19.04.2025 | 12:31
430
MILLIY FOJIAMIZ
Bizning qishloqda (mahallamizda) bir yilda 50–70 ta to‘y bo‘ladi. Bitta to‘yga kamida 50 mln so‘m mablag‘ sarflanadi.
Arifmetika: 50 000 000 x 60 = 3 000 000 000 (3 mlrd).
Qishlog‘imizda har yili 3 mlrd so‘m mablag‘ orzu-havasga sarf bo‘lmoqda. O‘zbekistonda biznikiga o‘xshagan taxminan yana 10 mingta mahalla bor.

Arifmetika: 10 000 x 60 = 600 000.
600 000 x 50 000 000 = 30 000 000 000 000 (30 trln).
Bu taxminan 3 mlrd dollar degani. Katta shaharlardagi 25 000 dollarlik tort, 90 000 dollarlik to‘y kabi ahmoqona dabdabalarni ham qo‘shib, o‘rtacha hisoblaganda, taxminan 10 mlrd dollar bo‘ladi.
O‘zbekistondagi oilalar byudjetidan har yili taxminan 10 mlrd dollar mablag‘ havoga sovurilmoqda.
Buncha katta mablag‘ni tasavvur qilish uchun qiyos keltiraman: Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodini fransuzlar 500 mln dollarga qurib bergan; o‘z vaqtida “Asr qurilishi” nomini olgan Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on temiryo‘l liniyasi qurilishi 220 mln dollarga tushgan.
Fojiamiz shundaki, bu o‘ta ahmoqona ish ekanligiga hammamizning aqlimiz yetadi. Lekin shu ishni qilaveramiz. Ushbu fikrlarni yozayotgan muallif ham o‘z vaqtida el qatori to‘y qilgan.
To‘yga sarflangan pulning bir kundan keyin qayerda bo‘lishini tasavvur qilaylik. Zora shunda, bu ishlarimizni to‘g‘ri yo‘lga solarmiz.
P/S: Bitta oila to‘y qilishi uchun 3–5 yil yig‘inadi. O‘sha oilada 3 ta farzand: ikki o‘g‘il va bir qiz deb tasavvur qiling. Demak, o‘sha oila 5 marta to‘y qiladi (ikki o‘g‘liga sunnat va kelin to‘y hamda qiz chiqarish). Arifmetika: 4×5=20. Demak, tipik o‘zbek oilasidagilar 20 yil umrini faqat to‘y qilishga sarflab yubormoqda.
Umid XO‘JAMQULOV
Facebook
“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-apreldagi 15-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
114
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



