Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.03.2025 | 12:41

img545

MOMOLAR IZIDAN…

Adiba Shahodat Isaxonovaning “Nodirayi davron” kitobini o‘qib

She’riyat bo‘lmasa, bashariyat necha asrdan buyon boshiga yog‘ib turadigan ofatlardan omon chiqolmas, o‘zini qayta tiklay olmas, hayoti ham bunchalar chiroyli bo‘lmas edi. U butun dunyoning raso ustuni, ayrilmas joni. Ba’zan o‘ylab qolaman, nega biz she’riyat deymiz-u, uning yonboshida suyanch bo‘lgan ulkan tog‘ tizmalarini nasriyat deb atamaymiz?

Qiziq. Bu fikr boshimda qachon aylandi? Adiba Shahodat Isaxonovaning “Nodirayi davron” kitobini o‘qib, ushbu shoirona nasrning ta’sir doirasiga tushgan chog‘imda! Bir necha sahifadayoq xayolim jonon tasvirlarga sho‘ng‘idi. Go‘yo asrlar davomida ko‘zyoshlarga g‘arq bo‘lgan odamzodning cheksiz alam-anduhlaridan so‘ylaydigan doston ichidaman-u hanuz chiqolmayapman. Daf’atan muallifning kimligini unutib qo‘ydim. Nazarimda, ijodkor qalami bir qamish nayga aylanib, uzoq va yaqin tarix navolarini qudratli ovoz bilan kuylardi.

Avvalroq adibaning bir dasta qo‘lyozmalarini o‘qigandim. O‘shanda u Turon malikalari hayoti haqida hikoya qiluvchi turkum romanlar ustida ishlayotgani, yurtimizda yashab o‘tgan ayollarning dardi-dunyosi, turmush tarzi va orzulari qanday bo‘lganiga qiziqishini so‘zlab bergandi. Uning tarixiy romanchilik labirintiga xiyla chuqur va xiyla jiddiy kirib borayotgani, bunga katta ijodkorlar kabi qat’iy kirishgani, mashaqqatli mehnatni to‘la bo‘yniga olgani, Cho‘lponcha aytadigan bo‘lsak, “boshini zo‘r ishga berib qo‘ygan”i ko‘rinib turardi. O‘shanda bu azm-u ahdga kuchi yetarmikin, shu nozik jussasi bilan bu qadar og‘ir yuklarni ko‘tara olarmikin, bozor iqtisodi talablariga moslashgan yengil, tezpishar seriyalar ortidan ergashib ketib qolmasmikin degan turli o‘rinli-o‘rinsiz ishtibohlarga borgandim. Ammo ko‘p o‘tmay adibaning romanlari birin-ketin maydonga chiqa boshlagach, u maqsad sari hech og‘ishmay borishga qodirligiga amin bo‘ldim.

Uning ijodiy rejalari chindan ham mustahkam asosga ega va pishiq-puxta ekan. Katta romanlar, avvalo, ijodiy qulaylik bo‘lsagina yuzaga chiqishini teran anglagan Shahodat ham ulug‘ maqsadlarini amalga oshirish uchun Balzak, Dostoyevskiy, Tolstoy kabi o‘ziga yaxshigina ijodiy sharoit hozirlagani aniq. Yolg‘izlik, shirin jonni ayamaslik, chinakam fidoyilik, keng ko‘lamli ishga sabot-matonat-la kirishish bilangina zalvorli, salmoqli asarlar dunyoga keladi. “Nodirayi davron” va “Gavharshodbegim” ana shu mashaqqatlarning mevasi hisoblanadi.

Bor-yo‘g‘i bir necha yil avval shiddatkor zamonamizga media sanoati kirib keldi va qalami o‘tkir yozuvchilarni o‘ziga ohanrabodek jalb qilishga urindi. Bu ijod bozoriga yangi asarlar, yangi loyihalar, ssenariylar, bir so‘z bilan aytganda mahsulot kerak. Bu jarayon qalam ahlini shoshirib qo‘ydi. Negaki, yangi bozor tinmay ijodiy mahsulot talab etardi. Shunday paytda Nurali Qobul, Isajon Sulton, Nabi Jaloliddin va bir qator adiblar yeng shimarib ishga kirishib ketdi. Ular yildan yilga yangidan yangi asarlarni kitobxonlarga tez taqdim qilayotganlarini yaxshi tushunsa bo‘ladi. Shahodat ham bu industrial talablarni juda teran his qilgan holda turli sahna asarlari, ssenariylar yozdi. Bu jarayonda talab va taklifni hisobga olmay ko‘ring-chi! Reklama sizga aslo qaramay qo‘yadi. Darrov injiqlik qilmay, tezda yozib beradigan qalamkash oldiga chopadi. Ammo Shahodat Isaxonova bozor bosimlariga qaramay “Turon malikalari”ni qat’iyat bilan davom ettirdi. Rohat-farog‘atdan kechib, turmush tashvishlaridan chekinib, o‘zini ayamay o‘y-fikrlari, tuyg‘ularini qog‘ozga tushirdi. Erta bahor daryolariday to‘lib-toshib yozdi. Shunday qilmasa bo‘lmasdi ham.

