Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.06.2026 | 16:16

img2914

BEFARQLIK HAM AFYUNDIR

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalasi umummilliy harakatga aylanib, buning uchun barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda. 2024-yilda narkotiklarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilingani, yaqinda Samarqand shahrida “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida xalqaro forum o‘tkazilgani bu borada muhim qadamlardan bo‘ldi.

Lekin deyarli har kuni “fosh etilgan giyohvandlik laboratoriyasi yoki uyushgan narkotizim” haqida etni junjiktirar xabarlar e’lon qilinyapti.

Giyohvandlik va alkogolizmni faqat shaxsiy tanlov yoki irodasizlik natijasi sifatida ko‘rish ancha sodda yondashuv. Aslida, ko‘p hollarda insonni bu yo‘lga yetaklaydigan omillar ancha chuqur va ko‘p qatlamli bo‘ladi. Ishsizlik yoki moliyaviy beqarorlik insonda umidsizlik hissini kuchaytirib, vaqtinchalik “chalg‘ish” vositalarini izlashga olib kelishi mumkin. Shuningdek, nosog‘lom ijtimoiy muhit, oilaviy nizolar, nazoratning sustligi yoki atrofdagilar ta’siri, ayniqsa, yoshlar uchun hal qiluvchi omilga aylanadi. Depressiya, yolg‘izlik hissi yoki o‘zini qadrsiz his qilish kabi holatlar insonni turli afyunlar orqali tasalli izlashga undaydi. Bunday vaziyatlarda faqat jazo yoki qoralash emas, aksincha, psixologik yordam, reabilitatsiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim maskanlarida profilaktika ishlarini formal uchrashuvlar bilan cheklab qo‘ymasdan, ularni tizimli va interaktiv shaklga o‘tkazish, giyohvandlikka qarshi alohida modullar joriy qilib, ularda hayotiy qaror qabul qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi lozim, deb o‘ylaymiz. Har bir ta’lim muassasasida amaliy psixologlar faoliyatini faollashtirib, yoshlar uchun anonim murojaat imkoniyatlarini yaratish, ayniqsa, depressiya, yolg‘izlik yoki bosimni his qilayotgan o‘quvchilarni erta aniqlash va ular bilan individual ishlash mexanizmlarini joriy etish maqsadga muvofiqdir.

Eng muhimi, jamiyatning har bir a’zosi bunday zararli illatlarga nisbatan befarq bo‘lmasligi, ogohlik va mas’uliyat bilan yondashishi zarur. Chunki muammo bir insonniki emas, bu – jamiyatning ertasi, millatning kelajagi masalasidir.

Bahrom BOYMURODOV,
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi

“Jadid” gazetasining 2026-yil 22-maydagi 21-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img114

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333