Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


21.04.2025 | 09:22

img652

“HAQIQIY QAHRAMON KO‘ZDAN SAL CHETROQ”

Bilasiz, Rishton kulolchilik tajribasi bilan dong taratgan, ilm-u hunar hadisini olgan ko‘plab ziyolilarni tarbiyalagan zamin. Bu yerning ilmli, mehnatkash insonlaridan biri Qodirjon Qosimov ishbilgi odam: bir vaqtning o‘zida dehqon, bog‘bon, tadbirkor. Eron va Turkiyadan noyob pista navlarini keltirib, laboratoriya usulida yetishtirib, katta maydonda bog‘ yaratgan. Farg‘onaga safarimiz ular bilan hamsuhbatlikda yanada qizg‘in o‘tdi va taassurotlarimizni sizga-da ilindik.

“Oq oltin” qoldirgan dog‘

Sovet hukumati uchun Markaziy Osiyo tayyor xomashyo manbayi, Turkiston xalqlari esa tekin ishchi kuchi edi. Bosqinchilar qo‘lga ilingulik moddiy va ma’naviy boyliklarni tashib bo‘lgach, mintaqani bo‘lak-bo‘lakka ajratib, har bir hududni muayyan sanoat yo‘nalishiga ixtisoslashtirdi. O‘zbek xalqi chekiga “oq oltin” tushdi. Shu tariqa butun boshli mamlakat paxta yetishtiriladigan ekin maydoniga aylantirildi. Oqibatda bobolar tiklagan bog‘lar qo‘porildi, bo‘liq tuproq kimyoviy moddalar bilan zaharlandi, xalq zaqqum hidini yutib yashashga majbur bo‘ldi. Suv resurslaridan uzluksiz va palapartish foydalanish esa Orol dengizining qurishiga olib keldi. “Paxta ishi” nomi ostida avj olgan siyosiy kampaniya ham qizil qatag‘onning bir ko‘rinishi edi.

Bugun ham o‘sha ekologik fojialarning asoratini o‘z tanimizda his qilamiz. Bunday chuqur zaxmlar sho‘rpaxta bosgan bilan keta qolmas ekan…

Shukrki, qullik kishanlari parchalandi, erkimiz o‘z qo‘limizda. Bugun mintaqada ekologik vaziyatni yaxshilash eng muhim masalalardan biriga aylandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bu boradagi ishlarga mustahkam asos bo‘ldi. Qarorda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Paxta yakkahokimligiga barham berilib, har bir hududning iqlim va tuproq sharoitiga mos ekinlar ekish yo‘lga qo‘yildi. “Yer bo‘lsa, mehnat qilaman, ekib-tikaman, bog‘ yarataman”, degan mehnatsevar dehqon va bog‘bonlarga yerlar uzoq muddatga va imtiyozli shartlarda ajratib berilmoqda.

Suv yo‘qligidan ekilgan pista

Rishton kulolchilik maktabining jahonga dong taratgani bejiz emas. Sopol yasash uchun to‘g‘ri kelgan joydan tuproq olinmaydi. Rishtonning pishgan loyi esa sariyog‘day kesiladi. Hamma gap asosda. Endi mana shu qizil tuproqda, toshloq qir-adirliklarda ham bog‘ yaratsa bo‘ladimi, desangiz, “Bo‘ladi!” deyman. Keling, o‘z ko‘zim bilan ko‘rganlarimni so‘ylab beray.

– Besh yildan oshdi, – deb hikoyasini boshlaydi qahramonimiz. – Turkiya safarida Gaziantepga borganimda qadamda pista bog‘lariga duch keldim: ko‘chalarda, uylarda ham pista butalari. So‘ng bilsam, shahar iqtisodiga katta ulush shu bog‘lardan kelarkan. Daromadi-yu buromadiga qiziqdim. Qarasam, bu joylar iqlimi, tuprog‘i o‘zimizning yerga tortadi. Sug‘orish usullari bilan qiziqdim. “Suv yo‘qligidan pista ekkanmiz-da”, deb kulib qo‘yishdi. “Bizda ham yildan yilga suv tanqis bo‘lib boryapti, shu ishni o‘zimizda sinab ko‘rsak bo‘larkan”, deb o‘ylagandim o‘shanda. Shu-shu, o‘zimiznikilar gapni bir joyga qo‘yib, ishga yeng shimardik. Boshqa davlatlar tajribasini ham o‘rgandik. Mana, natijani ko‘rib turibsiz.

Pista yetishtirishda AQSh, Eron, Turkiya kabi davlatlar yetakchi. Biz urug‘larni, asosan, Erondan keltiramiz. Hamma turidan bor: xandon, ahmadiy, mumtoz, do‘lana, o‘zimizning Farhod-Shirin. Mana bu gullashga kelgani – akbariy…

Hozir bog‘imizning umumiy maydoni 157 gektar, ko‘chatlar 150 ming tupga yetdi. Keling, daromadni bir chamalab ko‘raylik. 150 ming tupning har biridan bir kilodan pista oldim deb hisoblasangiz, chiqadi – 150 tonna. Mayli, kilosi 100 mingdan deylik. Ko‘paytirsak, 15 milliard so‘m! Chama uchun bir kilodan hisoblaganimiz bir tupdan tobiga kelganda 30-40 kilo hosil olish mumkin. Mavsum yaxshi kelsa, bog‘ning o‘zi bir yilda barcha xarajatni qoplab beradi. Shunaqa barakali. Shuning uchun pistani “oltin daraxt” deyishadi-da.