Yozuvchining shavq-u shiddati o‘quvchiga ham yuqadi. Adiba tasviridagi shahzodalar, malikalar, sarkardalar, a’yonlar-u oddiy zahmatkashlar mana shu ayqirgan-hayqirgan selsifat, vahshiy talotum ichida! Talonchilik va og‘ir soliqlarni ko‘tarolmay oxirgi chora sifatida bolta-yu ketmon bilan qurollanib chiqqan yupun dehqonlar, hunarmandlar ham shunda!

Adiba tarixiy voqealar, achchiq-chuchuk hissiyotlar aro sulh so‘rab, oq bayroq ko‘tarib yurganday bo‘ladi. Qaysi jayronko‘zga madad berishni bilmaganday voqeadan voqeaga sarson kezadi. Ammo ming urinmasin, sulh bayrog‘i qonga botadi. Nodira o‘tkir aql-idrok, zakovati bilan adolat uchun kurashadi. Uning matonati, jasorati, fasohati cheksizday. Biroq bu nozik hilqat vakili har qancha kurashmasin, quturgan qo‘shin va shafqatsiz hukmdor – Nasrullo oldida ojiz qoladi. O‘zi va avlodi qirg‘in balosi sabab qurbon bo‘ladi.

Shahodat Isaxonova syujetni g‘oyat qiziqarli quradi. O‘quvchida asarni bir zum to‘xtamay, paysalga solmay, kechikmay o‘qish ishtiyoqi jo‘sh uradi. Qahramonlar taqdiriga berilib ketadi va ba’zan voqealarda xuddi o‘zi ishtirok etayotganday sergak tortadi.

Mumtoz shoiramiz Nodirabegim haqida Turob To‘la, Komil Yormatov, Hoshimjon Razzoqov kabi ijodkorlar dramalar, kinoasarlar yaratgan. Qolaversa, Aziz Qayumov, Mahbuba Qodirova singari olimlar haqqoniy tadqiqotlar olib borgan. Yozuvchi Shahodat Isaxonova esa turkum romanlari orqali tarixiy shaxslarning fojiali qismatlariga yangicha tahlil bilan yondashadi. Qalami bilan ochko‘zlik, tamagirlik, talonchilik balosining tub ildizlarini ochadi. Malikalar o‘quvchida qadim yunon tragediyalarida ishtirok etayotganday taassurot qoldiradi. Ba’zan ular olamga o‘t qo‘yadigandek bo‘lib, dahshatli qasos alangalarida yonadi, ba’zan ojiz chumolidek nom-nishonsiz toptaladi. Har ikkala romanning yetti yuz sahifaga cho‘zilgan voqealari bir zum bo‘lsin susaymaydi, tarang tortilgan torning faryodi salqimay davom etadi. Muallif ham andak bo‘lsin o‘z oldiga qo‘ygan maqsaddan hech bir o‘rinda chalg‘imaydi.

Mutolaa mobaynida Turkon xotun, Gavharshodbegim, Bibixonim, Nodirabegim o‘quvchi ko‘z o‘ngida jonlanadi. Shunday jahon boji-xirojiga arziydigan malikalar, ayanchli tariximizning, navoiylarni tug‘gan onalari biz ozod avlodlarga qarata, “ey odamzod farzandlari, ezgulik yo‘llaridan yuring, haqiqatingizdan aslo chekinmang!” – deb nola-afg‘on qilayotgandek bo‘ladi. Tarixiy og‘riqlardan so‘zlaydigan, bugun uchun muhim bo‘lgan chaqiriqlarga boy, yosh-u keksaga birdek xush keladigan, ma’naviy ozuqa beradigan yangi romanlar o‘zbek o‘quvchilariga muborak bo‘lsin!

Ibrohim GʻAFUROV,
O‘zbekiston Qahramoni, adabiyotshunos

“Jadid” gazetasining 2025-yil 7-martdagi 10-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img117

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img335