08.11.2024 | 14:21
1839
BALLADA
«Ballada» so‘zining bir nechta ta’rifi mavjud. Roman xalqlari o‘rta asrlardagi raqs qo‘shiqlarini shunday atashgan. Keyingi o‘rta asrlar va Uyg‘onish davrida esa «ballada» so‘zi musiqa jo‘rligida ijro etiladigan she’riy hikoyani, keyinchalik esa romantik hikoyanavis she’riyatning butun janrini anglatadigan bo‘ldi. Shuningdek, «ballada» deb hikoya qilish xususiyatiga ega musiqiy asarlarga ham aytilgan; zamonamizda esa sekin sur’atli romantik yoki sentimental qo‘shiqlar (masalan, rok-ballada) ham shunday nomlanmoqda.
«Ballada» so‘zi italyancha «ballare» – «raqsga tushmoq» fe’lidan kelib chiqqan. Dastlab bu italyancha xor qo‘shig‘i bo‘lgan. XII–XIII asrlarda saroy shoirlari va sayyor musiqachilar butun Yevropa bo‘ylab hikoyaviy balladalar yaratishgan. XV asrda bu janr Angliyada ommalashdi. XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida ingliz va shotland shoirlari Tomas Persi, Valter Skott, Robert Byorns va boshqalar bu janrni qayta jonlantirib, unga yangi, romantik ohang baxsh etdi.
Ballada janridagi ijod namunalari o‘zbek mumtoz adabiyoti (Sayfi Saroyi – “Suxayl va Guldursun”) va zamonaviy adabiyot(Maqsud Shayxzoda – “Sulh daraxti”, Shuhrat – “Mardlik afsonasi”, Hamid Olimjon – “Jangchi Tursun”, G‘afur G‘ulom – “Suv va nur” asarlari)da ham uchraydi. O‘zbek musiqasida ballada ko‘proq qahramonlik yoki ishqiy-qahramonlik, falsafiy talqinga ega (D. Zokirov, I. Akbarov, D. Saydaminova). Mutal Burhonovning simfonik orkestr uchun mo‘ljallangan “Ishq o‘ti” balladasi (1939-yil, Mashrab g‘azali) mazkur janrning O‘zbekistondagi ilk namunasidir.
Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596

