Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.05.2025 | 09:20

img638

OILADA GAP KO‘P…

Gʻarb davlatlari va Rossiya ko‘p muammolarning sababi oila institutining yo‘qolib borayotgani ekanini tushunib yetgan ko‘rinadi. Shaxsiy kuzatuvlarimda shunday xulosaga kelyapman...

Masalan, Rossiyaning ichki ishlar xodimi haqida ishlangan “Birinchi bo‘lim” serialining oxirgi qismlarida oila, farzand tarbiyasi haqida epizodlar ko‘paytirilgan. Yaqinda “Netfliks” tomonidan ishlangan “Balog‘at davri” seriali ham aynan oilaviy qadriyatlarning muhimligini targ‘ib qilmoqda. Ya’ni, oila instituti endi media orqali targ‘ib qilinmoqda.

Fransiyada o‘tkazilgan tadqiqotlar esa oilalardagi muammolarning 25 foizi ortiqcha ish vaqti bilan bog‘liq nizolar tufayli paydo bo‘layotganini aniqlagan. Bu – jiddiy signal!

Haqiqatan, oila insonni juda ko‘p masalada tartibga, mas’uliyatga o‘rgatadi. Oilasi yo‘qlarni bir kuzating. Ularni tiyib turadigan hech narsa yo‘q, topganini pala-partish hayotga sarflagan, ruhiy toliqish, turli kasalliklar…

Oila muhitidagi odamlar esa dardlashadigan, suyanadigan, mehr ko‘radigan odamlari borligini biladi va xotirjam bo‘ladi. Aynan oilasida halovati borlar hayotdan zavq olib yashay oladilar. Oilasiz yoki oilasida muammo bo‘la turib, o‘zini maza qilib yashayotgandek ko‘rsatadiganlar esa   usti chiroyli lekin ichidan chirigan olma kabidirlar. Tanimaydiganlar ularga havas qilgandek qarashadi, bilganlar esa ayni toifaga mansub insonlarga achinish hissi bilan boqadi.

To‘g‘ri va maqbul yo‘l shuki, oilaga ko‘proq vaqt va mablag‘ sarflash kerak. Uni mustahkamlashdan to‘xtamaslik lozim. Chunki u bizning bir umrlik manzilimiz. Qolgani esa shunchaki vaqtinchalik havaslardir…

Hamza JUMAYEV
Facebook

“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img114

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333