21.07.2026 | 12:14
1341
ALIFBOMIZ ISLOHGA MUHTOJMIDI?
Alifbo islohidan tashvishlanayotgan va bu takliflarni to‘g‘ri qaror deb hisoblamaydigan yurtdoshlarimiz kam emas. Lekin avvaldan noqulay, xatolari ko‘p alifboni qo‘llashda davom etish, alifbo osonlikcha yozilmagani, bexato yozishga mos bo‘lmagani uchun xato yozuvlarni qabul qilishda davom etaverish ham yana noo‘rin. Nihoyat, ko‘p millatdoshlarimiz qo‘llay olmayotgan, maktablardagina qoidalar bo‘yicha yozilib o‘rgatilayotgan, texnika tanimaydigan, tan olmaydigan, husnixatda ham ko‘plab to‘xtamlar sababli xatolar ziyod kelib chiqadigan, haqiqiy noshirlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan alifboga isloh kiritilmoqda.

O‘zgarishlardan qo‘rqmaslik kerak. Isloh savodlilarni savodsiz qilib qo‘ymaydi, aksincha, hushyor torttiradi. Kelajakda bu islohdan katta natijalar ko‘riladi. Biz yaqin 10–20 yilni emas, yuz yillarni o‘ylashimiz, hisobga olishimiz zarur.
Alifbo faqat maktabda savod chiqarish uchungina darkor bo‘ladigan belgilar yig‘indisi emas. U insonning butun umri davomida bilim olishi, fikrini ravon ifodalashi va zamonaviy axborot makonida erkin faoliyat yuritishi uchun ham xizmat qiladi. Davlat qiyofasini belgilaydi, unga oid barcha ma’lumotlarni qayd etishda zarur bo‘ladi.
Yozuv takomillashsa, millionlagan manbalar kelajak avlodga bexato va qulay ko‘rinishda yetib boradi. Har bir harfning aniq va qulay bo‘lishi kitob mutolaa qilishni, hujjatlar bilan ishlashni, kompyuter va mobil qurilmalarda matn terishni yengillashtiradi. Shuningdek, izchil alifbo elektron qidiruv tizimlari, sun’iy intellekt, tarjima dasturlari va xalqaro axborot almashinuvida xatolarni kamaytiradi. Umuman, alifbo nafaqat ta’lim vositasi, balki ilm-fan, texnologiya, madaniyat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydigan muhim poydevordir.
Islohning asosiy maqsadi ham alifboni xalqaro standartlarga yaqinlashtirish va yozishni soddalashtirishdir.
Muhokama qilinayotgan 4 ta harfni yozishda ko‘p xatolar yuzaga kelardi.
Amaldagi Taklif etilgan
Оʻ Ō
Gʻ Ğ
Sh Ş
Ch Ç
“Sh” va “Ch” ikki harfdan iborat. Kompyuter uni ikki alohida belgi deb qabul qiladi. Alifbo tartibida muammolar tug‘iladi. Qisqartma va kodlashda noqulay. Yangi ko‘rinishda bir tovush – bitta harf tamoyiliga mos keladi. Afzalligi – yozish qisqaradi, alifbo izchil bo‘ladi, kompyuter qayta ishlashi, lug‘at tuzish osonlashadi, pasport va xalqaro bazalarda xato kamayadi.
Bugungi “Оʻ” harfi aslida ikki belgidan iborat: “О + ʻ” Bu apostrofning o‘zi ham bir xil emas. Internetda: ` , ʻ, ʹ, ‘ kabi turli belgilar ishlatiladi. Masalan, “O‘zbekiston” quyidagicha yozilib kelmoqda: O‘zbekiston, O’zbekiston, O`zbekiston, Ozbekiston va hokazo. Qidiruv tizimi bularni har doim ham bir xil deb qabul qilmaydi. Yangi ko‘rinish: Ōzbekiston. Afzalligi: apostrof yo‘qoladi, telefon klaviaturasida qulayroq, qidiruv tizimlari yaxshi ishlaydi, domen nomlari va elektron pochta yozishda xatolar kamayadi. Gʻ ham xuddi Оʻ kabi.
Ng harf-birikmasi ham mamlakatimizning barcha hududlarida mavjud emas. Bir harf alifbomiz qatoridan joy olishi uchun u bilan so‘zlar boshlanishi kerak. “Ng”ni talaffuz qiluvchilarning ko‘pchiligi bu birikmani “menga, senga” kabi so‘zlar tarkibida ham mavjud deb biladilar.
Islohga umumiy sabablardan biri, bugungi kunda sun’iy intellekt, qidiruv tizimlari, tarjimon dasturlar, elektron hukumat, ma’lumotlar bazalari – barchasi yagona belgilar bilan ishlashni afzal ko‘radi. Turk, ozarbayjon, turkman va boshqa ayrim turkiy tillar lotin yozuvida diakritik belgili (masalan Ş, Ç, Ğ) harflardan foydalanadi.
Alifbomizdagi eng noqulay va o‘zaro yozuvlarimizning katta qismida qo‘llanmayotgan belgi – bu aynan apostrofdir. Masalan, fayl nomlarida, internet manzillarida, dasturlashda, ma’lumotlar bazalarida, elektron hujjatlarda apostrof ko‘p hollarda noto‘g‘ri ishlaydi yoki umuman qabul qilinmaydi. Shuning uchun yagona harf qo‘llash texnik jihatdan qulayroq hisoblanadi.
Agar bu o‘zgarishlar to‘liq joriy etilsa, savod chiqarish va alifbo tartibi izchilroq bo‘ladi. Lotin yozuvidan foydalanadigan boshqa turkiy tillar tajribasiga yaqinlashiladi. Yangi darsliklar va hujjatlarni moslashtirish xarajatsiz bo‘lishi uchun darsliklar, hujjatlar faqat yangilash muddati kelgandagina islohdagi alifboga o‘tkaziladi, ya’ni o‘zgarishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Hammasi puxta o‘ylangan. Mutaxassislar shu shaklda yaxshi bo‘lishini aytdilarmi, ularga ishonish kerak. Chunki ular butun millatimizga yaxshi bo‘lishini o‘ylaganlar. Shu kundagi 30–40 yillik avlod birozgina qiynalsa ham, 4 ta harfni qayta o‘rgansa ham, undan keyingi uzoq yillarga munosib alifbo uzatilgani ma’qul.
Bir e’tibor qilib ko‘ring, telefonda xabar terayotganda bexato yozaman, desangiz, apostrof va tutuq belgilari uchun harflar sahifasidan raqamlar sahifasiga o‘tishingiz kerak. Bu ham katta muammo. Aksariyat kishilar xabar yo‘llashda sahifalarni almashtirib o‘tirmaydi. Natijada “Ozing borasanmi, vaqtim tigiz” kabi tarzda yozilib, yetkazilaveradi. Mamlakat miqyosida savodning yuqorilab bormasligi sabablaridan biri ham ana shudir.
O‘zbek matnlarini texnologiya yordamida ovozlashtirish jarayonlari va natijalarini kuzatsangiz yoki agar matnni ovozli xizmatlarga solsak, ahvol juda ayanchli bo‘ladi. “Alifbodagi ozgarishlar, belgilar yigindisi” deb o‘qib beradi. Siz ham bunga necha bora guvoh bo‘lgansiz. Bularning hammasi nobop alifboning xizmati.
Umuman, amaldagi alifboga isloh juda zarur edi. Shuning uchun bu o‘zgarishlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.
Ma’mura ZOHIDOVA
Facebook
“Jadid” gazetasining 2026-yil 17-iyuldagi 29-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600
