23.06.2026 | 15:25
3797
BIZ BILGAN VA BILMAGAN TARIX
Bir kuni tong payti padari buzrukvori uni mahalladagi ta’ziyaga olib boradi va… butun Yevropani hayratga solgan “Boysun Madonnasi” ana shu xonadon sohibi Ro‘zi akaning ayoli ekanini tasodifan bilib qoladi! …Shundoq yonginasida, o‘z mahallasida yaratilgan buyuk asar haqida uzoq Yevropaning qoq markazidagi mamlakatda eshitib qaytgandi u! Uning o‘zi tugul, umr bo‘yi shu yerda, shu xonadon bilan yonma-yon yashab kelgan mahalladoshlar ham bundan xabardor emaslar!

* * *
– Kimlar ekan bu qarapchi deganlari?
– Endi bildim: Alpomishning tog‘alari!..
Alpomishning onasi asli Zomindan ekanligi… O‘zi esa ularga jiyan hisoblanishi… Xalqimiz og‘zaki ijodidan qay bir buloqlar ilhom berib yaratilmish ekan ushbu g‘aroyib nazmiy qatorlar!?
* * *
Keyingi o‘n yilliklarda olib borilgan tadqiqotlar ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning Samarqandga ketayotib, Zarautdan o‘tgani va o‘z taassurotlarini “Sab’ayi sayyor” dostonida aks ettirgani haqida so‘zlaydi.
* * *
Jo‘rabek Cho‘tmatov Muhammad Hakim Termiziy bobomizning Andalusiyada mashhurligi sabablarini o‘rganar ekan, Ibn Arabiydan boshqa yana bir nechta islom Ispaniyasi mashoyixlari haqida so‘z yuritadi. Masalan, Kurtubiy degan olim o‘zining tafsir kitoblarida Hakim Termiziydan ko‘plab iqtiboslar keltirgan. Granada ahlidan bo‘lgan ibn Atiyya Andalusiy va Abuhayyon Nahviy Andalusiylar ham o‘z asarlarida Termiziyga murojaat etganlar. Ali ibn Sulaymon ibn Ahmad ibn Sulaymon Murodiy Andalusiy Hakim Termiziyning o‘n ikkita asarini kitobat etib ko‘chirgani va bu asarlar hozirgi kunda Parij milliy kutubxonasida saqlanayotgani haqidagi xabarlar ham shular jumlasidan.
* * *
So‘ngra (V.G.Belinskiy) quyidagi dalillarni keltiradi: “Kantemirlarning kelib chiqishi to‘ppa-to‘g‘ri Temurlangga bog‘lanadi… Ammo hajvchi (Antiox) Kantemirning shajarasi Temurlangga bog‘lanadimi, Odam Atogami – rus adabiyoti uchun baribir. Uning moldaviyalik janob Dmitriy Kantemirning o‘g‘li ekanini, bu janob buyuk Pyotrning zamonidan, xususan, Prutda sulh bilan tugallangan rus-turk urushi tarixidan ma’lum-u mashhur ekanini bilish rus adabiyoti uchun kifoyadir”.
* * *
XIX-XX asr boshlarida ba’zi mualliflar tomonidan bu mintaqaning Sartiya deb atalishi sabablari ham shu so‘zda ko‘rinayotir. O‘zbeklarning bobolari – qadimgi turklar Sirdaryoni “O‘kuz yurt” va boshqa xalqlar o‘zlariga moslab “Yaksart”, “Yaxshart”, “Hashart”, “Yosha” shakllarida talaffuz qilgani ma’lum bo‘lmoqda.
Bu nomni miloddan oldingi bir necha ming yilliklar bag‘rida ham uchratasiz. Qachonlardir Orol O‘kuz dengizi, Buyuk O‘kuz nomi bilan atalgan.
* * *
Sadriddin Ayniyning 1954-yil 28-noyabr kuni Sharof Rashidovga yozgan xatidan bir parcha:
“…yozuvchi Ra’no Uzoqovani sizga mening tanishtirishim kerak emas. Siz shaxsan uni yaxshi tanirdingiz. Ammo uning qizchasi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi kishi menman. Qizcha onasi o‘lgan vaqtda uch yashar edi… Shunisi xarakterliki, qizdan mening oila a’zolarimdan biri: “Onangning qavm-u qarindoshlari bormi?” deb so‘raganida, “Bor”, debdi. “U kim?” deganda, “Shoira Zulfiya xolam”, deb javob beribdi”…
* * *
Serqirra ijodkor, taniqli jurnalist va tarixchi olim Abdulla Xolmirzayevning yangi “Saylanma”sidan o‘rin olgan qiziqarli tadqiqotlar, xususan, “Yer yuzidagi eng chuqur g‘or nomiga da’vogar Xo‘ja G‘urg‘ur yoxud O‘zbekistonning yerosti Jomolungmasi”, “Teshiktosh kashfiyotining ba’zi tafsilotlari”, “Badash san’atida Navro‘ziy navolar”, “Buxoro amirining amakivachchasi”, “Eduard Chernuxinning Surxon sog‘inchlari”, “Skafiringus – Amudaryo ajoyiboti”, “Alpomishning tog‘alari”, “Erto‘g‘rul”, “Temurxon naslidan Kantemir” singari qirqdan ziyod esse va maqolalar shonli tariximizning biz bilgan va bilmagan sir-u sinoatlari, dur-u javohirlari haqida hikoya qiladi. Yaxshi kitobga ortiqcha ta’rif-u tavsif shart emas, yuqorida keltirilgan ayrim kichik parchalarning o‘ziyoq o‘quvchini o‘ziga jalb eta olishi shubhasiz.
To‘plam O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi homiyligida “Adabiyot” nashriyotida chop etilgan.
Nigina ISKANDAROVA
“Jadid” gazetasining 2026-yil 19-iyundagi 25-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
104
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



