Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.03.2025 | 10:00

img1163

DIN

“Din” so‘zi lug‘atlarda arabcha deb izohlangan, hatto arab tilida “dayana” yoki “daana” fe’li ham mavjud bo‘lib, lug‘atda bu fe’lning: “bo‘ysunish”, “itoat etish”, “qarz olish”, “qarz berish”, “mahkamaga tortish” kabi ko‘plab ma’nolari keltirilgan. Shuningdek, bu fe’ldan:

idaana – ayblov;
day’in – qarz beruvchi, kreditor;
dayyaan – hakam (sudya);
diyonat – inonch, diniy ta’limot kabi ko‘plab masdarlar ham yasalgan.

Ammo “din” so‘ziga biz Islomdan oldingi manbalar, hattoki turkiy bitiklarda ham duch kelamiz. Shunday turkiy, uyg‘ur yozuvida bitilgan manbalardan biri – Islomdan oldingi, taxminan V asrga mansub deb qaraladigan “Xuastvanift” – “Moniylik tavbanomasi” bo‘lib, bu bitik o‘sha paytdagi eroniy tillarning biridan turk-uyg‘ur tiliga tarjima qilingan. Asar moniylik ta’limotiga oid bo‘lgani uchun unda ba’zi diniy atamalar, iboralar, deylik: “manstar g‘irza” (“gunohlarimizni kechir”), “chag‘sapat” (“bir oy tutiladigan ro‘za”), “nom” (“muqaddas kitob”), “bristi” (“farishta”), “dintar” (“dindor”, “diniy arbob”, “ruhoniy”) kabi so‘zlar tarjimasiz, asliyat tilida keltirilgan. Misol uchun yodgorlikning 152-satrida shunday so‘zlar bor: “… täңrichi, nomchi arig‘ dintarlarqa nächä yazintimiz yaңiltimiz ärsär…” (Ma’nosi: “tangrichi, ya’ni xudojo‘y, muqaddas kitobga mansub sof diniy arboblar oldida necha gunohlarimiz, yanglishish-xatolarimiz bo‘lsa…”)

Ya’ni, moniylikda “dintar” deb o‘sha inonchning diniy vakili, ruhoniysiga nisbatan aytilgan. Tarixdan ma’lumki, moniylikka eramizning III asrida Sosoniylar davlatida parfiyalik faylasuf, musavvir va shoir Moniy (Fatak o‘g‘li) tomonidan asos solingan. U o‘ziga xos gnostik inonch bo‘lib, Moniy nasroniylik, yahudiylik, buddaviylik, braxmanlik, zardushtiylik kabi dinlarni o‘rganib, ular asosida o‘z ta’limotini yaratgan.

Ammo “din” so‘zining kelib chiqishi moniylik emas, balki undan ham ancha oldingi davrlarga borib taqaladi. Tarixdan ma’lumki, Islomdan qariyb ming yil oldin – eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Markaziy Osiyo hududlarida Zardushtiylik inonchi paydo bo‘ldi. O‘sha paytlarda o‘rta fors tili, sanskrit tillarida hozirgi “din” anglamidagi “daēnȃ” so‘zi mavjud bo‘lib, zardushtiylar o‘z dinlarini dastlab “wahwi daēnȃ”, ya’ni “yaxshi din” deb ataganlar, keyinchalik bu ibora – “weh din” – “beh din” (“yaxshi din”) shakliga kelgan. Ko‘pchilik mutaxassislar “din” so‘zi somiy va oromiy tillar, jumladan, arab tiliga ham aynan  “Avesto” tili – o‘rta fors tilidan o‘tgan deb hisoblaydi. Shuningdek, “din” so‘zi ildizlarini undan ham oldingi davrlar – shumerlarga bog‘lovchilar ham bor. Ularga ko‘ra, “din” so‘zining kelib chiqishi shumer tilidagi “aytmoq”, “demoq” ma’nosidagi “de-” o‘zagiga borib taqaladi. Agar chindan shunday bo‘lsa, bu so‘z fors, sanskrit tillariga, shu bilan birga, akkad tili orqali somiy, oromiy, ya’ni arab va ibroniy tillariga ham bevosita shumer tilidan o‘zlashgan bo‘lishi mumkin. Har holda, so‘zlar yozuv paydo bo‘lishidan minglab yillar oldin ham bor edi.

Abduvohid HAYIT

“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-martdagi 12-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img114

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333