05.03.2025 | 15:05
667
“BIRPAS”MI, “IKKIPAS”?..
“Biz bilan birpas o‘tiring”, deymiz. Umuman, birpas so‘zini biz ko‘p ishlatamiz. Lekin uning tarixini, kechmishini, sakkiz og‘a-inidan bir o‘zi yolg‘iz qolganini, yetti aka-ukasi esa, tarix to‘zonlarida yo‘q bo‘lib ketganini bilmaymiz.

Qizig‘i shundaki, birpas so‘zidagi pas qismi tilimiz tarixida “kechaning sakkizdan biri” degan ma’noni anglatgan. Shuning uchun ham, kechaning bir pasi, kechaning ikki pasi, uch pasi, to‘rt pasi, besh pasi, olti pasi, yetti pasi, va nihoyat, sakkiz pasi kabi iboralar tilimizda ishlatilgan. Bir kecha sakkizga bo‘lingan. Xullas, ular jami sakkiz og‘a-ini bo‘lishgan. Shuningdek, pas so‘zining “rioya, e’tibor”, “saqlash, qo‘riqlash” degan ma’nolari ham bo‘lgan. Birpas so‘zining paydo bo‘lish tarixi “O‘zbek adabiy tili leksikasi tarixi” kitobida shunday izohlangan. Yaponlarda ham shunga o‘xshash holat – kechaning hayvonlar nomi bilan soatlarga bo‘linishi bor.
Zahiriddin Muhammad Boburning quyidagi gapi ham kechaning aniq paslarga bo‘linishiga dalil bo‘la oladi.
Kechaning uch pasig‘acha yo‘l yurdik.
(“Boburnoma”dan).
Bir pos chu tundin o‘tti ul xayl,
Tushluq tushi qildi uyqug‘a mayl.
(Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidan).
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 21-fevraldagi 8-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596
