Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.08.2024 | 18:30

img403

BIRLASHADIGAN VAQT KELDI

Biz – bir guruh adiblar, olimlar, ziyolilar va jamoat arboblari Ostona shahrida ulug‘ shoir va mutafakkir, betimsol siymo Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimiga taklif etilgandik. Guruhimiz tarkibida Sirojiddin Sayyid, Shuhrat Sirojiddinov, Gʻafur Shermuhammad, Olimjon Davlatov, Dilnavoz Yusupova, Serik Usenov kabi ijodkor, olimlar bo‘lib barchamiz hayajonda edik.

Men ulug‘ bobomizga dunyoda qo‘yilgan haykallarni eslab ketdim. Shoir taval­ludining 527 yilligiga 1968-yilda O‘sh shahrida shunday haykal bo‘y ko‘rsatgan edi. U shoirning xorijda o‘rnatilgan birin­chi haykali sifatida mashhur. Keyin Mos­kva (2002), Tokio (2004), Boku (2008), Shanxay (2017), Dushanbe (2018), Minsk (2019), Seul (2021) kabi shaharlarda Ali­sher Navoiyga haykallar barpo etildi. Mana, endi bu sharafli estafetani Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona davom ettirmoqda.

Ostona – yosh shahar, uning asli nomi Oq mola edi. 1997-yilda shahar Qozog‘is­ton Res­publikasi poytaxti etib belgilangach, Ostona nomini oldi. Hozir obod va gullab-gurkirab borayotgan shahar, unda bir milliondan ortiq odam yashaydi. Bir-biriga o‘xshamas shinam binolar qad ko‘targan.

…1838–1847-yillarda Oq podsho mus­tamlakachilariga qarshi kurashgan jasur Kenesarixon, ayni shu yerda, Ishim va Yesil daryolari bo‘yida dushmanga qarshi ayovsiz jang olib borgan. Shu sababdan, ulug‘ xonni Ostona shahrining asoschisi deb ham ataydilar. Bundan qirq yillar muqad­dam mashhur qozoq yozuvchisi Ilyos Yesenberlinning Kenesari Qosimovga bag‘ishlangan “Xan Kene” tarixiy romanini o‘qigandim va hayratlangandim.

 Alisher Navoiy haykali shahar­ning markazida, serdaraxt xiyobonda joylashgan edi. Haqiqiy ishqni kuylagan ulug‘ shoir ruhiga mos, oshiqlar xiyoboni, desa yarashadi. Odam gavjum. Bu yerda shahar jamoatchiligi – arboblar, ziyolilar, shoir va adib­lar to‘planishgan. Hamma­miz shirin bir bezovtalik va hayajonda tantanali lahzalarni kutardik.

Qozog‘iston Respublikasi Prezi­denti Qosim-Jomart To‘qayev bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xiyobonga kirib kelishganda hamma oyoqqa qalqdi.

Prezidentlar oq matoni tushirganlarida ko‘z oldimizda shoirning muh­tasham haykali namoyon bo‘ldi.

– Haykalning bo‘yi qancha? – deb so‘radim yonimda turgan, haykal muallifi O‘zbekiston xalq rassomi Jasvant Annazarovdan.

– Shohsupa bilan hisoblaganda bo‘yi sakkiz yarim metrdan iborat.

– Buyuk faylasuf va insonparvar shoir Alisher Navoiyning ijodiy merosi nafaqat o‘zbek xalqiga, balki butun dunyoga tegishli noyob boylikdir. Navoiy asarlari XVI asrdayoq italyan va nemis tillariga tarjima qilingan bo‘lsa, bugungi kunda dunyoning deyarli barcha tillarida yangramoqda. Asrlar davomida hayotning o‘ziga xos ensiklopediyasi bo‘lgan uning ijodi millionlab insonlarni hayratga solib, ruhlantirib kelmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Haykali Toshkentning markaziy maydonlaridan birini be­zab turgan qozoq xalqining buyuk farzandi, qozoq adabiyotining mumtoz namoyandasi Abay Qo‘nonboyev Sharqning boshqa buyuk shoirlari qatori Alisher Navoiyni ham o‘zining ustozi deb bilgan…

Qozog‘iston Prezidenti o‘z so‘zida poytaxtda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali o‘rnatilgani qozoq xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan alohida hurmati ramzi ekani­ga urg‘u berdi.

Bizni muhtasham “Ostona opera” davlat opera va balet teatriga Markaziy Osiyo va Ozarbayjon san’at ustalarining “Do‘stlik kechasi” tantanali konsertiga taklif etishdi.

