Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.10.2024 | 10:28

img659

Adabiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga berildi. Uning mukofot sohibi boʻlganidan keyingi ilk taassuroti qanday?

Adabiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berildi.

Han Kang 1970-yil Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida tugʻilgan, toʻqqiz yoshida oilasi bilan Seulga koʻchib kelgan. Han adabiy muhitda voyaga yetgan, uning otasi taniqli yozuvchi boʻlgan. Yozish bilan bir qatorda u oʻzini sanʼat va musiqaga ham bagʻishlagan, bu uning adabiy asarlarida aks etadi.

Hanning dastlabki sheʼrlari 1993-yil “Adabiyot va jamiyat” jurnalida chop etilgan. 1995-yil ilk nasriy asari — “Yeosu sevgisi” nomli qisqa hikoyalar toʻplami nashrdan chiqqan.

Shuningdek, uning “Ayolimning mevalari”, “Olovli salamandar”, “Qora kiyik”, “Sovuq qoʻllar”, “Yunon darslari”, “Oq kitob”, “Moʻgʻul xoli”, “Shamol”, “Vidolashmaymiz” hamda boshqa sheʼriy va nasriy asarlari chop etilib, bir qancha adabiy mukofotlarga sazovor boʻlgan.

Han Kanning dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan asari — “Vegetarian” (2007) romani hisoblanadi. Uch qismdan iborat ushbu kitobda bosh qahramon Yeong Hening ovqatlanish meʼyorlariga boʻysunishdan bosh tortishi natijasida yuzaga kelgan shafqatsiz oqibatlar tasvirlangan. Asar qahramonining goʻsht isteʼmol qilmaslik qarori uni turli xil va bir-biridan butunlay farq qiladigan hodisalarga roʻbaru qiladi. Uning bu xatti-harakati oilasining qarshiligiga uchraydi.

Quyidagi intervyuda uning mukofotni qoʻlga kiritganidan keyingi dastlabki taassurotlari oʻrin olgan.

“Men nihoyatda hayratdaman. Kimdir menga qoʻngʻiroq qildi va mukofot sohibi boʻlganim toʻgʻrisidagi yangilikni yetkazdi, shu bois hayratda qoldim.

Men endigina oʻgʻlim bilan birgalikda kechki ovqatni tanovul qilib boʻlgandim. Koreyada soat kechki sakkiz boʻldi. Hozir sokin oqshom hukm surmoqda. Men haqiqatdan ham hayratdaman.

Bugun hech ish qilmadim, biroz kitob mutolaa qildim va koʻchada sayr qildim. Odatdagi kunlardan biri boʻldi. Mukofotga sazovor boʻlganimdan oʻgʻlim ham hayratlandi, ammo biz bu haqda uzoq gaplashmadik. Meni qoʻllab-quvvatlaganlaridan va mukofotga loyiq koʻrishganidan minnatdorman.

Bolaligimdan kitoblar orasida, shu jumladan, koreys adabiyotga oshno boʻlgan holda oʻsganman. Shu bois, ushbu yangilik koreys adabiyoti oʻquvchilari va yozuvchilari, yaqinlarim va doʻstlarim uchun yoqimli xushxabar boʻladi degan umiddaman.

Bolaligimdan barcha yozuvchilarni birday koʻrganman. Ular hayotning maʼnosini izlashadi. Baʼzida adashadi, baʼzida esa qatʼiyatli boʻlishadi. Ularning barcha saʼy-harakati, kuch-gʻayrati menga ilhom manbayi boʻlib xizmat qilgan. Shu bois, meni ilhomlantirgan ayrim shaxslarning nomlarini aytish juda qiyin. Bu men uchun haqiqatan ham mushkul vazifa.

Oʻylaymanki, har bir yozuvchi oʻzining eng soʻnggi kitobini yoqtiradi. Mening eng soʻnggi kitobim esa ”Biz vidolashmaymiz“ deb nomlanadi.

”Vegetarian“ asarini uch yil davomida yozib tugatdim va shu uch yil qandaydir sabablarga koʻra men uchun qiyin davr boʻldi. Shu uch yil ichida men bosh qahramonning qiyofasini, uning atrofidagi odamlarni, daraxtlar, quyosh nuri, umuman, barcha narsaning tasvirini yaratishga qiynalganman.

Mukofotni oʻgʻlim bilan choy ichgan holda tinchgina nishonlamoqchiman. Rahmat”.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324