Pista arzon mahsulot emas. Bozorlarimizda o‘rtacha 150–200 ming so‘m atrofida. Bilasiz, biznikilar pista-bodomni asosan to‘y-to‘ychiqda oladi, o‘zi yemay, mehmonga olib qo‘yadi. Hosilni ko‘paytirib, kilosini ancha arzonlatsak, odamlar ko‘p-ko‘p olib yeydi. Salomatlik uchun koni foyda. Maqsadimiz shu, avvalo, o‘zimizning bozorlar to‘lsin, birinchi o‘rinda xalqqa nafimiz tegsin. O‘zimizdan ortgani eksportga.

Bular hali katta ishning debochasi. Mana bu qurilayotgan binolar kelajakda in-vitro laboratoriya, ilmiy markaz va agromaktabni birlashtirgan yaxlit kompleks bo‘ladi. Turkiya bilan kadrlar masalasida memorandum imzolaganmiz. Ilm, amaliyot va tajriba bir nuqtada birlashsa, eng yaxshi mutaxassislar yig‘ilsa, yaxshi haq to‘lansa, albatta, ertaga natija ham yaxshi bo‘ladi. O‘zimizning bolalar ta’lim oladi, umuman, yer ilmi nazariy va amaliy o‘rgatiladi.

Bizning dehqon, bog‘bonlar zamonaviy ilmdan, yangi texnologiyalardan bexabar qolyapti. Shunga ichim achiydi. Izlanish yo‘q, yangilikni qabul qilishi qiyin. O‘z qolipiga tushmasa, ko‘nmaydi, xato sanaydi. Ko‘pchilik tasavvurida dehqonchilik, bog‘dorchilik jo‘n yumushdek ko‘rinadi. Aslida, bu katta ilm. Zamon o‘zgarib boryapti. Zamondan ortda qolmasligimiz kerak. Unda-bunda sovet davridan qolgan besamar bog‘larni ko‘raman: bekor joy egallab yotibdi, tomchilab sug‘orish joriy qilinmagan, bir dunyo suv shovullab oqib boradi-yu, tezda yer tagiga singib ketadi. Eng yomoni, hosil eksport qilishga yaramaydi. Ana o‘sha bog‘larni yangilash kerak.

Tomchilab sug‘orish juda muhim masala. Avvalo, suv tejaladi, o‘simlik suvni teng miqdorda ichadi, mineral o‘g‘itlar teng taqsimlanadi, bir xil oziqlanadi. Qolaversa, birlari g‘ovlab, birlari qurib-qovjirab qolmaydi. Teng bo‘y tortadi, bir xilda yashnab turadi.

In-vitro dedim-ku, shunga ham to‘xtalib o‘tay. Bunda o‘simliklarni shisha idishlarda o‘stirish nazarda tutiladi. Ustunligi shundaki, laboratoriya sharoitida bo‘lgani uchun mavsum tanlamasdan, o‘simliklarni istalgan faslda ko‘paytirish mumkin. Keyin bu nihollar kasallikka chidamli bo‘ladi, tez amal oladi. Pista, odatda, yetti-sakkiz yilda hosilga kirsa, in-vitrodan chiqqani uch yilda meva bog‘laydi.

Bundan tashqari, butalar orasiga kovrak ekkanmiz. Yana turli dorivor tog‘ o‘simliklari: isiriq, kiyiko‘t, tog‘ yalpizi… Tabobat uchun. Hamma mehrigiyoh o‘zimizda, asli. Prezidentimiz topib aytganlar: “Ilm bilan bog‘ yaratish kerak”. Bosh maqsadimiz – bog‘dorchilikda yangi maktab ochishdir.

Zamon bilan hamnafas

Poytaxtga qaytarkanman, yo‘l-yo‘lakay bog‘-rog‘larga ko‘z qadab, obod manzillarni ko‘rib, tinch-osoyishta hayotimizni o‘ylab to‘lqinlanib ketdim. Yaratganga shukr! Mehnatkash xalqimiz orasida siz-u men tanib-tanimagan yana qanchadan qancha zamonamiz qahramonlari bor! Shoir: “Haqiqiy qahramon ko‘zdan sal chetroq” deganidek, ular hadeganda ko‘zga tashlanavermaydi, biroq o‘z vazifasini sidqidildan bajaradi. Bugun men ularni birlashtirib turadigan bitta jihatni topganday bo‘ldim – shijoat! O‘ylaymanki, Qodirjon aka tamoman boshqa kasb bilan shug‘ullanganda ham kamoliga yetkazgan bo‘lardi. Shunday g‘ayratli insonlar kerak bizga! Bunday novator kishilar zamon bilan teppa-teng qadam tashlaydi, jamiyatda yuz berayotgan siljishlarga loqayd qarab turmaydi. Bunday erlar yurt chaqirig‘iga doimo “Labbay!” deb javob beradi, dadil o‘rtaga chiqadi.

Yana o‘ylab ketaman, demak, vatanparvarlik maxsus o‘rgatilmaydi, baqirib aytilmaydi. Demak, u “tandan ichkariroqda, naq yurakning o‘zida” bo‘ladi!

Jamoliddin BADAL

“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-apreldagi 15-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605