06.05.2025 | 09:22
982
“ABDULLA QODIRIY VA OZARBAYJON ADABIYOTI”
Yaqinda Ozarbayjon Milliy Ilmlar Akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti qoshidagi Ilmiy Kengashda iqtidorli tadqiqotchi Shabnam Mirzazoda o‘zining “Abdulla Qodiriy va Ozarbayjon adabiyoti” mavzusida bir necha yillar davomida yozgan doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Tadqiqot muallifi o‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalar masalasini XX asrning birinchi choragidagi jadidlar faoliyatiga, ularning teatr sohasidagi hamkorliklariga, shuningdek, ozarbayjon tilida nashr bo‘lgan “Mulla Nasriddin” hamda o‘zbek tilida bosilgan “Mushtum” jurnallari qiyoslariga e’tiborni qaratdi.
Shabnam Mirzazoda 2023-yili Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanining ozarbayjon tilidagi nashrini qayta tayyorlab, Bokuda chop ettirgan edi. Zero, ilk o‘zbek romani dunyodagi boshqa millatlar orasida birinchi bo‘lib ozarbayjon tiliga o‘girilgani ma’lum. Dissertatsiya muallifi 1928-yili Xolid Saidxo‘jayev tomonidan ozarbayjon tiliga tarjima qilingan ana shu nusxadan o‘z ishida unumli foydalanadi. Shabnam Mirzazoda tadqiqotida Ozarbayjon bilan o‘zbek adibi Qodiriyni bog‘lab turgan juda ko‘plab jihatlarni muhokama qiladi. Adibning “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari, “Obid ketmon” qissasi, kichik asarlari – barcha-barchasini o‘z adabiy mezonlari asosida o‘rganadi. Himoya jarayonida katta avlodga mansub olimlar Shabnam Mirzazodaning ota-bobolari ham ilm-ma’rifat ahlidan ekanini va bu jarayon avlodlar faoliyatida davom etayotganini ham esga olishdi. Tadqiqotchi ozarbayjonlik adabiyotshunoslarning ilmiy ishlari, shu bilan birga, Matyoqub Qo‘shjonov, Umarali Normatov, Sobir Mirvaliyev kabi qator qodiriyshunoslarning tadqiqotlaridan unumli foydalanibdi.
Tadqiqot mavzusi nihoyatda muhim va dolzarb, bunday tadqiqotlar o‘zbek-ozarbayjon adabiy-ma’rifiy, ijtimoiy-madaniy aloqalarining yanada kuchayishi va mustahkamlanishi uchun xizmat qilishi tabiiy. Shabnam Mirzazoda o‘z ishida 2024-yil boshidan Toshkentda “Jadid” gazetasi nashr boshlaganiga ham urg‘u berib, kelgusida bu nashr tadqiqotchilar uchun qimmatli manba bo‘lajagini ta’kidlaydi. Tadqiqotchining ilmiy rahbari – O‘zbekistonning yaqin do‘sti, muhtarama professor Olmos Ulvi xonimni ham ushbu xalqaro ahamiyatga molik ilmiy izlanishning muvaffaqiyatli himoyasi bilan muborakbod etamiz. “Abdulla Qodiriy va Ozarbayjon adabiyoti” mavzusidagi bu tadqiqot kitob holida ozarbayjon va o‘zbek tillarida ham nashr bo‘lishiga umid qilamiz.
Bahodir NURMUHAMMAD
“Jadid” gazetasining 2025-yil 2-maydagi 18-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
63
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
129
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
321