Navoiy haykali poyida ikki muh­taram Prezident bilan diydorla­shish nasib etgan bo‘lsa, endi zalda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, sammitning faxriy mehmoni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kabi hurmatli siymolar bilan birga zavq­yob konsertdan bahramand bo‘l­dik. Markaziy Osiyo davlatlari Prezi­dentlari baqamti, jamuljam! Folk­lor-etnografik ansambllar va estrada san’atkorlarining rang-barang milliy liboslarda chiqishlari, ijro etilgan milliy qo‘shiq va raqslar xalqlarimizning tomir­dosh-u qondosh mushtarakligini va madaniy yaqinligini yaqqol namo­yon qildi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbar­larining VI Maslahat uchrashuvi qiz­g‘in va jo‘shqin o‘tdi. Hurmat-u e’zoz ruhiga cho‘milgan uchrashuvda O‘z­be­kiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi.

– Siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun Mar­kaziy Osiyo qo‘shnichilik, o‘zaro man­faatli hamkorlik va barqaror taraq­qiyot makoniga aylanmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.

Qozog‘is­ton Prezidenti Qosim-­Jomart To‘qayev davlatimiz rahbariga O‘zbekiston – Qozog‘iston do‘stligini mus­tahkamlashga qo‘sh­gan ulkan hissasi uchun mezbon mamlakatning eng oliy davlat muko­foti – “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordenini tantanali ravishda topshirdi.

Biz qalam ahli, davlatimiz rahbarini qutlug‘ mukofot bilan chin yurakdan muborakbod etamiz! Bu bizga, xalqimizga berilgan mukofotdir!

Qozog‘iston Respublikasi Prezi­denti ajoyib loyihani olg‘a surdi. Uning fikricha, ildizi, kelib chiqishi bir-biriga o‘xshash, yaqin mintaqa xalqlarining yagona tarixini yaratish kerak.

O‘zbekiston Prezidenti uch­ra­shuv­da qator tashabbus va tak­liflarga boy, jo‘shqin nutq so‘zladi. Yurtboshimiz o‘z nutqida global jarayonning Markaziy Osiyodagi barqaror rivojla­nishga ta’siri tahlilidan kelib chiqib, mamlakatlarimizning kelajagi haqida so‘zlab, mintaqada amaliy hamkorlikning qator ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Sanksiya siyosatining asiriga aylangan bir vaziyatda, milliy ID-kartalarni mintaqa miqyosida tan olish, mudofaa siyosatida hamkorlik, yago­na mintaqa pozitsiyasini shakllanti­rish kabi takliflar – Markaziy Osiyo­ning dunyoga yagona kuch sifatida namoyon bo‘layotganini isbotlaydi.

Mintaqa tobora integratsiya va ittifoqchilik tomon olg‘a qa­dam tashlamoqda. Markaziy ­Osiyo yagona ittifoq tomon burildi, degan fikrlar ko‘proq jaranglamoqda, qanot yozmoqda. Markaziy Osiyo umumtelekanalini ochish zaruriyati tug‘ilmoq­da. Shunday shiddatli zamonda yolg‘iz harakat qilmoq kutilgan natijalarga yeti­shishni uzoqlashtiradi. Mam­lakatlar rahbarlari mintaqani birlashtirish, global muammolarni bir­ga­likda hal qilish, ittifoqchilik munosabatlarini rivoj­lan­tirish ma­sa­­lalariga diqqatni qaratmoqda. Mar­kaziy Osiyo mamlakatlarining farovonligi ko‘p jihatdan umumiy sa’y-harakatlarga, yakdillikka, min­ta­­qa manfaatlari­ni birgalikda ilgari su­rishga bog‘liq bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan muhim stra­tegik hujjat – Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik­ni ta’minlash kon­sep­siyasi­ni ishlab chiqish taklif etilmoqda. Birlashadigan vaqt keldi…

Navoiy hazratlari butun elga, inso­niyatga yaxshilikni ravo ko‘rib, dushmanlikni la’natlab, ezgulikni – bahamjihatlikni, birlashishni ulug‘lab, tabarruk bir tavajjuhda jahonga boqar­kan, “Farhod va Shirin” dostonida:

Agar bir qavm, gar yuz, yo‘qsa mingdur,

Muayyan turk ulusi xud meningdur! –

deb hayqirgan edi.

Ne hikmatki, shoir ruhini shod etib, uning haykali tantanali ochilgan Ostonada Markaziy Osiyoning uzoqni ko‘z­laguvchi zukko va donishmand rahbarlari birlashib, yakdil bo‘lib min­ta­qani xavfsizlikning mustahkam qo‘r­g‘oniga aylantirish tashvishini chek­moqdalar… Bu naqadar quvonch­li hodisa!

Ha¸ birlashadigan vaqt keldi, aziz­lar!

Muhammad ALI,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img593

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591