Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.04.2025 | 15:37

img661

INSOF BERSIN…

Men bu postni uzoq mulohazalardan so‘ng yozmoqdaman. Aytiladigan barcha fikrlar shartli.

Bugun hech kimni befarq qoldirmayotgan urush tagida o‘zaro nafrat yotibdi. Faqat ukrainlar bilan ruslar o‘rtasida emas, yana ko‘plab tomonlar o‘rtasida. Tarix ko‘rsatadiki, bunday urush kamdan kam yarash bilan tugaydi, ko‘pincha nafratni kuchaytiradi, alamga aylantiradi. Harbiy to‘qnashuvlar vaqtincha to‘xtasa ham, tomonlar o‘rtasida taranglik payti kelishi bilan alam olish uchun tayyorlanish tarzida davom etadi, bu esa arzon tadbir bo‘lmagani uchun xalqdagi boshqa tarafga nisbatan nafratni kuchaytirishga zo‘r beriladi. Qarabsizki, dardga davo o‘rniga zahar qo‘shish bo‘ladi.

O‘zaro nafrat va alam ongni ko‘r qiladi, aqlni o‘tmaslashtiradi. Bu jihatdan Rossiya-Ukraina urushi davomiyligi bo‘yicha Isroil-Falastin mojarosining Yevropa variantiga aylanishi mumkin. Faqat, ikkinchisi lokal xarakterda davom etayotgan bo‘lsa, birinchisi global oqibatlar keltirib chiqarishi tayin (Alloh asrasin). Chunki dunyo bozorida g‘alla eksportida Rossiya bilan Ukrainaning birgalikdagi ulushi 50 foizga yetadi deyilmoqdaki, bu urush siyosiy oqibatlardan tashqari hozir ko‘pchilikning hatto xayoliga ham kelmayotgan muammolar, yangidan yangi mojarolar keltirib chiqaradi. Albatta, bu ikki birodar xalqni bir-biriga gijgijlaganlar och qolmaydi. Ammo shunday ham arang non topib yeyayotgan qanchadan qancha xalqlarning ahvoli nima bo‘ladi?

Alloh insof bersin.

Xulosalar:

1. Dunyoga hukmronlik qilish da’vosini qiluvchi davlatlar o‘z ishtahalarini tiyish payti keldi. Ixtilof, g‘ayirlik siyosatidan tinchlik, barqarorlik, o‘zaro hamkorlik siyosati tomon yuz burish, xudbinlikdan nekbinlik ustun davrni boshlash kerak.

2. Markaziy Osiyo respublikalarini bir-biriga gijgijlash, ularning o‘zaro munosabatini Falastin-Isroil, bugungi Rossiya-Ukraina munosabatlariga aylantirishga orzumand kuchlar o‘z qitmirligidan voz kechishiga ishonish qiyin, ammo Markaziy Osiyo davlatlarining rahbarlari, siyosatchilari, ziyolilari hushyor bo‘lishlari, zig‘ircha bo‘lsin mojaro chiqishiga aslo yo‘l qo‘ymasliklari, har qanday nizoning oldini olish uchun kurashishlari shart.

3. XXI asr, ming afsuslar bo‘lsinki, XX asrdan ham battar serurush, sermojaro bo‘ladiganga o‘xshayapti. Bunday sharoitda xalqimizning birligi, yakdilligini ta’minlash – ichki siyosatning bosh maqsadi, prinsipiga aylanishi kerak. Faqat bu prinsip kambag‘alga qay darajada taalluqli bo‘lsa, boy-u badavlatlarga yuz marta ko‘proq taalluqli ekanligini anglash va shuni hisobga olib ish yuritish lozim. Har bir pora olish akti, har bir korrupsion imzo, har bir o‘z lavozimini suiiste’mol qilish holati, har bir zo‘ravonlik O‘zbekistonning buguniga qarata otilgan o‘q, ertasining ildiziga bolta urish, kelajagining tagiga suv quyish deya baholanishi kerak.

Mamlakatning birligi, yakdilligini ta’minlashning bosh omili – bu o‘ta boylar bilan o‘ta kambag‘allar o‘rtasidagi jarlikka barham berish. Busiz barcha tadbir-u tashviq-u targ‘ibot samarasiz, hatto aks natija beradi.

4. Internetning o‘zbek tilidagi segmentida ziddiyat haddan ziyod ko‘p. Achinarlisi, ziyolilar o‘rtasida ham. O‘ylab ko‘raylik, millatdoshlarim, bu nimaga xizmat qiladi? Albatta, tanqid kerak, albatta qarama-qarshi fikrlar bo‘lishi tabiiy. Ammo fikrlar, gaplar millat birligiga raxna solmaydigan tarzda bildirilishi lozim. Kimki haqoratdan o‘zini tiya olmayaptimi, u hamisha nohaq, hatto shayton vasvasasi ta’sirida qolgani ehtimol.

Qudratli va odil Alloh taolo ezgu niyatlilarga madadkor bo‘lsin.

Abdulla A’ZAM,
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-martdagi 13-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img38

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img121

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img312