Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.03.2025 | 17:41

img412

Jurnalist o‘zi tahsil olgan maktab o‘quvchilari uchun “Ko‘mak” stipendiyasini joriy qildi

Taniqli jurnalist, Oyina.uz sayti bosh muharriri Inobat Ahatova oʻzi tahsil olgan maktab oʻquvchilari uchun “Koʻmak” nomli stipendiya taʼsis etdi. Ushbu tashabbus fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan hamda ehtiyojmand o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Jurnalist bu ishi orqali jadidlikka daʼvo qilmoqchi emasligini, shunchaki ular boshlagan gʻoya, harakatlar kichik koʻrinishda boʻlsa-da davom ettirish istagini maʼlum qildi.

Stipendiya ikki yo‘nalishda ajratiladi:

Birinchisi, fanlardan eng yaxshi oʻqigan oʻquvchilar orasidan har oy turli fanlardan maxsus imtihon asosida tanlanadi.

Ikkinchi yoʻnalishda esa ehtiyojmand, kam taʼminlangan, oilaviy sharoiti ogʻir oʻquvchilarning har oylik qoʻshimcha darslari puli toʻlab beriladi.

Dastlabki bosqichda 11 nafar o‘quvchiga stipendiya topshirildi. Tashabbus muallifi bu jamg‘armaning nomini “Ko‘mak” deb atadi. Mazkur nom jadidlar tomonidan Turkiston yoshlari uchun xorijiy taʼlim olish maqsadida tuzilgan jamg‘armadan ilhomlanib tanlangan.

“Yaxshilik qilish uchun vaziyat, homiylik qilish uchun boy boʻlishni kutish kerak emas ekan. Hozir imkoningiz boricha yordam, yaxshiliklar qilavering, erta qanday boʻlishini bilmaysiz”, deb yozadi Inobat Ahatova Facebook’dagi sahifasida.

Tashabbus ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img61

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img129

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img321