztirob chekayotgan ekanlar…

Akbarxo‘ja amaki so‘nggi paytlarda menga shunday hikoya qilgan edi:

– Biz «O‘tgan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlarini bosilmasdanoq, qo‘lyozmadan o‘qib chiqqanmiz. Uni Abdullaning o‘zi pesh yozganini pesh o‘qib berar edi. Po‘lat oqsoqolning uyida gap yer edik, bir gal Abdulla, odaticha so‘nggi yozgan qog‘ozlarini ko‘tarib, negadir kechikibroq kirib keldi. U o‘tirishi bilanoq biz romanning davomini tinglashga chog‘landik. Abdulla kulib: «Oldin norinni yeb olaylik», dedi. Biz: «Yo‘q. Bo‘ni (Vahob qassobni shunday atashardi H. Q.) endi norin qorgani turib ketdi. Norin kelguncha eshitamiz», dedik.

Abdulla ko‘pchilikning ra’yini qaytarmay o‘qishga tushdi. O‘qigani «O‘tgan kunlar»ning oxirgi ikki bobi edi. Biz diqqat bilan eshitmoqda edik, bora-bora hayajonga tushdik, Kumushning fojiali o‘limiga yetganda, o‘zimizni tutib turolmay yig‘lab yubordik. Abdulla o‘qib bitirdi. Biroq hech birimizda so‘zlashga majol yo‘q, xuddi motam tutganday xomush o‘tirardik. Nihoyat Abdulla: «Aytmadimmi, oldin norinni yeb olaylik, deb. O‘zim ham bir necha kun noxush yurdim», dedi. Shu kun noringa ham ishtaha bo‘lmay uy-uyimizga tarqashdik.

O‘rni kelib, muallifning shu aytgan so‘zini ham eslatib o‘tay: «Yozganing agar o‘zingni yig‘latmasa-kuldirmasa, o‘zgani hech yig‘latmas-kuldirmas…»

Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” kitobidan

QABRISTONDA TUNAGAN QODIRIY

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img136

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img147

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img341