Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.04.2025 | 10:18

img485

YANGI O‘ZBEKISTON TARIXIDAGI YORQIN SAHIFA

Yurtimizda so‘nggi yillarda milliy tarix va ma’naviyatga munosabat yangi bosqichga ko‘tarildi. Dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning nomini abadiylashtirish, ularning ma’naviy merosini xalqimiz ongiga, yoshlar qalbiga chuqur singdirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bugun har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va shukronalik tuyg‘usini uyg‘otmoqda.

Bu boradagi amaliy sa’y-harakatlar natijasida buyuk shaxsiyatlarning nomlari bilan atalgan yangi maskanlar, madaniyat markazlari, ilm-fan muassasalari barpo etilmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday ulug‘ ajdodlarimizdan biri, jahon tarixida kamdan kam uchraydigan benazir, ulug‘ zotdir.

Uning ilmiy-adabiy merosi nafaqat siyosiy va tarixiy, balki ma’naviy-ma’rifiy qadriyat sifatida ham katta ahamiyatga ega. Yoshlik paytlaridan yurtda tinchlik va adolat o‘rnatish uchun olib borgan kurashlari, bu yo‘lda ko‘rsatgan mardlik va jasorati fidoyilik va vatanparvarlik maktabidir.

Yurtboshimizning Andijonga tashrifi chog‘ida Bobur Mirzo siymosiga samimiy ehtiromi nafaqat biz – boburshunoslar, balki butun xalqimizni ruhlantirdi. Bu tashrif doirasida Prezidentimizning Bobur nomli xalqaro jamoat fondi faoliyatiga bildirgan iliq munosabatlari esa bizgada ulkan mas’uliyat yuklaydi. Bu e’tibor fond oldidagi vazifalarni yanada keng qamrovli va samarali amalga oshirishga ruhiy, ma’naviy kuch bag‘ishlaydi.

Mazkur fond faoliyati yo‘lga qo‘yilganiga, mana, o‘ttiz yildan oshibdi. Bu yillar mobaynida biz Bobur va boburiylar qoldirgan ilmiy, adabiy, ma’naviy merosni izlab topish, uni xalqimizga yetkazish, hech bo‘lmaganda ularning nusxalarini vatanga qaytarish bo‘yicha uzluksiz izlanishlar olib bordik va tadqiqotlarimiz izchil davom etmoqda.

Bu ishlarning o‘ziga yarasha mashaqqati ham bor, albatta. Muhimi, chin ko‘ngildan qilingan mehnat samarasi o‘laroq quvonarli natijalarga erishdik.

Jumladan, ilk bor Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi yaratildi. 50 dan ortiq kitob, besh jilddan iborat bibliografik maqolalar to‘plami chop etildi. Bobur tanlangan asarlari olti jildlik “Bobur Kulliyot”iga mujassamlashtirildi.

Shuningdek, “Bobur va jahon madaniyati”, “Andijon shaharsozlik madaniyati tarixi” muzeylari tashkil etildi. “Xalqaro Boburshunoslik ilmiy elektron platformasi” ishga tushirildi. Bu platforma nafaqat yurtimiz, balki xorijiy olimlar uchun ham ma’naviy muloqot va hamkorlik maydoniga aylandi. Bugungi kunda boburiylar merosini keng targ‘ib etish, tadqiqotlar o‘tkazish va uning ilmiy asosini mustahkamlash yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilib, xususan, o‘ttizga yaqin xorijiy bo‘limlar ochildi.

Fond tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy ekspeditsiyalar natijasida, o‘z yurtimiz hududidan tashqarida dafn etilgan buyuk ajdodlarimiz qabr-maqbaralarini izlab topish va obod qilish, bu orqali ziyorat turizmini rivojlantirish yuzasidan ham ishlar keng yo‘lga qo‘yilgan.

E’tirof etish joiz, Yurtboshimiz rahbarligida mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar – ayniqsa, aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish borasidagi qadamlar kundan kunga yangi bosqichga ko‘tarilayotir. O‘zgarishlar nafasini nafaqat poytaxtda, balki hududlarda ham sezmoqdamiz. Jumladan, Andijon shahridagi qurilish va bunyodkorlik ishlari doirasida Yangi Andijon shaharchasining barpo etilayotgani fikrimizning amaliy tasdig‘idir.

Andijonga tashrif doirasida viloyat vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasini abadiylashtirish maqsadida Yangi Andijon shaharchasiga Bobur shahri deb nom berilishi haqidagi taklifi boburshunos inson sifatida meni behad quvontirdi. Andijonlik nuroniylarimiz hamisha shahardagi biron bir hududga buyuk ajdodimiz nomi berilsa, degan orzuda yashashgan. Xalq orzusining ro‘yobi bo‘lgan ushbu tarixiy voqea o‘zini Bobur avlodiman degan har bir vatandoshimizni faxrlantirdi, yangi marralar sari ilhomlantirdi.

Bugun jadal sur’atlarda barpo etilayotgan Bobur shahri tarixiy merosimizga bo‘lgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, ushbu go‘sha “milliy madaniyat va san’atimiz, o‘zbekona mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik va hamkorlikni aks ettiradigan o‘ziga xos ko‘zgu bo‘lishi zarur”.

Zokirjon MASHRABOV, 
Bobur nomli xalqaro jamoat fondi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodim

“Jadid” gazetasining 2025-yil 18-apreldagi 16-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329