12.02.2025 | 19:00
722
O‘TGA TASHLANGAN “O‘TKAN KUNLAR”
Taniqli tojik yozuvchisi Jalol Ikromiy hikoya qilgan edi: «Men 1930-yillar boshida Toshkentdagi tojik bilim yurtida o‘qir, bir qozoq kursdoshim bilan bir yotoqda turar edim. Shunda birinchi bor «O‘tgan kunlar»ni o‘qidim.

Uni kecha-kunduz berilib o‘qirkanman, qozoq do‘stim «bu kitobni muncha o‘qiyverasan», deb ajablanardi. Men esa «to‘xta, sen ham o‘qiysan», deb kitobdan bosh ko‘tarmasdim. Nihoyat, romanni bitirdim va qozoq do‘stimga o‘qishga tavsiya qildim. U avvaliga kitobni tilar-tilamas o‘qiy boshladi va keyiniga menga o‘xshab, berilib ketdi.
Bir kun, yotoqda dars tayyorlab o‘tirardim, do‘stim esa, «O‘tgan kunlar»ning oxirgi varaqlarini o‘qirdi. Birdan u sakrab o‘rnidan turdi va borib pechkani ochdi-da, qo‘lidagi «O‘tgan kunlar»ni yonib turgan o‘tga tashladi… Men hayratlanib: «Hay, senga nima bo‘ldi!» dedim. U ho‘ngrab: «Kumush o‘ldi!» dedi… Chala kuygan kitobni arang pechkadan olib o‘chirdim…»
Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” kitobidan
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
43
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
123
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
313



