20.02.2025 | 12:00
292
AMSTERDAMDA NAVOIYXONLIK
Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy hazratlari tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Niderlandiya qirolligi poytaxtida ham tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Yunus Emro instituti bilan hamkorlikda uyushtirilgan xotira va ehtirom kechasiga tashrif buyurgan yurtimizning Benilyuks mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi Gʻayrat Fozilov, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘istonning Niderlandiya qirolligidagi elchilari ulug‘ bobokalonimizning turkiy xalqlar madaniyati va adabiyoti taraqqiyotidagi muhim o‘rni va uning o‘lmas merosi borasidagi e’tiroflarini izhor etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan boshqa faollar, xususan, jurnalist va tashkilotchi Burxoniddin Jarloq, tadqiqotchi olima Zifa Avezova, yozuvchi Sharifjon Ahmad hazrat Navoiy faqatgina turk xalqlarining emas, balki butun insoniyatga taalluqli daho ekani borasida mulohazalar bildirishdi. Zotan, uning yaxlit ijodi faqat va faqat ezgulik istagi bilan to‘yinganligi, odamiylikka xizmat qilishga doir da’vat va chaqiriqlari nafaqat o‘z millatiga, balki shu bilan barobar butun dunyo xalqlariga qaratilgan murojaat ham ekani alohida uqtirib o‘tildi. Bu da’vatlarning asos nuqtasi shoir va mutafakkirning mana bu ikki satrida namoyon bo‘lgani ta’kidlandi:
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish…
Xotira kechasida qardosh turkiy xalqlarning Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Nizomiy Ganjaviy, Maxtumquli Firog‘iy singari boshqa ulug‘ allomalari merosiga ham alohida to‘xtalib o‘tilib, ularning ham ma’naviy merosi barcha qardosh millatlar uchun bebaho xazina ekani ta’kidlandi. Shu bilan birga, ilk bora sof turkiyda monumental “Xamsa” bitgan hazrat Navoiyning ushbu silsilada tutgan o‘rni beqiyos ekanligi yana bir karra e’tirof qilindi. Zotan, shu kunlarda qutlug‘ 542 yilligini nishonlaydiganimiz – yana bir buyuk o‘zbek shoiri, shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari deganlari kabi: “Alisherbek… turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”.
Shahodat ULUGʻ
Niderlandiya qirolligi Amsterdam shahri
“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-fevraldagi 7-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
104
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



