Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.07.2024 | 18:01

img308

Avgust oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

Avgust issiq ob-havo bilan boshlanadi. Oyning birinchi besh kunligida kunduz kunlari havo 39-41 darajagacha, janubda 42-44 darajagacha isiydi.

Keyinalik issiq biroz pasayadi va hududning katta qismida birinchi oʻn kunlikning oxirigacha kunduz kungi havo harorati 36-39 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda  40-42 darajagacha boʻladi.

Ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda harorat kechalari 22-25 darajadan 17-20 darajagacha, kunduz kunlari 35-38 darajadan 30-33 darajagacha oʻzgarib turadi.

Avgust oyi quruq boʻlishi kutilmoqda. Oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyor atrofida, baʼzi joylarda meʼyordan kam boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Oyning uchinchi oʻn kunligining ayrim kunlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.

Oʻzbekistonda avgust oyi odatda qayday boʻladi?

Avgust oyida harorat foni asta-sekin pasayishni boshlaydi. Oʻzbekiston hududi boʻyicha avgust oyining oʻrtacha oylik harorati iyul oyiga nisbatan 1,5-2,5 darajaga pastdir.

Avgustda haroratning mutlaq maksimumi ham iyulning maksimumidan past boʻladi.

Shunday qilib, Toshkentda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng yuqori havo harorati iyul oyida 44,6 darajani (bunday harorat 1997-yilda qayd etilgan), avgust oyida esa 43,1 darajani (1944-yil) tashkil etadi.

Soʻnggi 10 yil ichida avgust oyida 41,8 daraja boʻlgan eng yuqori harorat 2019-yilda kuzatilgan. Respublikaning eng chekka janubida, Termiz shahrida eng yuqori harorat iyul oyida 48,6 darajani (1914-yil), avgust oyida esa 46,3 darajani (1947-yil) tashkil etadi.

Avgust iqlim xususiyatlari jihatidan iyul kabi issiq boʻlmasa ham, bu hali ham juda issiq oy deb hisoblanadi. Hududning katta qismida avgust oyida asosan kunduzgi harorat 33-38 darajani, janubda va choʻl hududlarda 37-42 darajani tashkil etadi.

Issiq ob-havoning eng yuqori choʻqqilarida ayrim kunlarda havo harorati 40-42 darajaga, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 43-45 darajaga yetadi.

Shunga qaramay, avgust oyining ikkinchi yarmida kuz fasli yaqinlashayotgani seziladi. Salqin havoning kirib kelish soni koʻpayadi. Harorat 40 daraja va undan yuqori boʻlgan kunlar soni iyul oyiga nisbatan sezilarli darajada kamayadi.

Oʻzbekiston hududining katta qismida avgust oyida havo harorati 40 darajadan yuqori boʻlmagan yillar ham kuzatilgan va faqat shimolda, janubda va choʻl hududlarda ayrim kunlarda havo 41-43 darajagacha isigan. Soʻnggi yillarda bunday avgust oylari 2020, 2021 va 2022-yillarda kuzatildi.

Togʻ tizmalariga yaqinroq joylashgan hududlarda, koʻp yillik kuzatuv maʼlumotlariga koʻra, avgust oyida harorat deyarli hech qachon 40 darajagacha koʻtarilmagan.

Ayrim yillarda avgust oyida salqin havo kirib kelishi Oʻzbekiston hududi boʻyicha kunduzgi haroratni 25-30 darajagacha, baʼzida esa undan ham pastroq, yaʼni 20-25 darajagacha pasaytiradi (2020 va 2023-yillarda avgust oyining oxirida shunday boʻlgan).

Oʻzbekistonda avgust yilning eng quruq oyidir. Avgust oyida yomgʻirlar juda kam yogʻadi, hududning katta qismida oʻrtacha 1 kundan 3 kungacha biroz yomgʻir yogʻadi, oʻrtacha oylik yogʻingarchilik miqdori esa 1-2 mm dan, Fargʻona vodiysida 3-5 mm dan koʻp boʻlmaydi.

Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir tez-tez yogʻadi va oʻrtacha oylik yogʻingarchilik miqdori baʼzi joylarda 12-15 mm ni, Fargʻona viloyati togʻlarida va Toshkent viloyatining baland togʻlarida 20-22 mm ni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida ushbu eng qurgʻoqchil oyda nisbatan jadallikdagi jala yomgʻirlar kuzatilgan istisno holatlar mavjud. Shunday qilib, 2020-yil avgust oyi oxirida Oʻzbekistonning markaziy viloyatlarida yogʻingarchilik miqdori 10-34 mm boʻlgan kuchli jala yomgʻirlar yogʻdi.

2023-yilning avgust oyi yogʻingarchilik boʻlishi jihatidan gʻayrioddiy yil boʻldi. Uzoq muddatli quruq va biroz issiq ob-havodan soʻng 2023-yil 27-31-iyul kunlari Oʻzbekistonning deyarli barcha hududi boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻdi. Baʼzi joylarda yomgʻir kuchli yogʻdi – bir kecha-kunduzda, aniqrogʻi, bir necha soat ichida yogʻingarchilik miqdori avgust oyidagi oylik meʼyordan bir necha baravar koʻp boʻldi.

Respublikaning ayrim hududlarida bir kecha-kunduzlik yogʻingarchilik miqdorining tarixiy maksimumlari yangilandi.

Eng eʼtiborga loyiq rekordlar Sariosiyo meteostansiyasi (Surxondaryo viloyati togʻ oldida) hududida oʻrnatildi, bunda oylik meʼyor 0,4 mm boʻlganda 3 soat 10 daqiqa ichida 35 mm, Qoʻqon meteostansiyasi (Fargʻona vodiysi) hududida oylik meʼyor 5 mm boʻlganda 20 daqiqa ichida 35 mm yogʻingarchilik boʻldi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img328