18.05.2026 | 16:23
1089
BEHBUDIY SAVOLIGA JAVOB IZLAGAN NOBELCHILAR
2025-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan Joel Mokir “texnologik taraqqiyot orqali barqaror o‘sish uchun shart-sharoitlarni aniqlagani” hamda Filipp Agiyon va Piter Xovit “kreativ destruksiya orqali barqaror o‘sish nazariyasi” uchun taqdirlandi.

BARQARORLIK OMILI
Insoniyat tarixi davomida iqtisodiy turg‘unlik ko‘p asrlar mobaynida odatiy hol bo‘lib kelgan. Faqat so‘nggi ikki yuz yil ichida uzluksiz o‘sish kuzatildi. Bu esa millionlab insonlarni qashshoqlikdan chiqarib, zamonaviy farovon jamiyatning shakllanishiga zamin yaratdi. Laureatlar aynan shu o‘sishning asosiy manbayi innovatsiyalar ekanini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Yangi texnologiyalar, ishlab chiqarish usullari va mahsulotlar iqtisodiyotni doimiy yangilanishga majbur qiladi. Natijada, mehnat unumdorligi ortib, turmush darajasi yaxshilanadi va hayot sifati o‘sadi.
JOEL MOKIR
1946-yilda tug‘ilgan Joel Mokir iqtisodiy tarix va texnologik taraqqiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qildi. Uning fikricha, innovatsiyalar barqarorligi uchun inson faqat “Nima ishlaydi?” deb emas, balki “Qanday ishlaydi?” tarzida savol qo‘yish kerak. Sanoat inqilobidan avval ko‘plab ixtirolar mavjud bo‘lgan, biroq ular chuqur ilm bilan takomillashtirilib borilmagani sababli uzoq muddatli o‘sishni ta’minlay olmagan. Olim bilim, ochiq fikrlash va yangi g‘oyalar uchun erkin muhit yaratish iqtisodiy taraqqiyotning asosiy sharti ekanini ko‘rsatib berdi. Uning tadqiqotlari bugungi kunda ham innovatsion iqtisodiyot, ta’lim siyosati va texnologiya rivoji sohalarida muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
FILIPP AGIYON VA PITER XOVIT
Ikki olim 1992-yilda iqtisodiy o‘sishning mashhur “ijodiy vayronkorlik” modelini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, bozorga yangi va samarali texnologiya kirib kelganda, eski texnologiyaga tayangan kompaniyalar raqobatda yutqazadi. Bu jarayon “ijodiy”, chunki u yangilik va taraqqiyot yaratadi. Shu bilan birga, u “vayronakor” hamdir. Zero, eski ishlab chiqarish tizimlari bozordan chiqarib yuboriladi. Olimlar ushbu jarayon iqtisodiy o‘sish uchun zarur ekanini, ammo u jamiyatda ziddiyatlar ham keltirib chiqarishini ta’kidlaydi. Agar davlat va institutlar innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlamasa, o‘z manfaatini yo‘qotishdan qo‘rqqan katta kompaniyalar taraqqiyotni sekinlashtirishi mumkin.
DOLZARBLIGI
Laureatlarning ishlari sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va biotexnologiyalar jadal rivojlanayotgan davrda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ularning nazariyalari innovatsiyalar faqat texnologiya emas, balki iqtisodiy erkinlik, raqobat va ochiq ilm-fan muhiti bilan ham chambarchas bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Mukofot qo‘mitasi raisi Jon Hassler ta’kidlaganidek: “Iqtisodiy o‘sish o‘z-o‘zidan kafolatlanmaydi. Jamiyat innovatsiya va ijodiy vayronakorlik mexanizmlarini saqlab qolishi lozim. Aks holda insoniyat yana turg‘unlikka qaytishi mumkin”.
XULOSA
Ulug‘ jadid Mahmudxo‘ja Behbudiy 1913-yilda matbuotda “Millatlar qanday taraqqiy etarlar?” degan masalani ko‘targan edi. Oradan bir asr o‘tib, Niderlandiya, Fransiya va Kanada fuqarolari bo‘lgan uch professor ushbu savolga iqtisod sohasida javob topishga harakat qildi va buni uddaladi ham.
Jasmina ISROIL tayyorladi.
“Jadid” gazetasining 2026-yil 15-maydagi 20-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



